Ibtido (tavrotning birinchi kitobi) Kirish


–BOB  Sado‘m aholisining gunohkorligi


Download 0.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/97
Sana31.01.2024
Hajmi0.96 Mb.
#1830778
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   97
Bog'liq
Gen Part

19–BOB 
Sado‘m aholisining gunohkorligi 

O‘sha kuni kechqurun ikkala farishta* Sado‘mga yetib keldi. Lut Sado‘m darvozasi 
yonida* o‘tirgan edi. Lut farishtalarni ko‘rib, ularga peshvoz chiqdi va muk tushib ta’zim 
qildi. 

— Janoblar, marhamat, shu kecha bu qulingizning uyiga kiringlar, oyoqlaringizni 
yuvayin, menikida tunab qolinglar. Ertaga ertalab yo‘llaringizga ketsalaringiz ham 
bo‘ladi. 
— Rahmat, biz tunni shahar maydonida o‘tkazamiz, — deb aytishdi ular. 

Lut hadeb 


Ibtido
23 
qistayvergandan keyin, farishtalar Lutnikiga kelishdi. Lut xizmatkorlariga non* yopib, 
ziyofat tayyorlashni buyurdi. Ziyofat tayyor bo‘lgach, ular ovqatlanishdi. 

Lekin ular 
endi uxlashga yotmoqchi bo‘lib turganlarida, Sado‘m shahrining hamma erkagi — yoshu 
qarisi kelib, Lutning uyini o‘rab olishdi. 

Ular Lutni chaqirishib, so‘rashdi: 
— Bugun kechqurun sening uyingga kelgan odamlar qani? Ularni olib chiq bizning 
oldimizga! Ular bilan birga bo‘laylik. 

Lut tashqariga chiqib, orqasidan eshikni yopib qo‘ydi. 

— Birodarlarim! — dedi u, — o‘tinaman, zinhor bunday qabihlik qila ko‘rmanglar! 

Mana, ikkita bokira qizim bor. Qizlarimni sizlarga olib chiqib berayin, ular bilan 
bilganlaringizni qilinglar. Lekin bu odamlarga tegmanglar, ular mening mehmonim
mening panohim ostidadirlar. 

Lekin ular: 
— Yo‘ldan qoch! — deb shovqin soldilar. — Sen o‘zingni kim deb o‘ylayapsan? Biz 
senga oramizdan joy berdik, endi esa bizga aql o‘rgatadigan bo‘lib qoldingmi?! Mana 
endi ko‘rasan. Anavi kelgan odamlarga qiladiganimizdan ham battarrog‘ini senga 
qilamiz! 
Odamlar Lutni siqib kelib, eshikni sindirmoqchi bo‘ldilar. 
10 
Shu payt ichkaridagi 
ikkala farishta qo‘llarini tashqariga chiqarib, Lutni uyning ichkarisiga — yonlariga 
oldilar va eshikni yopdilar. 
11 
Keyin uyning eshigi oldida turgan hamma odamlarni — 
kattalarni ham, kichiklarni ham farishtalar ko‘r qilib qo‘ydilar. Shuning uchun odamlar 
eshikni topa olmay qoldilar. 

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling