Ibtido (tavrotning birinchi kitobi) Kirish


–BOB  Dunyo yaratilishining tarixi


Download 0.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/97
Sana31.01.2024
Hajmi0.96 Mb.
#1830778
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   97
Bog'liq
Gen Part

1–BOB 
Dunyo yaratilishining tarixi 

Xudo azalda osmon bilan yerni yaratdi*. 

Yer shaklsiz va bo‘m–bo‘sh bo‘lib, tubsiz 
dengizlar ustini zulmat qoplagan edi. Xudoning Ruhi suvlar uzra yurardi*. 


Ibtido


Xudo: “Yorug‘lik bo‘lsin”, deb amr bergan edi, yorug‘lik paydo bo‘ldi. 

Xudo 
yorug‘likning ajoyib ekanini ko‘rib, yorug‘likni qorong‘ilikdan ajratdi. 

Xudo 
yorug‘likni kunduz, qorong‘ilikni tun deb atadi. Kech kirib, tong otdi*. Birinchi 
kun o‘tdi. 

So‘ng Xudo: “Suvlarni bir–biridan ajratib turadigan gumbaz paydo bo‘lsin”, 
deb amr qildi. 

Shunday ham bo‘ldi: Xudo gumbazni yaratib, gumbazning 
ostidagi suvlardan gumbaz ustidagi suvlarni ajratdi*. 

Xudo gumbazga osmon 
deb nom berdi. Kech kirib, tong otdi. Ikkinchi kun o‘tdi. 

Keyin Xudo: “Osmon ostidagi suvlar bir joyga to‘planib, quruq yer paydo 
bo‘lsin”, deb amr qildi. Shunday ham bo‘ldi. 
10 
Xudo quruqlikka yer deb nom 
berdi. Bir joyga yig‘ilgan suvlarni esa dengizlar deb atadi. Xudo buning ajoyib 
ekanini ko‘rdi. 
11 
So‘ngra Xudo shunday amr berdi: “Yerda o‘t–o‘lan ko‘karsin. Don beradigan 
har xil o‘simliklar, danagi bor har xil mevali daraxtlar o‘ssin.” Shunday ham 
bo‘ldi. 
12 
Yerda o‘t–o‘lan ko‘kardi, don beradigan har xil o‘simliklar, danagi bor 
har xil mevali daraxtlar o‘sdi. Xudo bularning ham ajoyib ekanini ko‘rdi. 
13 
Kech 
kirib, tong otdi. Uchinchi kun o‘tdi. 
14 
Keyin Xudo shunday amr qildi: “Kunduzni tundan ajratish uchun osmon 
gumbazida yoritqichlar paydo bo‘lsin. Bular kunlarning, yillarning, 
nishonlanadigan bayramlarning* vaqtini ko‘rsatsin. 
15 
Bu yoritqichlar osmon 
gumbazida nur sochib, yerga yorug‘lik bersin.” Shunday ham bo‘ldi. 
16 
Xudo ikkita 
katta yoritqichni — quyosh va oyni yaratdi: kunduzi nur sochib turishi uchun 
kattaroq yoritqich — quyoshni, tunda nur sochib turishi uchun kichikrog‘i — 
oyni yaratdi. Shuningdek, Xudo yulduzlarni ham yaratdi. 
17-18 
Bu yoritqichlar 
yerga yorug‘lik bersin, kunduz va tun ustidan hukmronlik qilsin, yorug‘likni 
qorong‘ilikdan ajratib tursin deb, Xudo bularni osmon gumbaziga joylashtirdi. 
Xudo buning ajoyib ekanini ko‘rdi. 
19 
Kech kirib, tong otdi. To‘rtinchi kun o‘tdi. 
20 
Keyin Xudo shunday amr berdi: “Suv har xil tirik jonivorlar bilan to‘lib–
toshsin, qushlar paydo bo‘lib, havoda parvoz qilsin.” 
21 
Shunday qilib, Xudo 
bahaybat dengiz maxluqlarini va suvda suzuvchi turli–tuman jonivorlarni, har 
turli qushlarni yaratdi. Xudo buning ham ajoyib ekanini ko‘rdi. 
22 
Shunda Xudo 
bularning hammasiga marhamat qilib dedi: “Baliqlar va qushlar serpusht bo‘lib, 
ko‘paysin. Dengizlar baliqlar bilan to‘lib–toshsin, yer uzra qushlar ko‘paysin.” 
23 
Kech kirib, tong otdi. Beshinchi kun o‘tdi. 
24 
So‘ngra Xudo: “Yer turli–tuman jonzotlarni — chorvani, sudralib yuruvchi 
jonivorlarni*, har turli yovvoyi hayvonlarni paydo qilsin”, deb amr berdi. 
Shunday ham bo‘ldi. 
25 
Xudo har turli yovvoyi hayvonlarni, chorvaning har xil 
turlarini, yer yuzida sudralib yuruvchi jonivorlarning va hasharotlarning har xil 
turlarini yaratdi. Xudo buning ajoyib ekanini ko‘rdi. 
26 
Keyin Xudo shunday dedi: “Endi inson zotini yarataylik, ular O‘z 


Ibtido

suratimizday, O‘zimizga o‘xshagan bo‘lsin*. Inson zoti dengizdagi baliqlar 
ustidan, osmondagi qushlar, yer yuzidagi chorva hamda jamiki yovvoyi 
hayvonlar*, yerda sudralib yuruvchi har qanday jonivor va hasharotlar ustidan 
hukmronlik qilsin.” 
27 
Shunday qilib, 
Xudo O‘z suratiday qilib yaratdi inson zotini
Erkagu ayol qilib yaratdi ularni. 
28 
Xudo insonlarga marhamat qilib, aytdi: “Uvali–juvali bo‘linglar, yer yuzini 
to‘ldirib, itoat ettiringlar, dengizdagi baliqlar ustidan, osmondagi qushlaru yer 
yuzida yashovchi har turli jonivorlar ustidan hukmronlik qilinglar.” 
29 
Xudo yana 
aytdi: “Mana, sizlarga butun yer yuzidagi har xil donli o‘simliklarni va mevali 
daraxtlarni berdim. Sizlar bulardan yegulik uchun foydalanasizlar. 
30 
Yer yuzidagi 
jamiki tirik jonzotga — hamma hayvonlarga, hamma qushlarga yemish qilib ko‘k 
o‘t–o‘lanni berdim.” Shunday ham bo‘ldi. 
31 
Xudo O‘zi yaratgan hamma narsaga 
nazar soldi. Bular juda ajoyib edi. Kech kirib, tong otdi. Oltinchi kun o‘tdi. 
2–BOB 

Shunday qilib, osmon bilan yer hamda ulardagi jamiki narsalar yaratildi. 
2-

Yettinchi kuni Xudo barcha yaratish ishlarini bitirib, dam oldi. Xudo yettinchi kuni 
hamma ishlaridan dam olgani uchun bu kunni muborak qildi, uni muqaddas deb boshqa 
kunlardan ajratdi. 

Osmon bilan yerning* yaratilishi ana shulardan iboratdir. 

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling