Ibtido (tavrotning birinchi kitobi) Kirish
Download 0.96 Mb. Pdf ko'rish
|
Gen Part
4–BOB
Qobil bilan Hobil 1 Odam Ato xotini Momo Havoga yaqinlashgandan keyin, Momo Havo homilador bo‘ldi. Momo Havo o‘g‘il ko‘rdi va: “Xudoning qudrati bilan o‘g‘illi bo‘ldim”, deb ismini Qobil* qo‘ydi. 2 Keyinroq Momo Havo ikkinchi o‘g‘lini tug‘di va unga Hobil deb ism qo‘ydi. Bolalar ulg‘ayib, Hobil — qo‘ychivon, Qobil — dehqon bo‘ldi. 3 Vaqti kelib, Qobil yerning hosilidan Egamizga nazr olib keldi. 4 Hobil ham suruvidagi birinchi tug‘ilgan qo‘zilardan bittasini tanlab olib, so‘ydi va qo‘zining yog‘li joylarini Egamizga nazr qilib olib keldi. Egamiz Hobilni va uning nazrini manzur ko‘rdi, 5 lekin Qobilning o‘zi ham, uning nazri ham ma’qul bo‘lmadi. Qobil qattiq xafa bo‘lib, qovog‘ini soldi. 6 Shunda Egamiz Qobilga dedi: “Nega xafa bo‘lding? Nimaga qovog‘ingni solding? 7 Agar sen to‘g‘ri ish qilsang, seni qabul qilmasmidim?!* Bilginki, yomon ish qilsang, eshigingda gunoh poylab turadi, sherga o‘xshab tashlanib, seni o‘lja qilmoqchi bo‘ladi. Gunoh sening ustingdan hukmron bo‘lishni istaydi. Lekin sen gunohni mag‘lub qilishing kerak.” 8 Qobil ukasi Hobilga: “Yur, dalaga boramiz”, deb taklif qildi*. Ular dalaga borganlarida, Qobil ukasiga tashlanib, uni o‘ldirdi. 9 Egamiz Qobildan: — Ukang Hobil qayerda? — deb so‘radi. — Bilmayman, nima, ukam qayerga borsa, men uning qadamini o‘lchab yurishim kerakmi?! — deb e’tiroz bildirdi. 10 Shunda Egamiz: — Nima qilib qo‘yding?! — dedi. — Eshitib ol: ukangning qoni Menga yerdan faryod qilmoqda. 11 Ukangning qoni bilan yerni bulg‘aganing uchun endi la’nati bo‘lasan, yerga hech qachon ishlov berolmaysan. 12 Yerga qanchalik jon kuydirib ishlov bermagin, yer sen uchun boshqa mo‘l hosil yetishtirmas. Hozirdan boshlab sen yer yuzida doimo bir joydan boshqa joyga qochib, boshpanasiz, daydib yurasan. 13 Qobil Egamizga: — Jazoyim shunchalik og‘irki, bir o‘zim ko‘tara olmayman, — deb javob berdi. 14 — Bugun Sen meni yerimdan haydading. Endi men Sendan uzoq bo‘lib yashayman, yer yuzida sarson–sargardon bo‘lib, qochib yuraman. Endi meni birortasi uchratib qolib, o‘ldirib qo‘yishi mumkin. 15 Shunda Egamiz: — Yo‘q, hech kim seni o‘ldirmaydi! — deb javob berdi Qobilga. — Kim seni o‘ldirsa, Ibtido 7 undan yetti karra o‘ch olaman. Shunday qilib, Egamiz, Qobilni birov urib o‘ldirib qo‘ymasin deb, unga tamg‘a qo‘ydi. 16 So‘ngra Qobil Egamizdan uzoqlashib ketdi va Adanning sharqidagi Nod* degan yerga o‘rnashdi. Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling