49:13 Sidon — O‘rta yer dengizi bo‘yidagi qadimgi Finikiyaga qarashli shahar bo‘lib,
hozirgi Livan mamlakatining janubiy qismida joylashgan.
49:14 …qo‘rada… — yoki
…xurjunlar orasida….
49:16 Dan — ibroniychadagi ma’nosi
hukm qildi. Bu
ism ibroniychadagi hukm qiladi
so‘ziga ohangdosh.
49:18 Sendan najot kutarman, ey Egam! — bu so‘zlar duo tarkibiga kirmaydi. Bular
Yoqubning Egamizga qilgan iltijosi yoki muallifning gapi bo‘lishi mumkin.
49:19 Gad — bu
ism ibroniychadagi bosqinchilar va
talab ketadi so‘zlariga ohangdosh.
49:21 …Ajoyib ohuchalar dunyoga keltirar — yoki
…U yoqimli so‘zlarni aytar.
49:22 Yusuf o‘xshar serhosil tokka…novdalari devordan oshib o‘tar — yoki
Yusuf o‘xshar
qulonga — Buloq bo‘yidagi qulonga. Qirlardagi qulondaydir u.
49:26 Abadiy tog‘lar barakasidan… — qadimiy yunoncha tarjimadan. Ibroniycha
matnda
Ajdodlarning barakasidan….
49:31 U yerga bobom Ibrohim bilan buvim Sora dafn qilingan — 23:17-20, 25:9-10 ga
qarang.
50:2 Yoqub — ibroniycha matnda
Isroil, Yoqubning yana bir ismi (32:27-28 ga qarang).
50:8 Go‘shen yerlari — 45:10 ga va o‘sha oyatning izohiga qarang.
50:11 Ovil–Misrayim — ibroniychadagi ma’nosi
Misrliklarning qayg‘usi.
50:13 …Maxpaladagi dalada joylashgan g‘orga dafn qildilar — 47:30 ga va o‘sha
oyatning izohiga qarang.