Ibtido (tavrotning birinchi kitobi) Kirish


:39 Hadad — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Hadar. Uning Hadad  degan shakli 1 Solnomalar 1:50 dan olingan.  37:2


Download 0.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/97
Sana31.01.2024
Hajmi0.96 Mb.
#1830778
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   97
Bog'liq
Gen Part

36:39 Hadad — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Hadar. Uning Hadad 
degan shakli 1 Solnomalar 1:50 dan olingan. 
37:2 Bilxax va Zilponing o‘g‘illari — 30:1-13 ga qarang. 
37:3 Yoqub — ibroniycha matnda Isroil, Yoqubning yana bir ismi (shu bobning 13–
oyatida ham bor). 32:27-28 ga qarang. 
37:3 beqasam chopon — yoki chiroyli chopon (shu bobning 23, 32–oyatlarida ham bor). 
37:12 Shakam — 12:6 ning birinchi izohiga qarang. 
37:17 Do‘tan — Shakamdan qariyb 25 kilometr shimolda joylashgan. 
37:25 mirra — ma’lum bir daraxtlarning qotgan yelimidan tayyorlangan xushbo‘y 
modda. 
37:28 Ismoiliy — ibroniycha matnda Midiyon naslidan kelib chiqqan (shu bobning 36–
oyatida ham bor). Ismoil va Midiyon xalqlari Ibrohimning ikkita o‘g‘lidan kelib 
chiqqanlar (25:1-2, 12 ga qarang). Bu xalqlar yaqin qarindosh bo‘lganlari uchun, 
ularning ikkalovini ham ba’zan Midiyon xalqi, ba’zan esa Ismoil xalqi deb atashardi. 
37:28 yigirma bo‘lak kumush — taxminan 230 grammga to‘g‘ri keladi. Qadimgi 
paytlarda ma’lum vazndagi kumush bo‘laklari odatda pul birligi sifatida ishlatilgan. 
37:34 …qayg‘udan kiyimlarini yirtib, qanorga o‘randi — qanor dag‘al qoramtir mato 
bo‘lib, echki yoki tuya junidan to‘qilgan. Kiyimlarni yirtish va qanorga o‘ranib olish 
umidsizlikni va qayg‘uli holatni ifodalaydi. 
37:35 O‘liklar diyori — ibroniycha matnda Sheo‘l. Qadimgi paytlarda odamlar Sheo‘lni 
yer ostidagi tubsiz chuqurlik, marhumlar boradigan qorong‘i joy deb tushunardi. 
38:1 Adullam shahri — Kan’ondagi shahar, Xevrondan qariyb 16 kilometr shimoli–
sharqda joylashgan. Yoqub va uning oilasi bu paytda Xevronda istiqomat qilardi (35:27, 
37:1 ga qarang). 
38:8 Sen akangning xotiniga uylanib…toki akangga zurriyot qolsin — o‘sha davrdagi urf–
odatga ko‘ra, odam farzand ko‘rmasdan vafot etgan bo‘lsa, marhumning aka–ukalaridan 


Ibtido
91 
yoki eng yaqin urug‘laridan biri uning naslini davom ettirish maqsadida beva qolgan 
xotinni olishi kerak edi. Ulardan tug‘ilgan bolalar o‘lgan odamniki hisoblangan. Shu 
tariqa marhumning nomi davom etavergan. Bu odat keyinchalik qonun sifatida 
Tavrotga kiritilgan (Qonunlar 25:5-10 ga qarang). 
38:9 …akamga zurriyot qolmasin… — o‘sha davrdagi odatga ko‘ra, agar O‘nanning 
marhum akasi farzandsiz qolsa, G‘urning merosi O‘nan va uning ukasiga o‘tar edi. 
Bordi–yu, Tamara O‘nandan farzand ko‘rganda, o‘sha farzand G‘urning merosxo‘ri 
bo‘lardi. Bu odat keyinchalik qonun sifatida Tavrotga kiritilgan (Sahroda 27:8-11 ga 
qarang). 

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling