Ibtido (tavrotning birinchi kitobi) Kirish
Download 0.96 Mb. Pdf ko'rish
|
Gen Part
46:1 Bersheba — shu yerda Xudo Yoqubning otasi Is’hoqqa zohir bo‘lgan, Is’hoq Xudoga
atab bir qurbongoh qurgan edi (26:23-25 ga qarang). 46:12 …G‘ur va O‘nan Kan’on yurtida vafot etgan edilar — 38:6-10 ga qarang. 46:13 Yoshuv — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Yo‘v. Uning Yoshuv degan shakli 1 Solnomalar 7:1 dan olingan (yana Sahroda 26:24 ga qarang). 46:15 Paddon–Oram — 25:20 izohiga qarang. 46:16 Zafo‘n — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Zifiyon. Uning Zafo‘n degan shakli Sahroda 26:15 dan olingan. 46:16 Aro‘d — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Aro‘di. Uning Aro‘d degan shakli Sahroda 26:17 dan olingan. 46:20 On shahri — 41:45 izohiga qarang. 46:26 oltmish olti kishi — shu bobning 8-25–oyatlaridagi ro‘yxatda jami yetmishta odam keltirilgan, aslida esa Misrga oltmish oltita odam kelgan edi. Ro‘yxatda aytib o‘tilgan G‘o‘r va O‘nan kelganlarning qatorida sanalmagan, chunki ular Kan’on yurtida vafot etganlar (shu bobning 12–oyatiga qarang). Yusuf, Manashe va Efrayim ham kelganlarning qatorida sanalmaganlar, ular allaqachon Misrda edilar. Dina ro‘yxatdagilarga qo‘shib sanalmagan, lekin kelganlar qatorida sanalgan (shu bobning 15–oyatiga qarang). Shunday qilib, Misrga oltmish olti kishi kelgan edi. 46:27 yetmish kishi — yetmish soniga shu bobning 8-25–oyatlarida aytib o‘tilgan ro‘yxatdagi yetmishta odam kiradi. Kan’on yurtida vafot etgan G‘ur va O‘nan Misrga kelganlarning orasida hisoblanmagan (shu bobning 12–oyatiga qarang), ularning Ibtido 93 o‘rniga Yoqubning o‘zi va Dina qo‘shib hisoblangan (shu bobning 15–oyatiga qarang). Shunday qilib, hammasi yetmish kishi edi. 46:28 Go‘shen yerlari — 45:10 ga va o‘sha oyatning izohiga qarang. Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling