Ibtido (tavrotning birinchi kitobi) Kirish
Download 0.96 Mb. Pdf ko'rish
|
Gen Part
© Muqaddas Kitobni tarjima qilish instituti, 2016, 2018, 2020, 2022, 2023 www.ibt.org.ru; ibt_inform@ibt.org.ru IBTIDO (TAVROTNING BIRINCHI KITOBI) Kirish Ibtido kitobi Tavrotning birinchi kitobidir. Mazkur kitobda olamning yaratilishi, inson zotining paydo bo‘lishi, Isroil xalqining kelib chiqishi to‘g‘risida so‘z yuritiladi. Butun borliqni, yer yuzidagi jamiki xalqlaru shohliklarni, insoniyat tarixini yagona Xudo boshqarishiga kitobda alohida urg‘u beriladi. Ibtido kitobining birinchi qismida (1-11–boblar) olam va insoniyatning Ibrohim payg‘ambargacha bo‘lgan davri hikoya qilinadi. Xudo hamma narsani juda ajoyib qilib yaratgan edi, lekin ilk yaratilgan ikki inson — Odam Ato bilan Momo Havo Xudoga itoat etmadilar. Ularning itoatsizligi tufayli dunyoga gunoh kirib keldi. Insonlar shu qadar gunohga botib ketdilarki, Nuh payg‘ambardan va uning oilasidan tashqari, jamiki insoniyatni qirib tashlash uchun Xudo yer yuziga to‘fon yuborishga qaror qildi. Nuh va uning oilasi Xudoga itoat etardi, shuning uchun Xudo Nuhga: “O‘zingni, oilangni, hayvonlar va qushlarning har bir turini saqlab qolish uchun katta kema yasa”, deb amr etdi. To‘fondan keyin odamzod yana yer yuzi bo‘ylab yoyildi. Lekin ularning ko‘pchiligi yana Xudoga itoat etmay qo‘ydi. Ibtido kitobining qolgan qismi (12-50–boblar) Ibrohim va uning xonadoni tarixiga oid voqealarni qamrab oladi. Xudo Ibrohim xonadonini, O‘zimning xalqim qilaman, deb tanlab oladi. Ibrohim va uning xotini Sora befarzand edilar, lekin Xudo ularga farzand va’da qilib, o‘sha farzand orqali jamiki xalqlarga baraka berishini aytadi. Xudoning amri bilan Ibrohim va Sora o‘zlarining ona yurtini tark etib, Kan’on yurtiga ko‘chib boradilar. Xudo bu yurtni ularning nasliga berishni va’da qilgan edi. Ibrohim bilan Sora ancha keksayib qolganlarida, Xudo O‘z va’dasini bajarib, ularga o‘g‘il ato etadi, ular o‘g‘lining ismini Is’hoq qo‘yadilar. Is’hoq ikki o‘g‘il ko‘radi, o‘g‘illariga Yoqub va Esov deb ism qo‘yadi. Yoqub o‘n ikki o‘g‘il ko‘radi. Ular Isroilning o‘n ikki qabilasiga asos soladilar. Kitobning oxirida Yoqubning o‘g‘li Yusuf haqida hikoya qilinadi. Yusufning aka– ukalari uni Ismoiliy savdogarlariga qul qilib sotib yuborishadi. Lekin vaqti kelib, Yusuf Misr hokimi bo‘ladi. Shu orqali u qahatchilik davrida Misr xalqini va otasi Yoqubning butun xonadonini qutqarib qoladi. Mazkur kitobning mohiyati shundan iboratki, Xudo insoniyat taqdirini boshqaradi, yuz berayotgan hamma hodisalarni nazorat qiladi, hatto insonning yomon niyatiyu qabih ishlarini O‘zining ezgu rejasini amalga oshirish uchun ishlatadi. Misr yurtida Yusuf aka–ukalariga shunday deydi: “Sizlar menga ravo ko‘rgan yomonlikni Xudo yaxshilikka ishlatdi. Son–sanoqsiz odamlarni saqlab qolish uchun U meni shu yerga olib keldi.” (Ibtido 50:20) Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling