Ibtido (tavrotning birinchi kitobi) Kirish
Download 0.96 Mb. Pdf ko'rish
|
Gen Part
Adan bog‘i
Parvardigor Egamiz osmon bilan yerni yaratgan paytda 5 yer yuzida na biron o‘t, na biron giyoh ungan edi. Chunki Parvardigor Egamiz hali yerga yomg‘ir yog‘dirmagan, yerga ishlov beradigan biron kimsa yaratmagan edi. 6 Lekin yer ostidan suv chiqib*, butun yer yuzini sug‘orardi. 7 Shundan keyin Parvardigor Egamiz yerning tuprog‘idan odamni* yasadi va uning burun teshigidan puflab, jon ato etdi. Shunday qilib, odam tirik jon bo‘ldi. 8 Parvardigor Egamiz sharqda — Adan degan joyda bog‘ barpo qilib, O‘zi yaratgan odamni o‘sha boqqa qo‘ydi. 9 Keyin Parvardigor Egamiz yerdan chiroyli, lazzatli meva beradigan har xil daraxtlarni o‘stirdi. Bog‘ning o‘rtasida esa hayot daraxtini va yaxshilik bilan yomonlikni bilish daraxtini o‘stirdi. 10 Adandan bir daryo oqib kelib, bog‘ni sug‘oradi va o‘sha yerda to‘rt irmoqqa bo‘linadi. 11 Birinchi irmoqning nomi Pishon bo‘lib, butun Xavila yeri bo‘ylab oqadi. Bu joyda oltin bor. 12 O‘sha yerning oltini juda ham tozadir. U yerda marvarid* va aqiq toshlar ham bor. 13 Ikkinchi irmoqning nomi Gixo‘n bo‘lib, butun Kush* yeri bo‘ylab oqadi. 14 Uchinchi irmoqning nomi Dajla bo‘lib, Ossuriya shahrining sharqidan oqib o‘tadi. To‘rtinchi irmoqning nomi Furotdir. 15 Shunday qilib, Parvardigor Egamiz, bu odam boqqa ishlov bersin, parvarish qilsin deb, uni Adan bog‘iga joylashtirdi. 16 Parvardigor Egamiz unga shunday amr qildi: “Sen bog‘dagi hamma daraxtning mevasidan bemalol yeyaver. 17 Lekin yaxshilik va yomonlikni bilish daraxtining mevasidan yemaysan, undan yeyishing bilanoq, shubhasiz, o‘lasan.” Ibtido 4 18 So‘ngra Parvardigor Egamiz: “Odamning yolg‘iz bo‘lishi yaxshi emas, unga munosib sherik yarataman”, dedi. 19 Shunday qilib, U tuproqdan har xil hayvonlarni va har xil qushlarni yaratdi. “Bu jonivorlarni odam ko‘rib qanaqa nom berarkin”, deya ularni odamning oldiga olib keldi. Odam har bir jonivor uchun nom tanladi. 20 Odam hamma chorvaga, qushlarga va yovvoyi hayvonlarga nom berdi. Lekin hamon odamga munosib sherik yo‘q edi. 21 Shu boisdan Parvardigor Egamiz uni qattiq uxlatib qo‘ydi. Odam uxlab yotganda, Xudo uning qovurg‘asidan bittasini olib, o‘rnini berkitib qo‘ydi. 22 Parvardigor Egamiz odamning qovurg‘asidan xotin kishini yaratdi va uni odamning oldiga olib keldi. 23 Shunda odam aytdi: “Nihoyat, bu mening suyaklarimdan paydo bo‘lgan suyakdir, Mening etimdan yaralgan etdir. U Xotin deb atalgay, Chunki u erkakdan* yaratilgandir.” 24 Shuning uchun erkak kishi ota–onasidan bo‘lak bo‘lib, xotiniga bog‘lanib qoladi, ikkalasi bir tan bo‘ladilar. 25 Odam bilan xotini qip–yalang‘och yurardilar, bir–birlaridan uyalish hissini sezmasdilar. Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling