Ibtido (tavrotning birinchi kitobi) Kirish


Download 0.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/97
Sana31.01.2024
Hajmi0.96 Mb.
#1830778
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   97
Bog'liq
Gen Part

7–BOB 
To‘fon 

Nihoyat, vaqti kelib, Egamiz Nuhga aytdi: “Sen butun oila a’zolaring bilan kema 
ichiga kir. Yer yuzidagi xalqlar orasida Mening oldimda solih bo‘lib yurganlardan faqat 
seni topdim, xolos. 

O‘zing bilan halol hayvonlarning urg‘ochi va erkagidan yetti juftdan
harom hayvonlarning* urg‘ochi va erkagidan esa bir juftdan ol. 

Qushlarning har bir 
turidan — erkagi va urg‘ochisidan ham yetti juftdan tanlab ol, toki butun yer yuzida bu 
jonzotlarning turlari saqlanib qolsin. 

Yetti kundan keyin, Men yer yuziga qirq kechayu 
qirq kunduz davomida yomg‘ir yog‘diraman. O‘zim yaratgan har bir tirik narsani yer 
yuzidan yo‘q qilaman.” 

Nuh hammasini Egamiz amr etganday qildi. 

Yer yuzini to‘fon bosganda, Nuh 600 yoshda edi. 

Nuh bilan birga xotini, o‘g‘illari, 
kelinlari to‘fondan omon qolish uchun kemaning ichiga kirdilar. 

Halol va harom 
hayvonlardan, qushlardan, yerda sudralib yuruvchi jonivorlardan, hasharotlardan har 
biri 

— erkak va urg‘ochisi juft–juft bo‘lib Nuh bilan birga kemaga kirdi. Shunday qilib, 
Nuh Xudoning hamma amrlarini bajardi. 
10 
Yetti kundan keyin yer yuzini to‘fon bosa 
boshladi. 
11 
Nuh 600 yoshga kirganda, ikkinchi oyning o‘n yettinchi kuni yer ostidagi buloqlar 
otilib chiqdi*, osmonning qopqalari ochildi*. 
12-13 
Ayni o‘sha kuni Nuh bilan birga uning 
o‘g‘illari Som, Xom va Yofas, xotini va uchala kelini kema ichiga kirdilar. Qirq kechayu 
qirq kunduz tinmay yomg‘ir yog‘di. 
14 
Ular bilan birga yovvoyi hayvonlardan, chorvadan, 
yerda sudralib yuruvchi hamma jonivor va hasharotlardan, qushlardan — hammasining 
har bir turidan kemaga kirdi. 
15 
Bu tirik jonzotlar ikkita–ikkitadan bo‘lib Nuh bilan birga 
kemaga kirdi. 
16 
Xudo Nuhga amr qilganday, hamma jonivorlarning erkak va urg‘ochisi 
kemaga kirib bo‘lgach, Egamiz Nuhning orqasidan eshikni yopdi. 
17 
Yer yuzida qirq kun davomida to‘fon bo‘lib, suv yerni ko‘mdi, kemani yerdan 
yuqori ko‘tardi. 
18 
Suv yer ustida tobora ko‘payib borar, kema suv yuzida suzardi. 
19 
Suv 
yer yuzida shunchalik to‘lib–toshdiki, baland tog‘lar ham ko‘milib ketdi. 
20 
Suv 
tog‘lardan o‘n besh tirsak* balandlikka ko‘tarildi. 
21 
Yer yuzida yurgan jamiki jonzot — 
qushlar, chorva, yovvoyi hayvonlar, sudralib yuruvchi jonivorlar, inson zoti nobud 
bo‘ldi. 
22 
Quruq yer ustida yashab turgan hamma tirik jonzot nobud bo‘ldi. 
23 
Yer 
yuzidagi har qanday jonzotni — insonlarni, hayvonlarni, sudralib yuruvchi jonivorlarni, 


Ibtido
10 
hasharotlarni, qushlarni Xudo yo‘q qilib yubordi, hammasi yer yuzidan qirilib ketdi. 
Faqat Nuh va u bilan birga kemada bo‘lganlargina tirik qoldilar, xolos. 
24 
Suv 150 kun 
davomida yer yuzini qoplab turdi. 

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling