Ibtido (tavrotning birinchi kitobi) Kirish
Maliksidiq Ibromni duo qiladi
Download 0.96 Mb. Pdf ko'rish
|
Gen Part
- Bu sahifa navigatsiya:
- 15–BOB Xudo Ibrom bilan ahd qiladi
Maliksidiq Ibromni duo qiladi
17 Ibrom Kado‘rlamar va uning ittifoqchilari ustidan g‘alaba qilib qaytib kelayotganda, Sado‘m shohi uni kutib olgani Shovey soyligiga keldi. (Shovey soyligi Shoh soyligi* deb ham atalgan.) 18 Salim* shohi Maliksidiq ham Ibromni kutib olgani chiqib, non va sharob olib keldi. U Xudoyi Taoloning ruhoniysi ham edi. 19 Maliksidiq Ibromni shunday deb duo qildi: “Yeru ko‘kni yaratgan* Xudoyi Taolo Ibromga baraka bersin. 20 Yovlaringni qo‘lingga bergan Xudoyi Taologa Hamdu sanolar bo‘lsin.” Ibrom qaytarib olib kelgan hamma narsaning o‘ndan birini Maliksidiqqa berdi. 21 So‘ngra Sado‘m shohi Bera Ibromga shunday dedi: — Odamlarimni o‘zimga qaytarib bersang bo‘ldi, qaytarib olib kelgan hamma narsani o‘zingga olaver. 22 Lekin Ibrom Sado‘m shohiga shunday javob berdi: — Yeru ko‘kni yaratgan Egamiz — Xudoyi Taolo haqi qasam ichib aytamanki, 23 men sening birorta cho‘pingni yoki chorig‘ingning ipini ham olmayman. Aks holda: “Ibromni men boy qilganman”, deb aytishing mumkin. 24 Yigitlarimning yeb–ichganidan tashqari, men sendan hech narsa olmayman. Men bilan birga borgan ittifoqchilarim Onar, Eshko‘l Ibtido 18 va Mamre esa o‘zlarining ulushlarini olishsin. 15–BOB Xudo Ibrom bilan ahd qiladi 1 Shundan keyin Egamiz Ibromga* shu so‘zlarni vahiyda ayon qildi: — Qo‘rqma, Ibrom, Men senga qalqon bo‘laman, senga beradigan mukofotim buyuk bo‘ladi. 2 — Ey Egam Rabbiy! Sen menga nima ham berar eding?! Men hamon befarzandman, butun mol–mulkim Damashqlik xizmatkorim Eliazarga qoladi. 3 Sen menga farzand bermading, shuning uchun xonadonimda tug‘ilgan qulim mening merosxo‘rim bo‘ladi– da. 4 Lekin Ibromga Egamiz yana shu so‘zlarni ayon qildi: — Yo‘q, quling sening merosxo‘ring bo‘lmaydi, o‘zingning pushti kamaringdan bo‘ladigan o‘g‘ling sening hamma mol–mulkingga merosxo‘r bo‘ladi. 5 So‘ngra Egamiz Ibromni tashqariga olib chiqib, unga: — Osmonga qara, agar yulduzlarni sanay olsang, sanab ko‘r, — dedi. Egamiz yana aytdi: — Sening nasling ham o‘sha yulduzlarga o‘xshagan ko‘p bo‘ladi. 6 Ibrom Egamizga ishondi, Egamiz uni ishonchi uchun solih deb bildi. 7 So‘ngra Egamiz unga dedi: — Men sening Egangman, bu yurtni senga mulk qilib bermoqchiman, shuning uchun seni Xaldeydagi Ur shahridan* olib chiqqanman. 8 — Ey Egam Rabbiy! Bu yurtni meros qilib olishimga qanday ishonch hosil qilaman? — deb so‘radi Ibrom. 9 — Menga uch yoshli g‘unajin, uch yoshli echki, uch yoshli qo‘chqor, kaptar, musichani olib kel, — dedi Egamiz. 10 Egamiz nima aytgan bo‘lsa, hammasini Ibrom olib kelib, so‘ydi. Hayvonlarni uzunasiga o‘rtasidan bo‘lib, bo‘laklarni bir–biriga qaratib qo‘ydi. Lekin qushlarni ikkiga bo‘lmadi. 11 Quzg‘unlar go‘shtlarni yeyish uchun qo‘nganda, Ibrom quzg‘unlarni haydadi. 12 Quyosh botayotganda, Ibromni qattiq uyqu bosdi. Uni qo‘rquv, vahima qamrab oldi. 13 Shunda Egamiz Ibromga aytdi: — Shuni yaxshi bilib qo‘yki, sening nasling begona yurtda musofir bo‘lib yashaydi. To‘rt yuz yil qul bo‘lib, jabr–zulm tortadi. 14 Lekin Men sening naslingni qul qilgan xalqni jazolayman. Sening nasling begona yurtdan katta boylik bilan chiqib ketadi. 15 Sen juda ham keksayib olamdan o‘tib, dafn etilasan, ota–bobolaring yoniga xotirjam ketasan. 16 Sening nasling to‘rt avlod o‘tgandan keyin* bu yerga qaytib keladi, chunki Amor xalqlarining qabihligi hali haddan oshmadi*. 17 Quyosh botib, qorong‘i tushgandan keyin, Ibrom ichidan tutun chiqib turgan tog‘orani va yonayotgan mash’alani ko‘rdi. O‘sha tog‘ora va mash’ala bo‘g‘izlangan hayvon bo‘laklari orasidan o‘tdi*. 18 Shunday qilib, o‘sha kuni Egamiz Ibrom bilan ahd qildi va shunday dedi: — Men sening naslingga Misrdagi daryodan* tortib buyuk Furot daryosigacha bo‘lgan joylarni 19 — Xayin, Xanaz, Kadmon, 20 Xet, Pariz, Rafa, 21 Amor, Kan’on, Girgosh, Yobus xalqlarining yerlarini beraman. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling