Ibtido (tavrotning birinchi kitobi) Kirish


Download 0.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/97
Sana31.01.2024
Hajmi0.96 Mb.
#1830778
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   97
Bog'liq
Gen Part

Ibrom Xevronga ko‘chadi 
14 
Lut Ibromdan ayrilib ketgandan keyin, Egamiz Ibromga dedi: 
— Mana shu turgan joyingdan shimolga, janubga, sharqqa va g‘arbga qara. 
15 
Sen 
ko‘rib turgan hamma yerni senga va sening naslingga abadiy mulk qilib beraman. 
16 
Men 
sening naslingni yerdagi qumday ko‘paytiraman. Kimki yerdagi qumni sanay olsa, 
sening naslingni ham sanay oladi. 
17 
Qani, otlan, yurtni aylanib chiq. Men bu yurtni senga 
mulk qilib beraman. 
18 
Shunday qilib, Ibrom chodirini yig‘ishtirib, Xevrondagi* Mamre nomli muqaddas 
emanzor* yoniga keldi va o‘sha yerda o‘rnashdi. U yerda Egamizga qurbongoh qurdi. 
14–BOB 
Ibrom Lutni qutqaradi 

O‘sha paytda Shinarda* Omrafil, Elazarda Oriyox, Elamda Kado‘rlamar va Go‘yimda 
Tidol hukmronlik qilar edilar. 

Ular ittifoq tuzib, quyidagi beshta shohga qarshi urush 
ochdilar: Sado‘m shohi Beraga, G‘amo‘ra shohi Birshaga, Adma shohi Shinavga, Zavo‘yim 
shohi Shemoverga va Belax shohiga. (Belax hozir Zo‘var deb yuritiladi.) 

Ana shu beshta 
shoh ittifoq tuzib, Siddim vodiysida kuchlarini birlashtirgandilar. (Siddim vodiysi 
hozirgi O‘lik dengizdir*.) 

Bu shohlar o‘n ikki yil davomida Kado‘rlamarga qaram bo‘lib 
kelgandilar. O‘n uchinchi yili esa unga qarshi isyon ko‘targandilar. 

Isyondan bir yil o‘tgandan keyin Kado‘rlamar va uning ittifoqchilari lashkarlari 
bilan kelib, Ashtaro‘t–Karnayimdagi Rafa xalqini, Xomdagi Zuz xalqini, Xiratayim 
tekisligidagi Eyim xalqini, 

Seir* tog‘laridagi Xorim xalqini* cho‘lning chetidagi El–


Ibtido
17 
Porongacha ta’qib qilib borib, mag‘lub qildilar. 

So‘ngra ular orqaga qaytib, En–Mishpat 
shahriga keldilar va Omoleklarning butun yerlarini, shuningdek, Xazazon–Tamarda 
yashayotgan Amor xalqini qo‘lga oldilar. (En–Mishpat hozir Kadesh deb yuritiladi.) 
8-

Sado‘m, G‘amo‘ra, Adma, Zavo‘yim va Belax, ya’ni Zo‘var shohlari o‘z lashkarlarini 
Siddim vodiysida* saf torttirib, Elam shohi Kado‘rlamarning va Go‘yim, Shinar va Elazar 
shohlarining lashkarlariga qarshi jangga tayyor qilib qo‘ydilar. Xullas, to‘rtta shoh 
beshta shohga qarshi otlandi. 
10 
Vodiyda qora saqich to‘ldirilgan chuqurlar ko‘p edi. 
Sado‘m va G‘amo‘ra shohlari qochib ketayotganlarida, ularning jangchilari o‘sha 
chuqurlarga yiqilib tushdilar. Tirik qolganlari tog‘larga qochib qutulib qoldilar. 
11 
Shunday qilib, bosqinchilar Sado‘m va G‘amo‘rani talon–taroj qilib, u yerdagi hamma 
boyliklarni, g‘amlab qo‘yilgan oziq–ovqatlarni olib, o‘z yo‘llariga ketdilar. 
12 
Ibromning* 
jiyani Lut Sado‘mda yashayotgan edi. Bosqinchilar Lutni asirga olib, bor narsasini o‘lja 
qilib oldilar. 
13 
Bir odam bosqinchilardan qutulib, ibroniy Ibromning yoniga qochib bordi va 
bo‘lgan voqeani unga so‘zlab berdi. Ibrom bu paytda Amor xalqidan bo‘lgan Mamre 
degan odamning emanzori* yonida chodir tikkan edi. Mamre va uning Eshko‘l, Onar 
degan ukalari* Ibromning ittifoqchilari edilar. 
14 
Ibrom Lutning asirga olinganini 
eshitgach, o‘z xonadonidagi qurol ushlashga qodir hamma odamlarni to‘pladi. Ular 318 
kishi edi. U Kado‘rlamarning lashkari ortidan quvib, Dan shahrida* ularga yetib oldi. 
15 
Ibrom o‘sha yerda odamlarini guruhlarga bo‘lib, tunda har tomondan ularga hujum 
qildi. Kado‘rlamarning lashkari qochdi, lekin Ibrom ularni Damashqning shimolidagi 
Xo‘vax shahrigacha quvlab bordi. 
16 
Ibrom bilan uning ittifoqchilari hamma narsani — 
o‘lja olingan narsalarni, Ibromning jiyani Lutni va uning mol–mulkini, ayollarni va 
boshqa asirlarni qaytarib olib keldilar. 

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling