Ibtido (tavrotning birinchi kitobi) Kirish


Download 0.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/97
Sana31.01.2024
Hajmi0.96 Mb.
#1830778
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   97
Bog'liq
Gen Part

Terahning avlodlari 
27 
Terahning nasl–nasabi tarixi quyidagichadir: 
Terahdan Ibrom, Naxo‘r va Xaron tug‘ildilar. Xarondan Lut tug‘ildi. 
28 
Terah hali 
hayot ekan, Xaron o‘zining tug‘ilgan yurtida — Xaldeydagi Ur shahrida* otasidan oldin 
olamdan o‘tdi. 
29 
Ibrom — Soray* degan qizga, Naxo‘r — Milxo degan qizga uylandilar. 
Milxo Xaronning qizi edi. Milxoning Iskax degan singlisi ham bor edi. 
30 
Soray bepusht 
bo‘lib, bolasi yo‘q edi. 
31 
Terah o‘g‘li Ibromni, Xaronning o‘g‘li — nabirasi Lutni, Ibromning xotini — kelini 
Sorayni ergashtirib, Xaldeydagi Ur shahridan chiqib, Kan’on yurtiga qarab yo‘l oldi. Ular 
Xoron shahriga* kelishgach, o‘sha yerda o‘rnashdilar. 
32 
Terah 205 yoshida Xoronda 
olamdan o‘tdi. 
12–BOB 
Xudo Ibromni tanlaydi 

Shundan keyin Egamiz Ibromga* dedi: “O‘z yurtingdan, qarindosh–urug‘laring 
oldidan — otang xonadonidan chiqib ket. Men senga bir yurtni ko‘rsataman, o‘sha yerga 
borasan. 

Buyuk xalqning otasi qilaman seni


Ibtido
15 
Baraka beraman senga, 
Ulug‘ qilaman sening nomingni
Baraka manbai bo‘lasan sen. 

Men baraka berarman seni duo qilganlarga, 
Seni la’natlaganlarni Men la’natlayman. 
Sen orqali baraka toparlar 
Yer yuzidagi jamiki xalqlar.” 

Egamiz amr qilganday, Ibrom ketdi. Lut ham Ibrom bilan birga ketdi. Ibrom 
Xorondan* chiqib ketganda, yetmish besh yoshda edi. 

Ibrom xotini Sorayni*, jiyani 
Lutni, Xoronda xizmatga olgan odamlarini boshlab, to‘plagan jamiki mol–mulkini olib, 
Kan’on yurtiga qarab yo‘lga tushdi. Nihoyat, ular Kan’on yurtiga yetib kelishdi. 

Ibrom 
bu yurtda ko‘chib yurib, Shakam* yaqinidagi Mo‘re nomli muqaddas eman daraxti* 
yoniga yetib kelib to‘xtadi. O‘sha paytlarda bu yurtda Kan’on xalqi yashardi. 

Shu yerda 
Egamiz Ibromga zohir bo‘lib: “Mana shu yurtni sening naslingga beraman”, dedi. 
Shunday qilib, Ibrom zohir bo‘lgan Egamizga atab o‘sha yerda qurbongoh qurdi. 

Shundan so‘ng Ibrom Baytilning sharqidagi qirlarga yo‘l oldi. Baytil bilan Ay 
shaharlarining o‘rtasida* chodir tikdi. Chodirdan g‘arb tomonda Baytil, sharq tomonda 
Ay shaharlari bor edi. Bu yerda u qurbongoh qurib, Egamizga sajda qildi. 

Ibrom u 
joydan bu joyga ko‘chib, janubga — Nagav cho‘liga* ketdi. 

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling