Ibtido (tavrotning birinchi kitobi) Kirish
Download 0.96 Mb. Pdf ko'rish
|
Gen Part
- Bu sahifa navigatsiya:
- 9–BOB Xudo Nuh bilan ahd qiladi
Nuh qurbonlik keltiradi
20 So‘ngra Nuh Egamizga atab qurbongoh qurdi. So‘ng har bir halol hayvondan va halol qushdan* olib, qurbongoh ustida ularni qurbonlik qilib kuydirdi. 21 Egamiz qurbonlikning xushbo‘y hididan mamnun bo‘lib, O‘ziga O‘zi dedi: “Insonning ko‘nglida bolaligidanoq qabih niyat bor ekan. Shunday bo‘lsa ham, Men bundan buyon jamiki tirik jonzotni oldingiday qirib tashlamayman. Inson tufayli butun dunyoni la’natlamayman. 22 Bu olam turar ekan, bahorda ekin–tikin, kuzda o‘rim–yig‘im, yoz va qish, sovuq va issiq, kunduz va tun bo‘laveradi.” 9–BOB Xudo Nuh bilan ahd qiladi 1 Xudo Nuh bilan uning o‘g‘illariga marhamat qilib, ularga dedi: “Uvali–juvali Ibtido 11 bo‘linglar, yer yuzini to‘ldiringlar. 2 Yer yuzidagi jamiki hayvonlar, osmondagi hamma qushlar, yerda sudralib yuruvchi jonivor va hasharotlarning hammasi, dengizdagi hamma baliqlar sizlardan qo‘rqib, hurkadigan bo‘ladi. Bularning hammasi ustidan sizlar hukmron bo‘lasizlar. 3 O‘tni va sabzavotlarni sizlarga yemish qilib berganim singari, hamma tirik jonzotlarni ham sizlar uchun yemish qilib beraman. 4 Lekin etni qoni bilan yemaysizlar. Qonda jon bo‘lgani uchun Men buni taqiqlayman. 5 Qotillik jazolanadi. Insonning jonini olgan insondan Men xun talab qilaman, insonni o‘ldirgan har qanday hayvon o‘ldirilishi lozim. 6 Kimki inson qonini to‘ksa, Uning qonini ham inson to‘kar. Zero, inson zotini Men, Xudo, Yaratganman O‘z suratimda. 7 Barakali bo‘lib ko‘payinglar, yer yuzida to‘lib–toshib, tobora ortib boringlar.” 8 Xudo Nuh bilan uning o‘g‘illariga yana gapirdi: 9 “Men endi sizlar bilan va sizlarning avlodingiz bilan ahd qilaman. 10 Sizlar bilan kemadan chiqqan hamma tirik jonzot — qushlar, chorva, yer yuzida yashovchi hamma jonivorlar bilan ham ahd qilaman. 11 Sizlar bilan qat’iy ahd qilaman: bundan buyon barcha jonzot to‘fon tufayli qirilib ketmaydi, yer yuzini qirib bitiradigan to‘fon boshqa hech qachon bo‘lmaydi, deb va’da beraman. 12 Sizlar va jamiki tirik jonzot bilan qilayotgan abadiy ahdimning alomati shu bo‘ladi: 13 Men bulutlar orasida O‘z kamalagimni* hosil qilaman. Bu kamalak Mening olam ahli bilan qilgan ahdimning alomati bo‘ladi. 14 Men bulutlarni yer ustiga olib kelganimda, kamalak bulutlar orasida ko‘rinib turadi. 15 Ana o‘shanda Men O‘zim bilan sizlar va hamma tirik jonzot o‘rtasida qilgan ahdimni yodimda tutaman. To‘fon endi hech qachon jamiki jonzotni yo‘q qilmaydi. 16 Kamalak bulutlar orasida turganda, Men kamalakni ko‘rib, yer yuzidagi tirik jonzot bilan O‘zim qilgan abadiy ahdimni yodimda tutaman.” 17 Xudo yana Nuhga dedi: “Yer yuzidagi jamiki tirik jonzot bilan Men qilayotgan ahdning alomati ana shudir.” Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling