Ibtido (tavrotning birinchi kitobi) Kirish


–BOB  To‘fonning intihosi


Download 0.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/97
Sana31.01.2024
Hajmi0.96 Mb.
#1830778
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   97
Bog'liq
Gen Part

8–BOB 
To‘fonning intihosi 

Xudo Nuhni va u bilan kemada birga bo‘lgan barcha jonzotlarni esdan chiqarmagan 
edi. Xudo yer uzra shabada estirgan edi, suv pasaya boshladi. 

Yer ostidagi buloqlar*, 
osmonning qopqasi* berkildi, qattiq quyayotgan jala to‘xtadi. 

Suv asta–sekin yer 
yuzida kamaya boshladi. Nihoyat, 150 kundan keyin suv kamaydi. 

Yettinchi oyning o‘n 
yettinchi kuni* kema Ararat tog‘i cho‘qqilariga tiralib to‘xtab qoldi. 

O‘ninchi oygacha 
suv kamayib boraverdi. Nihoyat, o‘ninchi oyning birinchi kuni* tog‘ cho‘qqilari ko‘rindi. 

Yana qirq kun o‘tgach, Nuh kemaning darchasini ochdi–da, 

qarg‘ani chiqarib 
yubordi. Yer yuzidagi suv quriguncha, qarg‘a u yoqdan–bu yoqqa uchib yuraverdi. 

Yer 
yuzidagi suv quriganini bilish uchun endi Nuh kemadan kaptarni uchirib yubordi. 

Hali 
yer yuzini suv bosib yotgani uchun kaptar qo‘ngani joy topolmay, kemaga — Nuhning 
yoniga qaytib keldi. Nuh kaptarni ushlab, ichkariga oldi. 
10 
Yetti kundan keyin Nuh yana 
kaptarni kemadan uchirdi. 
11 
Kechga yaqin kaptar uning yoniga qaytib keldi. Kaptarning 
tumshug‘ida yangi o‘sib chiqqan zaytun bargi bor edi. Nuh bildiki, yer yuzidagi suv 
pasayibdi. 
12 
Nuh yana yetti kunni o‘tkazib, kaptarni uchirib yubordi. Kaptar Nuhning 
yoniga boshqa qaytib kelmadi. 
13 
Nuh 601 yoshga kirganda, birinchi oyning birinchi kunida* yer yuzidagi suv quriy 
boshladi. Nuh kemaning qopqog‘ini ochib qaradi, yer yuzi hali to‘liq qurimagan ekan. 
14 
Nihoyat, ikkinchi oyning yigirma yettinchi kuni* yer butunlay qup–quruq bo‘ldi. 
15 
Keyin Xudo Nuhga shunday dedi: 
16 
“Kemadan chiq, xotining, o‘g‘illaring, kelinlaring 
ham sen bilan birga kemadan chiqishsin. 
17 
O‘zing bilan birga hamma tirik jonzotlarni — 
qushlaru hayvonlarni, sudralib yuruvchi jonivorlarni, hasharotlarni ham olib chiq, toki 
ular yer yuzida serpusht bo‘lib, ko‘payib, g‘ij–g‘ij qaynasin.” 
18 
Shunday qilib, Nuh 
o‘g‘illarini, xotini va kelinlarini boshlab, kemadan tashqariga chiqdi. 
19 
Hamma 
hayvonlar, sudralib yuruvchi jonivorlar, hasharotlar, qushlar — yerda yashaydigan 
jamiki jonzotlar ham o‘z jufti bilan kemadan chiqdi. 

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling