Ibtido (tavrotning birinchi kitobi) Kirish
Download 0.96 Mb. Pdf ko'rish
|
Gen Part
- Bu sahifa navigatsiya:
- Somning avlodlari
11–BOB
Bobil minorasi 1 Butun yer yuzida bitta til bo‘lib, hamma odamlar bir xil so‘zlashardilar. 2 Odamlar sharqdan* ko‘chib, Shinar yeridagi* bir tekislikka keldilar va o‘sha yerda joylashdilar. 3 Odamlar bir–birlariga: “Kelinglar, g‘isht quyib, yaxshilab pishiraylik”, dedilar. Shunday qilib, ular qurilish uchun g‘ishtdan, qorishma uchun qora saqichdan foydalanadigan bo‘ldilar. 4 Keyin odamlar aytdilar: “Kelinglar, o‘zimiz uchun shahar quraylik, shahar minorasining cho‘qqilari osmonga tegib tursin. Shu tariqa nom tarataylik. Aks holda, biz butun yer yuziga tarqalib ketamiz.” 5 Odamlar qurayotgan shaharni va minorani ko‘rish uchun Egamiz pastga tushdi. 6 Egamiz dedi: “Qaranglar, hammasi bitta xalq, hammasining tili bir! Bu hali ular qilmoqchi bo‘lgan ishning boshlanishi, xolos. Hademay, ular ko‘ngliga kelgan ishni qilishga qodir bo‘ladilar. 7 Qani, pastga tushaylik– da, ularning tilini aralashtirib yuboraylik, toki birining gapini ikkinchisi tushunolmay qolsin.” 8 Shunday qilib, Egamiz ularni o‘sha yerdan butun yer yuzi bo‘ylab tarqatib yubordi. Odamlar shahar qurilishini to‘xtatdilar. 9 Egamiz hamma odamlarning tilini Ibtido 14 o‘sha yerda chalkashtirib, ularning o‘zlarini butun yer yuziga tarqatib yuborgani uchun shaharning nomi Bobil* bo‘lib qoldi. Somning avlodlari 10 Somning nasl–nasabi tarixi quyidagichadir: Som 100 yoshga kirganda, o‘g‘li Arpaxshodni ko‘rgan edi*. Arpaxshod tug‘ilganda, to‘fon bo‘lib o‘tganiga ikki yil bo‘lgan edi. 11 Arpaxshod tug‘ilgandan keyin, Som 500 yil yashab, yana o‘g‘il–qizlar ko‘rdi. 12 Arpaxshod 35 yoshida o‘g‘li Shilaxni ko‘rgan edi*. 13 Shilax tug‘ilgandan keyin, Arpaxshod 403 yil yashab, yana o‘g‘il–qizlar ko‘rdi. 14 Shilax 30 yoshida o‘g‘li Ibirni ko‘rgan edi. 15 Ibir tug‘ilgandan keyin, Shilax 403 yil yashab, yana o‘g‘il–qizlar ko‘rdi. 16 Ibir 34 yoshida o‘g‘li Palaxni ko‘rgan edi. 17 Palax tug‘ilgandan keyin, Ibir 430 yil yashab, yana o‘g‘il–qizlar ko‘rdi. 18 Palax 30 yoshida o‘g‘li Ravuni ko‘rgan edi. 19 Ravu tug‘ilgandan keyin, Palax 209 yil yashab, yana o‘g‘il–qizlar ko‘rdi. 20 Ravu 32 yoshida o‘g‘li Sarug‘ni ko‘rgan edi. 21 Sarug‘ tug‘ilgandan keyin, Ravu 207 yil yashab, yana o‘g‘il–qizlar ko‘rdi. 22 Sarug‘ 30 yoshida o‘g‘li Naxo‘rni ko‘rgan edi. 23 Naxo‘r tug‘ilgandan keyin, Sarug‘ 200 yil yashab, yana o‘g‘il–qizlar ko‘rdi. 24 Naxo‘r 29 yoshida o‘g‘li Terahni ko‘rgan edi. 25 Terah tug‘ilgandan keyin, Naxo‘r 119 yil yashab, yana o‘g‘il–qizlar ko‘rdi. 26 Terah 70 yoshdan o‘tgandan keyin o‘g‘illari Ibrom*, Naxo‘r va Xaronni ko‘rgan edi. Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling