Ibtido (tavrotning birinchi kitobi) Kirish
Download 0.96 Mb. Pdf ko'rish
|
Gen Part
- Bu sahifa navigatsiya:
- 10–BOB Nuhdan tarqalgan dunyo xalqlari
Nuh va uning o‘g‘illari
18 Nuh va uning o‘g‘illari Som, Xom va Yofas kemadan chiqishdi. Keyinroq Xom o‘g‘il ko‘rib, ismini Kan’on qo‘ydi. 19 Nuhning uchala o‘g‘lidan butun yer yuzidagi xalqlar tarqaldi. 20 To‘fondan keyin Nuh dehqon bo‘ldi va ilk bor uzumzor barpo qildi. 21 Bir kuni u o‘zi tayyorlagan maydan ichdi. Mast bo‘lib, chodirida yalang‘och yotgan edi, 22 Kan’onning otasi Xom otasining yalang‘och yotganini ko‘rdi va tashqariga chiqib, akalariga aytdi*. 23 Som bilan Yofas bir kiyimni olib, yelkalariga tashladilar. Orqalari bilan chodirga kirib, otalarining yalang‘och tanasini ko‘rmaslik uchun yuzlarini teskari o‘girib, uning ustini kiyim bilan yopib qo‘ydilar. 24 Nuh o‘ziga kelgach, kenja o‘g‘lining* qilmishini bildi. 25 Shunda Nuh dedi: “Kan’on* la’nati bo‘lsin! Qullarning ham quli bo‘lsin akalariga!*” 26 Nuh yana dedi: Ibtido 12 “Somning Xudosi — Egamizga Hamdu sanolar bo‘lsin. Kan’on Somga qul bo‘lsin! 27 Xudo Yofasga mo‘l yer bersin*, Uning nasli Somning xalqi bilan yashasin! Kan’on Yofasga qul bo‘lsin!” 28 Nuh to‘fondan keyin 350 yil yashadi. 29 U 950 yoshida olamdan o‘tdi. 10–BOB Nuhdan tarqalgan dunyo xalqlari 1 Nuhning o‘g‘illari Som, Xom va Yofas to‘fondan keyin o‘g‘illar ko‘rdilar. Ularning nasl–nasabi va ulardan kelib chiqqan xalqlar* tarixi quyidagichadir: Yofasdan kelib chiqqan xalqlar 2 Yofas nasli: Go‘mer, Mago‘g, Moday, Yovon, Tuval, Meshex, Tiros va ulardan kelib chiqqan xalqlar. 3 Go‘mer nasli: Ashkanoz, Rifat, To‘xarmo va ulardan kelib chiqqan xalqlar. 4 Yovon nasli: Elishox, Tarshish, Kit, Ro‘don* va ulardan kelib chiqqan xalqlar. 5 Yovon nasli dengiz bo‘ylariga tarqalib joylashdi. Ular* har xil qabilalarga va yurtlarga bo‘lindilar, har bir qabilaning o‘z tili bor edi. Xomdan kelib chiqqan xalqlar 6 Xom nasli: Kush*, Mizra*, Fut, Kan’on va ulardan kelib chiqqan xalqlar. 7 Kush nasli: Savo, Xavila, Sabto, Ramo, Sabtaxo va ulardan kelib chiqqan xalqlar. Ramo nasli: Shava, Dedon va ulardan kelib chiqqan xalqlar. 8 Kushning naslida yana Nimro‘d degani ham bor edi. Nimro‘d yer yuzidagi birinchi buyuk jangchi edi. 9 Egamizning nazarida u shu qadar buyuk ovchi ediki, uning ismi hikmat bo‘lib qoldi. Odamlar mohir ovchi haqida gapirganda: “Egamizning nazaridagi Nimro‘dga o‘xshagan buyuk ovchi” deb aytadigan bo‘lishdi. 10 Nimro‘d shohligining ilk markazi Shinar yeridagi* Bobil, Erax, Akkad shaharlarining hammasini* o‘z ichiga olgan edi. 11 Nimro‘d o‘sha yerdan Ossuriyaga borib*, Naynavo*, Rexobo‘t–Ir, Kolax, 12 Rasan shaharlarini qurdirdi. Rasan shahri Kolax va buyuk Naynavo shaharlari orasida joylashgan edi. 13 Mizra nasli: Lud, Onom, Laxov, Naftux, 14 Patro‘s, Kasluv, Xafto‘r va ulardan kelib chiqqan xalqlar. Kasluvdan Filist xalqi kelib chiqdi*. 15 Kan’on nasli: Kan’onning to‘ng‘ich o‘g‘li Sidon, Xet va ulardan kelib chiqqan xalqlar. 16 Kan’ondan Yobus, Amor, Girgosh, 17 Xiv, Oruq, Sin, 18 Arvod, Zamar va Xomat xalqlari ham kelib chiqdi. Natijada Kan’on urug‘lari chegaradan tashqariga tarqalib ketdi. 19 Kan’onning chegaralari shimoldagi Sidondan boshlab Garor tomonga — janubdagi G‘azogacha, so‘ngra sharqdagi Sado‘m, G‘amo‘ra, Adma, Zavo‘yim tomonga — to Ibtido 13 Leshagacha cho‘zilgan edi. 20 Xomning nasli ana shulardan iborat edi. Ular har xil qabilalarga va yurtlarga bo‘lindilar, har bir qabilaning o‘z tili bor edi. Somdan kelib chiqqan xalqlar 21 Yofasning akasi Som ham farzandlar ko‘rdi. U jamiki Ibir* naslining ota– bobosi bo‘ldi. 22 Som nasli: Elam, Oshur, Arpaxshod, Lud, Oram va ulardan kelib chiqqan xalqlar. 23 Oram nasli: Uz, Xul, Geter, Meshex* va ulardan kelib chiqqan xalqlar. 24 Arpaxshodning Shilax degan o‘g‘li* bor edi. Shilaxning Ibir degan o‘g‘li bor edi. 25 Ibir ikki o‘g‘il ko‘rdi: birinchisining ismini Palax qo‘ydi, chunki uning davrida dunyo bo‘linib ketdi*. Ikkinchisining ismi Yoxton edi. 26 Yoxtonning nasli: Elmo‘dod, Shalaf, Xazormavat, Yorax, 27 Hadoram, Uzol, Dikla, 28 Obal, Abumayl, Shava, 29 Ofir, Xavila, Yo‘vov va ulardan kelib chiqqan xalqlar. Yoxtonning nasli mana shular edi. 30 Bu xalqlar yashagan hudud Meshadan tortib, sharqdagi Safor qirlari tomongacha cho‘zilgan edi. 31 Somning nasli ana shulardan iborat edi. Bu xalqlar har xil qabilalarga va yurtlarga bo‘lindilar, har bir qabilaning o‘z tili bor edi. 32 Nuhning o‘g‘illaridan paydo bo‘lgan nasllar, nasabnomasi bo‘yicha, alohida– alohida xalqlar sifatida ro‘yxat qilingan edi. To‘fondan keyin yer yuzida mana shu xalqlar o‘rnashdi. Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling