Ibtido (tavrotning birinchi kitobi) Kirish


Download 0.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/97
Sana31.01.2024
Hajmi0.96 Mb.
#1830778
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   97
Bog'liq
Gen Part

Ibrom Misrda 
10 
O‘sha paytda Kan’onda qahatchilik haddan ortiq avjiga chiqdi. Shuning uchun 
Ibrom, qahatchilik tugaguncha kutib turay deb, Misrga yo‘l oldi. 
11 
Ibrom Misr 
chegarasiga yaqinlashganda, xotini Sorayga dedi: 
— Sen juda ham go‘zal ayolsan. 
12 
Misrliklar seni ko‘rganlarida: “Manavi ayol — 
uning xotini”, deb aytishadi. Meni o‘ldirib, seni tirik qoldirishadi. 
13 
Sen, uning 
singlisiman, deb aytgin, toki sen tufayli Misrliklar menga yaxshi munosabatda bo‘lsinlar, 
jonimga rahm qilsinlar. 
14 
Ibrom Misrga kirib kelganda, Sorayning go‘zalligi hammaning og‘zida duv–duv gap 
bo‘ldi. 
15 
Saroy a’yonlari ham Sorayni ko‘rishgach, uni fir’avnga rosa maqtashdi. Shunday 
qilib, Sorayni fir’avnning saroyiga olib kelishdi. 
16 
Fir’avn Soray tufayli Ibromga ham 
ko‘p muruvvat qildi: mol–qo‘y, eshaklar, qul va cho‘rilar, tuyalar in’om qildi. 
17 
Lekin fir’avn Sorayni o‘z haramiga olmoqchi bo‘lgani uchun, Egamiz fir’avn 
xonadoniga dahshatli o‘lat kasalligini yubordi. 
18 
Fir’avn Ibromni chaqirtirib kelib, unga 
dedi: 
— Bu nima qilganing? Nima qilib qo‘yding meni? Nimaga Soray xotining ekanini 
menga aytmading? 
19 
Nimaga, u mening singlim, deb aytding? Gapingga ishonib, uni 
o‘zimga xotin qilib olmoqchi bo‘ldim–a! Mana xotining, ol–da, ko‘zimdan yo‘qol! 
20 
Fir’avn o‘z odamlariga farmon bergan edi, ular Ibromni xotini, hamma odamlari va 
mol–mulki bilan birga yurtdan chiqarib yubordilar. 
13–BOB 
Ibrom va Lut bir–biridan ayriladi 

Shunday qilib, Ibrom* xotinini, jiyani Lutni va bor mol–mulkini olib, Misrdan chiqdi 


Ibtido
16 
va shimolga — Nagav cho‘liga* yo‘l oldi. 

Ibrom endi juda boyib ketgan, mol–qo‘ylari, kumushu oltini ko‘p edi. 

U Nagav 
cho‘lidan Baytilga borguncha bir joydan ikkinchi joyga ko‘chib yurdi. Nihoyat, Baytil 
bilan Ay oralig‘iga* yetib keldi. U oldin ham shu yerda chodir tikib

qurbongoh qurgan 
edi. Ibrom o‘sha yerda yana Egamizga sajda qildi. 

Ibrom bilan birga ketayotgan Lut 
ham juda boy bo‘lib, mol–qo‘ylari, ko‘plab chodirlari bor edi. 

Ikkovlari chorvasi bilan 
bir joyda yashashlari uchun yer torlik qilib qoldi. 

Qolaversa, Ibromning cho‘ponlari 
bilan Lutning cho‘ponlari o‘rtasida janjal chiqib qoldi. Bu paytda o‘sha yurtda Kan’on va 
Pariz xalqlari yashardilar. 

Shunda Ibrom Lutga dedi: 
— Mening cho‘ponlarim bilan sening cho‘ponlaring o‘rtasida janjal bo‘lmasligi kerak. 
Axir, biz yaqin qarindoshlarmiz. 

Nima qilishimiz lozimligini men senga aytay. Sen 
mana shu yerdan yaxshi joyini keragicha tanlab ol, keyin bir–birimizdan ajralaylik. Agar 
sen chap tomonga ketsang, men o‘ng tomonga ketaman, agar sen o‘ng tomonga ketsang, 
men chap tomonga ketaman. 
10 
Lut Zo‘var tomondagi Iordan vodiysining serhosil tekisliklariga qaradi. Hamma 
yoq sersuv, go‘yo Egamiz yaratgan boqqa* va Misrning ajoyib yerlariga o‘xshardi. 
Egamiz Sado‘m va G‘amo‘ra shaharlarini vayron qilmasdan oldin vodiy shunaqa edi. 
11 
Shunday qilib, Lut Iordan tekisliklarini tanladi va sharq tomonga ketdi. Shu tariqa 
Ibrom bilan Lut bir–biridan ayrildilar. 
12 
Ibrom Kan’on yurtida o‘rnashdi, Lut esa Iordan 
tekisliklaridagi shaharlar orasiga o‘rnashib, chodirlarini Sado‘m yoniga ko‘chirdi. 
13 
Sado‘m aholisi o‘ta qabih bo‘lib, Egamizga qarshi og‘ir gunohlar qilar edilar. 

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling