38:14 …shahri darvozasi yonida… — 19:1 ning ikkinchi izohiga qarang.
38:18 …muhringizni…tayog‘ingizni… — bu narsalar tufayli Tamara u bilan yotgan kishi
Yahudo ekanini aniq isbotlay olardi.
38:21 fohisha — bu oyatdagi va mazkur bobning 22–oyatidagi ibroniycha so‘zning
ma’nosi sajdagohdagi fohisha. Aslida Tamara sajdagoh fohishasi emasdi. Kan’onda
sajdagoh fohishalari oddiy fohishalarga qaraganda jamiyatda yuqoriroq o‘rin tutar
edilar. Shu bois Yahudoning do‘sti Xirax Tamarani kamsitib yubormaslik uchun unga
nisbatan sajdagohdagi fohisha iborasini ishlatgan. Kan’ondagi odatga ko‘ra, odamlar
sajdagohlardagi fohishalar bilan jinsiy aloqa qilganlarida, shu yo‘l bilan Kan’ondagi
xalqlar xudolariga topinib, farovonlik ato qilishni so‘rardilar.
38:29 Paraz — ibroniychadagi ma’nosi yorib chiqmoq.
38:30 Zerax — bu ism ibroniychadagi shafaqday qizil so‘ziga ohangdosh, chaqaloqning
qo‘lidagi qizil ip nazarda tutilgan bo‘lishi mumkin.
40:1 soqiy — shohga o‘z qo‘li bilan sharob quyadigan, saroyda yuqori martabaga ega
bo‘lgan, ishonchga loyiq a’yon. Shuningdek, u shoh uchun sharob tanlashi va uni tatib
ko‘rib, zaharli emasligiga ishonch hosil qilishi kerak edi.
41:9 soqiy — 40:1 izohiga qarang.
41:45 On shahri — Geliopol nomi bilan ham ma’lum bo‘lib, hozirgi Qohiradan qariyb 11
kilometr shimoli–sharqda, Nil daryosi bo‘yida joylashgan.
41:51 Manashe — bu ism ibroniychadagi esimdan chiqarmoq so‘ziga ohangdosh.
41:52 Efrayim — bu ism ibroniychadagi barakali so‘ziga ohangdosh.
42:5 Yoqub — ibroniycha matnda Isroil, Yoqubning yana bir ismi (32:27-28 ga qarang).
42:25 kumushlar — Yusufning akalari don sotib olish uchun olib kelgan pul nazarda
tutilgan. Qadimgi paytlarda ma’lum vazndagi kumush bo‘laklari odatda pul birligi
sifatida ishlatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |