Ibtido
92
oyatida ham bor). 32:27-28 ga qarang.
43:11 Mirra — 37:25 izohiga qarang.
44:5 Xo‘jayinimning kumush qadahini o‘g‘irlaganingiz nimasi? — qadimiy yunoncha va
lotincha tarjimalardan. Ibroniycha matnda bu jumla yo‘q.
44:5 …fol ochish uchun foydalanardi… — qadimgi paytlarda
fol ochish uchun turli xil
suyuqliklardan foydalanilardi. Yusufning o‘zi bunday udumlarga ergashmagan bo‘lsa–
da, uning xizmatkori qadahni qimmatbaho
deb bilar edi, chunki
bunday qadahlar
xudolardan maslahat so‘rash uchun ishlatilardi.
44:29 o‘liklar diyori — ibroniycha matnda
Sheo‘l (shu bobning 31–oyatida ham bor).
37:35 izohiga qarang.
45:10 Go‘shen yerlari — Nil deltasining sharqidagi hosildor yerlar.
45:21 Yoqub — ibroniycha matnda
Isroil, Yoqubning yana bir ismi (shu bobning 28–
oyatida ham bor). 32:27-28 ga qarang.
45:22 uch yuz bo‘lak kumush — taxminan 3,5 kiloga to‘g‘ri keladi. Qadimgi
paytlarda
ma’lum vazndagi kumush bo‘laklari odatda pul birligi sifatida ishlatilgan.
45:24 …janjallashib yurmanglar… — yoki
…xafa bo‘lmanglar… yoxud
…qo‘rqmanglar…
(shu bobning 5–oyatiga qarang).
46:1 Yoqub — ibroniycha matnda
Isroil, Yoqubning yana bir ismi (shu bobning 2, 30–
oyatlarida ham bor). 32:27-28 ga qarang.
Do'stlaringiz bilan baham: