Ibtido (tavrotning birinchi kitobi) Kirish


Download 0.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/97
Sana31.01.2024
Hajmi0.96 Mb.
#1830778
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   97
Bog'liq
Gen Part

48:14 o‘ng qo‘li — o‘ng qo‘l kuchliroq hisoblangani uchun, odamlar o‘ng qo‘lni qo‘yib 
duo qilishganda, ko‘proq baraka keladi, deb ishonishardi. 
48:15 …Yusufni duo qildi… — Yoqub Efrayim va Manasheni duo qilish orqali Yusufni 
duo qilgandi. 
48:22 Shakam — 12:6 ning birinchi izohiga qarang. Bu o‘rindagi ibroniycha so‘zni ulush 
yoki tepaliklar deb tarjima qilsa ham bo‘ladi. 
48:22 …men qilichu kamonim bilan Amor xalqlaridan tortib olganman — 34:25-29 da 
bayon etilgan voqea nazarda tutilgan bo‘lishi mumkin, lekin o‘sha paytda Yoqub ikkala 
o‘g‘lining qilmishini qattiq tanqid qilgan edi (34:30 ga qarang). Kitobda yozilmagan 


Ibtido
94 
boshqa bir hodisa nazarda tutilgan bo‘lishi ham mumkin. 
49:4 …To‘shagimga chiqib, uni bulg‘ading — 35:22 ga qarang. 
49:5 …Qilichlari jabr–jafo qurolidir — 34:25-26 ga qarang. Bu yerda qilich deb tarjima 
qilingan ibroniycha so‘zning ma’nosi bahsli. 
49:8 Yahudo — bu ism ibroniychadagi madh etar so‘ziga ohangdosh. 
49:10 saltanat hassasi — bu maxsus hassa bo‘lib, shoh va hukmdorlarning hokimiyatini 
bildiruvchi ramz edi. 
49:10 …Xalqlar unga o‘lpon keltirarlar… — yoki …Saltanat hassasining egasi kelgunga 
qadar… yoxud …Hukmdor kelgunga qadar…. Ibroniycha matndan so‘zma–so‘z tarjimasi 
…Shilo‘ kelgunga qadar…. Shilo‘ Isroilning shimolidagi bir joy edi. Yoshua davridan 
tortib Shomuil davriga qadar Muqaddas chodir va Ahd sandig‘i Shilo‘da edi (Yoshua 
18:1, Hakamlar 18:31, 1 Shohlar 1:24, 4:3 ga qarang). Shilo‘ so‘zining bu oyatdagi 
ma’nosi bahsli. 
49:11 Sharobda yuvadi…ko‘ylaklarini — bu ibora ko‘chma ma’noda bo‘lib, Yahudo 
barakali va boy–badavlat bo‘lishini, uzum tokidan mo‘l hosil olishini bildiradi. 
49:12 Sharobdan ham qora ko‘zlari, Sutdan ham oppoq tishlari — bu ibora ko‘chma 
ma’noda bo‘lib, Yahudoning sharobi va suti mo‘l bo‘lishini bildiradi. Sharob va sutning 
mo‘lligi barakaning belgisi edi. 

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling