Ibtido (tavrotning birinchi kitobi) Kirish
Download 0.96 Mb. Pdf ko'rish
|
Gen Part
34:10 …bemalol savdo–sotiq qilaverasizlar… — yoki …xohlagan joyingizga
boraverasizlar… (shu bobning 21–oyatida ham bor). 34:14 Singlimizni…biz isnodga qolamiz — 17:9-14 ga qarang. 34:17 singlimiz — ibroniycha matnda qizimiz, Dinaga ishora. 34:20 …shahar darvozasiga… — 19:1 ning ikkinchi izohiga qarang. 34:25 …Dinaning akalari Shimo‘n bilan Levi… — Shimo‘n bilan Levi Leaxdan tug‘ilgan bo‘lib, Dinaning tug‘ishgan akalari edi (29:33-34, 30:21 ga qarang). 35:1 …Baytilga ko‘chib bor…Men u yerda senga zohir bo‘lgan edim — 28:10-19 oyatlarga va 28:19 izohiga qarang. 35:4 …xudolarini, ziraklarini… — Shakamdan o‘lja qilib olingan narsalar bo‘lishi mumkin. Bu oyatda aytib o‘tilgan “xudolar” — kichkina haykalchalar shaklida bo‘lib, fol ochish yoki balo–qazolardan asrash uchun ishlatilgan bo‘lishi mumkin (yana 31:19 ga va o‘sha oyatning izohiga qarang). Ziraklar ham irim qilib, yomonlikdan asrash uchun taqilgan bo‘lishi mumkin. 35:4 Shakam yaqinidagi eman daraxti — yoki Shakam yaqinidagi terebint daraxti. 12:6 ga va o‘sha oyatning izohlariga qarang. 35:7 Baytilning Xudosi — ibroniycha matnda El–Baytil, ma’nosi Baytilning Xudosi. Yana 33:20 ga va o‘sha oyatning izohiga qarang. 35:8 …Rivqoning enagasi Dobira vafot etdi — Yoqub Paddon–Oramga ketgan paytdan (27:42-46 ga qarang) to shu paytgacha onasi Rivqo haqida hech qanday ma’lumot berilmagan. Shunday ekan, Yoqub Paddon–Oramda yashab yurgan paytlarda Rivqo olamdan o‘tgan, deb taxmin qilishimiz mumkin. 35:8 Yig‘i daraxti — ibroniycha matnda Olo‘n–Bakut, ma’nosi yig‘i eman daraxti. 35:9 Paddon–Oram — 25:20 izohiga qarang. 35:10 Yoqub — 25:26 ga va o‘sha oyatning izohiga qarang. Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling