Ibtido (tavrotning birinchi kitobi) Kirish
:18 Xevron — Quddusdan qariyb 32 kilometr janubi–g‘arbda joylashgan shahar. 13:18
Download 0.96 Mb. Pdf ko'rish
|
Gen Part
13:18 Xevron — Quddusdan qariyb 32 kilometr janubi–g‘arbda joylashgan shahar.
13:18 emanzor — yoki terebintzor. 12:6 ning ikkinchi izohiga qarang. 14:1 Shinar — 10:10 ning birinchi izohiga qarang. 14:3 O‘lik dengiz — ibroniycha matnda Tuz dengizi. 14:6 Seir — keyinchalik bu joy Edom deb atalgan. 14:5-6 …Rafa xalqi…Zuz xalqi…Eyim xalqi… 6 …Xorim xalqi… — bu xalqlar yashagan yurtlar — Iordan daryosining sharqida istiqomat qilgan Rafa xalqining yurtidan to O‘lik dengizning janubi–g‘arbida istiqomat qilgan Xorim xalqining yurtigacha cho‘zilgan edi. Rafa va Eyim xalqlari gavdasi ulkan, kuchli jangchilari bilan mashhur edilar (Qonunlar 2:10-11, 20-21, 3:11 ga qarang). 14:8-9 Siddim vodiysi — ya’ni O‘lik dengiz vodiysi (shu bobning 3–oyatiga qarang). 14:12 Ibrom — 11:26 izohiga qarang. 14:13 emanzor — yoki terebintzor. 13:18 oyatga va 12:6 ning ikkinchi izohiga qarang. 14:13 ukalari — yoki qarindoshlari. 14:14 Dan shahri — Jalila ko‘lidan qariyb 40 kilometr shimolda joylashgan. Ibtido 81 14:17 Shoh soyligi — Qidron soyligining bir qismi bo‘lib, Quddus shahridan janubi– sharqda joylashgan. 14:18 Salim — Quddusning qadimgi nomi. 14:19 yaratgan — yoki ega bo‘lgan. 15:1 Ibrom — 11:26 izohiga qarang. 15:7 Xaldeydagi Ur shahri — 11:28 izohiga qarang. 15:16 …to‘rt avlod o‘tgandan keyin… — mana bu so‘zlar shu bobning 13–oyatida aytib o‘tilgan to‘rt yuz yilga ishora qilishning boshqa bir uslubi. 15:16 …chunki Amor xalqlarining qabihligi hali haddan oshmadi — Eski Ahdning ba’zi joylarida Kan’on yurtida istiqomat qilgan barcha xalqlarga nisbatan Amor xalqlari degan nom ishlatilgan. Keyinchalik Xudo Isroil xalqi orqali Kan’on aholisini qilgan qabihliklari uchun jazolaydi, biroq jazolashning vaqt–soati hali yetib kelmagan edi (yana 9:25 ga va o‘sha oyatning birinchi izohiga qarang). 15:17 …ichidan tutun chiqib turgan tog‘orani va yonayotgan mash’alani ko‘rdi…bo‘g‘izlangan hayvon bo‘laklari orasidan o‘tdi — tutun va olov Egamizning o‘sha yerda zohir bo‘lganini anglatadi. Bo‘g‘izlangan hayvon bo‘laklarining ma’nosi bahsli. Ba’zi olimlarning taxmini bo‘yicha, hayvonlarning bo‘laklanishi biror kishining ont ichib, va’da berishga aloqador bo‘lgan urf–odat. Ikkiga bo‘lingan hayvonlarning orasidan o‘tadigan odam: “Agar o‘z va’damda turmasam, men ham mana shu hayvonlarday bo‘laklanay”, deb ont ichayotganday bo‘ladi. Boshqa olimlarning taxmini bo‘yicha esa, bu hayvonlar Ibrohimning avlodi bo‘lgan Isroil xalqining timsoli. Xudo ikkiga bo‘laklangan hayvonlarning orasidan o‘tib, Ibrohimning avlodi bilan birga bo‘lishini va’da qiladi. Xudo ularni Misrga o‘xshagan qudratli ajnabiy shohliklardan asraydi. Ibrohimning quzg‘unlarni haydashi mana shuning ramzidir (shu bobning 11-14– oyatlariga qarang). 15:18 Misrdagi daryo — Sinay yarim orolining shimoli–sharqidagi Arish soyligi yoki Nil daryosining sharqiy irmog‘i nazarda tutilgan (yana Sahroda 34:5 va Yoshua 13:3, 15:4, 47 ga qarang). Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling