Ibtido (tavrotning birinchi kitobi) Kirish
:20 o‘n besh tirsak — taxminan 7 metrga to‘g‘ri keladi. 8:2
Download 0.96 Mb. Pdf ko'rish
|
Gen Part
7:20 o‘n besh tirsak — taxminan 7 metrga to‘g‘ri keladi.
8:2 Yer ostidagi buloqlar — 7:11 ning birinchi izohiga qarang. 8:2 osmonning qopqasi — 7:11 ning ikkinchi izohiga qarang. Ibtido 78 8:4 Yettinchi oyning o‘n yettinchi kuni — to‘fon boshlangandan besh oy o‘tgach (7:11 ga qarang). 8:5 o‘ninchi oyning birinchi kuni — to‘fon boshlangandan taxminan yetti yarim oy o‘tgach (7:11 ga qarang). 8:13 birinchi oyning birinchi kuni — to‘fon boshlangandan taxminan o‘n yarim oy o‘tgach (7:11 ga qarang). 8:14 ikkinchi oyning yigirma yettinchi kuni — to‘fon boshlangandan taxminan o‘n ikki yarim oy o‘tgach (7:11 ga qarang). 8:20 …halol hayvon…halol qush… — 7:2 izohiga qarang. 9:13 …O‘z kamalagim… — bu oyatdagi hamda shu bobning 14, 16–oyatlaridagi ibroniycha so‘z kamon so‘zini ham bildiradi. 9:22 …Xom otasining yalang‘och yotganini ko‘rdi…akalariga aytdi — Xomning akalari otasini nihoyatda hurmat qilganlari uchun, uning yalang‘och tanasiga qaramaslikka harakat qilganlar (shu bobning 23–oyatiga qarang), Xom esa, akalaridan farqli ravishda, o‘z qilmishi bilan otasini sharmanda qildi. 9:24 kenja o‘g‘li — shu bobning 18–oyatida Nuhning o‘g‘illari Som, Xom va Yofas, deb ko‘rsatilgan. Ismlarning shu tartibda yozilishiga qaramay, bu hikoya ko‘rsatib turibdiki, Xom Nuhning kenja o‘g‘il ekan. 9:25 Kan’on — nimaga Nuh Xomning o‘rniga Kan’onni la’natladi? Ko‘p olimlarning sharhlashicha, Xomning bunday buzuq xulq–atvori o‘g‘li Kan’onning avlodlariga ham xos edi. Bu oyatda aytilgan bashorat kelajakda Kan’on avlodining boshiga tushadigan hukmni bildiradi (yana 15:16 ga va o‘sha oyatning ikkinchi izohiga qarang). Keyinchalik Kan’on xalqi axloqiy buzuqligi va butparastligi bilan tanilib, Kan’on yurtini bosib olgan Isroil xalqi tomonidan butunlay qirib tashlanadi (Isroil xalqi Somdan kelib chiqqan, shu bobning 26–oyatiga qarang). Ba’zi olimlarning ta’kidlashicha, Xom Nuhning kenja o‘g‘li bo‘lgani uchun, Nuh Xomning kenja o‘g‘li Kan’onni la’natlagan edi. Ba’zi olimlar esa, Xudo yaqindagina Xomni barakalagani uchun (9:1 ga qarang) Nuh o‘g‘lini la’natlay olmay, Xomning o‘g‘lini la’natlagan edi, deb ta’kidlashadi. Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling