6:3 Ruh — bu oyatda barcha jonzotga hayot ato etuvchi Xudoning hayotbaxsh qudrati
nazarda tutilgan.
6:3 Men ato etgan Ruh insonlar bilan abadiy qolmaydi… — yoki Mening Ruhim insonlar
bilan abadiy kurashmaydi….
6:3 …ular o‘ladigan jonlardir — yoki …ular yaramasdir.
6:4 ulkan pahlavonlar — ibroniycha matnda nefilim. Bu so‘z haybatli va kuchli
odamlarga nisbatan ishlatilgan (yana Sahroda 13:34 ga qarang). To‘fondan oldin
yashagan Nefilimlar bu oyatda va mazkur bobning 2–oyatida tilga olingan ilohiy zotlar
va ayol zotining avlodlari edilar.
6:4 ayol zoti — ibroniycha matndan so‘zma–so‘z tarjimasi inson zotining qizlari. Shu
bobning 2–oyatiga berilgan ikkinchi izohga qarang.
6:14 Qattiq yog‘och — ibroniycha matnda gofer yog‘ochi. Qanday turdagi yog‘och
ekanligi noma’lum.
6:15 …uzunligi 300 tirsak, kengligi 50 tirsak, balandligi 30 tirsak… — uzunligi taxminan
135 metrga, kengligi taxminan 22,5 metrga, balandligi taxminan 13,5 metrga to‘g‘ri
keladi.
6:16 bir tirsak — taxminan 45 santimetrga to‘g‘ri keladi.
6:16 Kemaning tomini yasaganingda…ochiq joy qoldir — yoki Kemaning gir aylanasida,
tomdan bir tirsak pastrog‘ida ochiq joy qoldir.
7:2 …halol hayvonlar…harom hayvonlar… — bu oyatda Xudoga qurbonlik qilsa
bo‘ladigan hayvonlarga nisbatan halol hayvonlar iborasi, qurbonlik qilishga
yaramaydigan hayvonlarga nisbatan esa harom hayvonlar iborasi ishlatilgan (8:20 ga
qarang). Halol va harom hayvonlar haqida to‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun
Levilar 11:1-47 ga qarang.
7:11 …yer ostidagi buloqlar otilib chiqdi… — qadimda Isroil xalqining tasavvuriga ko‘ra,
yer tep–tekis bo‘lib, yer ostida buyuk dengiz bor edi. Bu matnda o‘sha ulkan dengizning
suvlari otilib chiqib, yer yuzini qoplagani nazarda tutilgan.
7:11 …osmonning qopqalari ochildi — tinmay jala quya boshladi. Qadimda Isroil
xalqining tasavvuriga ko‘ra, osmon gumbaz shaklida bo‘lib, osmon qopqalari gumbaz
ustidagi suvlardan yerni himoya qilib turar edi (1:6-8 oyatlarga va 1:7 izohiga qarang).
Do'stlaringiz bilan baham: |