Ibtido (tavrotning birinchi kitobi) Kirish
Download 0.96 Mb. Pdf ko'rish
|
Gen Part
IZOHLAR
1:1 Xudo azalda osmon bilan yerni yaratdi — bu oyat yaratilish hikoyasining kirish qismidir. Ushbu bobning 3-31–oyatlarida bayon etilgan Xudoning olti kun davomidagi yaratish faoliyati bu oyatda qisqacha o‘z ifodasini topgan. Ibroniychadagi osmon bilan yer jumlasi butun dunyoni va undagi barcha borliqni bildiradi. 1:2 Yer shaklsiz va bo‘m–bo‘sh bo‘lib…Xudoning Ruhi suvlar uzra yurardi — Xudo shu bobning 3–oyatida gapirishni boshlaganda, dunyoning ahvoli qandayligi mana shu oyatda tasvirlangan. Mazkur bobning 3-31–oyatlarida Xudo borliqni tartibga solganligi va dunyoga hayot berganligi haqida so‘z yuritiladi. 1:5 Kech kirib, tong otdi — qorong‘ilik (tun) va yorug‘lik (kunduz) vaqtiga ishora qiluvchi she’riy jumla. Qadimda Isroil xalqining urf–odatiga ko‘ra, yangi kun quyosh botgandan keyin boshlanib, keyingi kuni quyosh botguncha davom etar edi. Bu jumla yana shu bobning 8, 13, 19, 23 va 31–oyatlarida ishlatilgan. 1:7 …gumbazni yaratib, gumbazning ostidagi suvlardan gumbaz ustidagi suvlarni ajratdi — qadimda Isroil xalqining tasavvuriga ko‘ra, osmon ulkan shisha gumbazga o‘xshar edi, bu gumbaz osmondagi suvlarni ushlab turardi. Gumbaz ostidagi suvlar bu oyatda yer sathini qoplab turgan buyuk dengiz suvlarini bildiradi (shu bobning 2–oyatiga qarang). 1:14 nishonlanadigan bayramlar — ibroniycha matnda belgilangan vaqtlar. Dehqonchilik mavsumlariga oid bayramlarga ishora. Bu ibroniycha iborani belgilangan fasllar deb tarjima qilsa ham bo‘ladi. 1:24 sudralib yuruvchi jonivorlar — shu ibora bilan tarjima qilingan ibroniycha so‘z yerda sudralib yuradigan va yer ostiga uya qurib yashaydigan mayda jonivorlarni, sudralib yuruvchilarni va hasharotlarni bildiradi. 1:26 Endi inson zotini yarataylik, ular O‘z suratimizday, O‘zimizga o‘xshagan bo‘lsin — Xudo odamni O‘z suratiday, O‘ziga o‘xshash qilib yaratgan. U yaratgan boshqa narsalarga qaraganda, odam yaqqol ajralib turadi. Inson zotining yaratilishi yaratilish hikoyasining cho‘qqisi hisoblanadi. Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling