Ibtido (tavrotning birinchi kitobi) Kirish
Download 0.96 Mb. Pdf ko'rish
|
Gen Part
1:26 …yer yuzidagi chorva hamda jamiki yovvoyi hayvonlar… — qadimiy suryoniycha
tarjimadan. Ibroniycha matnda …chorva, butun yer yuzi…. 2:4 Osmon bilan yer — 1:1 izohiga qarang. 2:6 …suv chiqib… — yoki …bug‘ ko‘tarilib…. 2:7 odam — ibroniycha matndagi odam (adam) va tuproq (adama) so‘zlari ohangdoshdir. 2:12 marvarid — yoki xushbo‘y yelim. 2:13 Kush — ibroniycha matnda Kush so‘zi odatda Misrdan janubda joylashgan yerlarni bildiradi. Bu yerlar hozirgi Sudan va Efiopiya mamlakatlarining bir qismini o‘z ichiga olgan edi. Biroq bu oyatda hozirgi Eronning g‘arbidagi yerlar nazarda tutilgan bo‘lishi mumkin. 2:23 …Xotin…erkakdan… — ibroniycha matndagi xotin (isha) va erkak (ish) so‘zlari Ibtido 76 ohangdoshdir. 3:5 Xudo — yoki xudolar yoxud ilohiy mavjudotlar. 3:18 qushqo‘nmas — mayda tikanli yovvoyi o‘t. 3:20 Odam Ato — ibroniycha matnda odam. Ibroniycha matnda odam va Odam Ato uchun bir so‘z ishlatilgan. Bu oyatdan boshlab matnda bu so‘z Odam Atoga nisbatan ishlatilganda ism sifatida tarjima qilingan. 3:20 Momo Havo — bu ism ibroniychadagi tiriklar so‘ziga ohangdosh. Mazkur oyatda shu ibroniycha tiriklar so‘zi insonlar deb tarjima qilingan. 3:24 karublar — qanotli samoviy mavjudotlar. To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi KARUB, KARUBLAR so‘ziga qarang. 4:1 Qobil — bu ism ibroniychadagi ega bo‘lmoq so‘ziga ohangdosh. 4:7 …seni qabul qilmasmidim?! — yoki …nazringni qabul qilmasmidim?! yoxud …xursand bo‘lmasmiding?! 4:8 Qobil ukasi Hobilga: “Yur, dalaga boramiz”, deb taklif qildi — qadimiy yunoncha, suryoniycha va lotincha tarjimalardan. Ibroniycha matnda Qobil ukasi Hobil bilan gaplashdi. Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling