Ibtido (tavrotning birinchi kitobi) Kirish
:16 Nod — ibroniychadagi ma’nosi darbadarlik. 4:25
Download 0.96 Mb. Pdf ko'rish
|
Gen Part
4:16 Nod — ibroniychadagi ma’nosi darbadarlik.
4:25 Shis — bu ism ibroniychadagi berilgan so‘ziga ohangdosh. 5:3 …o‘g‘il ko‘rgan edi — ibroniycha matnda bu jumla uning naslida o‘g‘il tug‘ilgan edi degan ma’noni ham anglatishi mumkin. Odatda Muqaddas Kitobda berilgan nasabnomalarda hamma nasllarning to‘liq ro‘yxati berilmay, faqat ma’lum bir avlodning ma’lum bir ajdoddan kelib chiqqani ko‘rsatiladi. 5:6 …o‘g‘li…ko‘rgan edi — bu oyatda hamda shu bobning 7-26–oyatlarida ishlatilgan bu ibroniycha jumla uning naslida…tug‘ilgan edi degan ma’noni ham anglatishi mumkin (shu bobning 3–oyati izohiga qarang). 5:18 Xano‘x — sharq yozma adabiyotida Idris payg‘ambar deb e’tirof etilgan. 5:29 Nuh — bu ism ibroniychadagi yengil tortmoq so‘ziga ohangdosh. 6:2 Ilohiy zotlar — ibroniycha matndan so‘zma–so‘z tarjimasi Xudoning o‘g‘illari yoki Xudolarning o‘g‘illari (shu bobning 4–oyatida ham bor). Bu ibroniycha ibora Eski Ahdning boshqa joylarida ham ilohiy zotlarga nisbatan ishlatilgani uchun (Ayub 1:6, 2:1, 38:7 ga qarang), olimlarning aksariyati bu ibora mazkur oyatda ham ilohiy zotlarni bildiradi, deb ta’kidlashadi (yana 1 Butrus 3:19-20, 2 Butrus 2:4, Yahudo 6-7–oyatlarga qarang). Biroq ba’zi olimlar Eski Ahdning boshqa oyatlariga asoslangan holda (misol uchun, Qonunlar 14:1, 2 Shohlar 7:14 ga qarang), bu yerda inson zoti haqida so‘z yuritilgan deb aytishadi, chunki bunga o‘xshash iboralar o‘sha oyatlarda odamga nisbatan ishlatilgan. Bu olimlardan ba’zilarining sharhlashicha, mazkur ibora o‘ziga katta haramlar yaratgan, qudratli hukmdorlar bo‘lgan Lamexga o‘xshash (4:19 ga qarang) mag‘rur kishilarga ishora qiladi. Boshqa olimlarning ta’kidlashi bo‘yicha, bu oyatda Shisning avlodlari nazarda tutilgan. Shis Nuh payg‘ambarning, shuningdek, Xudo tanlagan Isroil xalqining bobokaloni edi. Bu nuqtayi nazarga binoan Shisning avlodlari Qobilning avlodiga mansub bo‘lgan ayollarga (“matnda chiroyli qizlar”, deb aytilgan) Ibtido 77 uylangan va shu tufayli fosiq yo‘lga kirganlar (bu oyatga tegishli keyingi izohni o‘qing). 6:2 bu qizlar — ibroniycha matndan so‘zma–so‘z tarjimasi inson zotining qizlari (shu bobning 4–oyatida ham bor). Ko‘p olimlarning sharhlashicha, bu ibroniycha ibora umuman ayollarga nisbatan ishlatilgan. Biroq olimlarning ba’zilari bu yerda aynan Qobilning avlodiga mansub bo‘lgan ayollar nazarda tutilgan, deb ta’kidlashadi (bu oyatga berilgan yuqoridagi izohni o‘qing). Xudo Qobilni la’natlagan edi (4:10-12 ga qarang). Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling