Ibtido (tavrotning birinchi kitobi) Kirish


Yoqub vafot etib, dafn qilinadi


Download 0.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/97
Sana31.01.2024
Hajmi0.96 Mb.
#1830778
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   97
Bog'liq
Gen Part

Yoqub vafot etib, dafn qilinadi 
29 
Shundan so‘ng Yoqub o‘g‘illariga vasiyat qildi: 
— Mening kunim bitib boryapti. Meni Xet xalqidan Efro‘nning dalasidagi g‘orga — 
ota–bobolarim yoniga dafn qilinglar. 
30 
O‘sha g‘or Kan’on yurtida, Mamre sharqida 
joylashgan Maxpaladagi dalada. Bobom Ibrohim bu dalani Efro‘ndan qabriston uchun 
sotib olgan. 
31 
U yerga bobom Ibrohim bilan buvim Sora dafn qilingan*. Otam Is’hoq 
bilan onam Rivqo ham u yerga dafn qilingan. U yerga men Leaxni dafn qilganman. 
32 
Bobom Ibrohim Xet xalqidan sotib olgan g‘or o‘shadir. 
33 
Yoqub o‘g‘illariga vasiyat qilib bo‘lgach, yana to‘shagiga yotdi–yu, joni uzilib, ota–
bobolari yoniga ketdi. 


Ibtido
73 
50–BOB 

Yusuf o‘zini otasining ustiga tashlab, yig‘laganicha, uni o‘pdi. 

Yusuf qo‘l ostidagi 
tabiblarga: “Otamning jasadini mumiyolanglar!” deb amr berdi. Tabiblar Yoqubning* 
jasadini mumiyolashdi. 

Ular bu ish uchun qirq kun vaqt sarf qildilar. Chunki 
mumiyolash uchun shuncha vaqt talab qilinar edi. Misrliklar Yoqub uchun yetmish kun 
aza tutishdi. 

Aza muddati tugagach, Yusuf fir’avnning a’yonlari huzuriga kelib, dedi: 
— Agar men sizlarning iltifotingizga sazovor bo‘lsam, fir’avn janobi oliylariga shu 
gaplarni yetkazsangizlar: 

“Otam menga qasam ichirib, olamdan o‘tganimdan keyin, 
jasadimni Kan’on yurtiga olib borib, o‘zim uchun men qazigan qabrga dafn qil, deb 
aytgan. Endi otamni dafn qilgani borishimga ijozat bersalar. Otamni dafn qilganimdan 
keyin qaytib kelaman.” 

— Mayli, boraver, — deb ijozat berdi fir’avn, — qasamni ado qilib, otangni dafn 
qilib kel. 

Shunday qilib, Yusuf otasini dafn qilgani jo‘nadi. Fir’avnning hamma a’yonlari — 
saroyidagi amaldorlar, Misr yurtidagi barcha amaldorlar Yusuf bilan birga ketishdi. 

Shuningdek, Yusufning barcha oila a’zolari, aka–ukalari, otasining qolgan xonadoni ahli 
ham Yusuf bilan birga ketishdi. Faqat ularning bolalari, qo‘y–echkilari, podalari Go‘shen 
yerlarida* qoldirildi. 

G‘oyat katta jamoa Yusufga hamroh bo‘ldi. U bilan bir talay 
aravakashlar va jang aravalari ham ketdi. 
10 
Ular Iordan daryosi sharqidagi Otad degan 
xirmonga yetib keldilar. U yerda uzoq vaqt og‘ir ta’ziya marosimi o‘tkazdilar. Shunday 
qilib, Yusuf otasi uchun yetti kun aza marosimi o‘tkazdi. 
11 
Kan’on xalqlari bu yerdagi 
aza marosimini ko‘rib: “Misrliklar qanday og‘ir aza marosimi o‘tkazyaptilar–a!” deb 
aytdilar. Shuning uchun bu joyga Ovil–Misrayim* deb nom qo‘ydilar. 
12 
Shunday qilib, 
Yoqub o‘g‘illariga qanday vasiyat qilgan bo‘lsa, o‘g‘illari otalarining vasiyatini to‘la–
to‘kis bajardilar. 
13 
Ular otalarining jasadini Kan’on yurtiga olib kelib, Maxpaladagi 
dalada joylashgan g‘orga dafn qildilar*. Ibrohim o‘z oilasiga qabriston uchun Xet 
xalqidan bo‘lgan Efro‘ndan sotib olgan Mamre sharqidagi g‘or shudir. 
14 
Yusuf otasini 
dafn qilgandan keyin, aka–ukalarini, otasini dafn qilgani birga kelgan hamrohlarini 
ergashtirib Misrga qaytdi. 

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling