Ibtido (tavrotning birinchi kitobi) Kirish


Download 0.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/97
Sana31.01.2024
Hajmi0.96 Mb.
#1830778
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   97
Bog'liq
Gen Part

Qahatchilik 
13 
Qahatchilik tobora kuchayib boraverdi. Qahatchilik Misr va Kan’on yurtini xarob 
qildi. 
14 
Yusuf donni kumushga* almashtirib, Misrdagi va Kan’ondagi bor kumushlarni 
yig‘ib oldi. U kumushlarni fir’avnning xazinasiga olib kelib to‘playverdi. 
15 
Misr va 
Kan’on xalqlari kumushlarini sarf qilib bo‘ldi. Hamma Misrliklar Yusufning huzuriga 
kelishardi. “Kumushlarimiz tugadi, lekin bizga don bersinlar! Janoblarining ko‘z 
o‘ngilarida o‘lib ketmaylik!” deb yalinishardi. 
16 
Yusuf esa ularga: “Agar kumushlaringiz 
tugagan bo‘lsa, mol–holingizni olib kelinglar, evaziga don beraman”, deb javob qilardi. 
17 
Shunday qilib, ular chorvasini Yusufga olib kelishardi. Yusuf ularning otlarini, qo‘y–
echkilarini, podalarini, eshaklarini olib, evaziga don berardi. O‘sha yili Yusuf ularning 
chorvasini olib, evaziga yegulik berdi. 
18 
Kelgusi yili ular yana Yusufning huzuriga kelib
hasrat qilishdi: “Biz janobi oliylaridan yashirib nima ham qilardik: kumushlarimiz 
tugagan, mol–qo‘ylarimiz o‘zlariniki bo‘ldi. Janobi oliylariga tanamizu yerimizdan 
tashqari beradigan narsamiz qolmadi. 
19 
Janoblarining ko‘zi oldida o‘zimiz ham, yerimiz 
ham nobud bo‘lib ketmasin. O‘zimizni ham, yerlarimizni ham sotib olib, evaziga don 
bersinlar. Biz yerlarimizni fir’avnga berib, o‘zimiz unga qul bo‘lishga tayyormiz. Hoziroq 
bizga don–dun bersalar, toki o‘lmay tirik qolaylik, yerlarimiz tashlandiq bo‘lib 
qolmasin.” 
20 
Shunday qilib, Yusuf Misrdagi jamiki yerlarni fir’avn uchun sotib oldi. Qahatchilik 
nihoyatda kuchayganidan, hamma Misrliklar dalalarini Yusufga sotdilar. Ularning 
hamma yerlari fir’avnniki bo‘lib qoldi. 
21 
Shu tariqa Misrning bu chetidan u chetigacha 
bo‘lgan butun xalq fir’avnga qul bo‘lib qoldi*. 
22 
Yusuf faqat ruhoniylarning yerlarinigina 
sotib olmadi. Chunki ularga fir’avn tomonidan oziq–ovqat tayinlangan bo‘lib, yerlarini 
sotishlariga zarurat yo‘q edi. 
23 
Shundan so‘ng Yusuf xalqqa aytdi: 
— O‘zlaringiz ham, yerlaringiz ham endi fir’avnniki. Mana sizlarga urug‘, dalaga 
ekinglar. 
24 
Hosilni yig‘ib olganlaringizda, beshdan birini fir’avnga berasizlar, beshdan 
to‘rt qismi o‘zlaringizniki bo‘ladi, kelgusi yil hosili uchun urug‘lik qilasizlar, bola–
chaqalaringiz bilan yeb, tirikchilik qilasizlar. 
25 
— Siz bizga iltifot ko‘rsatdingiz, siz bizning hayotimizni saqlab qoldingiz, janobi 
oliylari! — deb aytdi xalq. — Shuning uchun biz fir’avnga qul bo‘lamiz. 
26 
Fir’avn hosilning beshdan birini oladigan bo‘ldi. Yusuf buni butun Misr yurti 
bo‘ylab qonun qilib qo‘ydi. Bu qonun bugungacha* bor. Faqat ruhoniylarning yerlarigina 
fir’avnning mulki bo‘lmadi, xolos. 


Ibtido
69 

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling