Ibtido (tavrotning birinchi kitobi) Kirish
Yahudo Benyamin uchun yolvoradi
Download 0.96 Mb. Pdf ko'rish
|
Gen Part
Yahudo Benyamin uchun yolvoradi
18 Shunda Yahudo Yusufga yaqinroq kelib dedi: — Janobi oliylari! O‘zingiz fir’avn kabisiz. Siz, janoblariga men bir og‘iz so‘z aytsam, g‘azablanmang. 19 Siz bizdan: “Otangiz yoki ukangiz bormi?” deb so‘ragan edingiz. 20 Biz shunday deb javob berdik: “Ha, qari otamiz va kenja ukamiz ham bor, otamiz uni keksayganda ko‘rgan. Uning akasi esa o‘lgan, onasidan bir o‘zi yolg‘iz qolgan. Otamiz uni juda yaxshi ko‘radi.” 21 Keyin siz biz, qullaringizga: “O‘sha ukangizni mening oldimga olib kelinglar, uni o‘zim ko‘rayin–chi”, dedingiz. 22 Biz esa sizga: “Bola otasini tashlab kela olmaydi, agar tashlab kelsa, otasi o‘lib qolishi mumkin”, deb aytdik. 23 Keyin siz bizga: “Ukangizni olib kelmagunlaringizcha, ko‘zimga ko‘rinmanglar”, dedingiz. 24 Qulingiz — otamizning huzuriga qaytib borganimizda, sizning gaplaringizni unga aytdik. 25 Vaqti kelib, otamiz bizga: “Yana borib, o‘zimizga bir oz don sotib olib kelinglar”, dedi. 26 Lekin biz otamizga aytdikki: “O‘zimiz bora olmaymiz, agar kenja ukamiz biz bilan birga ketsagina, bora olamiz, ukamiz bormaguncha, biz o‘sha odamning ko‘ziga ko‘rina olmaymiz.” 27 Shunda otamiz bizga dedi: “Bilasizlarki, xotinim Rohiladan ikki o‘g‘il qolgan edi. 28 Biridan ayrildim, uni shubhasiz, yirtqich hayvon tilka–pora qilib tashlagan. Uni o‘shandan keyin ko‘rmadim. 29 Agar bunisini ham mendan olib ketsangiz, u biror falokatga yo‘liqib qolsa, qariganimda meni qayg‘udan o‘liklar diyoriga* kiritasizlar.” 30 Endi, janobi oliylari, men otamning oldiga bu bolani tashlab bora olmayman. Otamizning umri bu bolaning hayotiga bog‘liq. 31 Bola biz bilan yo‘qligini otamiz ko‘rgandan keyin, u o‘lib qoladi. Biz esa keksa otamizni qayg‘udan o‘liklar diyoriga tiqamiz. 32 Men, qulingiz, mana shu bola uchun otamga kafil bo‘lganman. Otamga: “Agar uni qo‘lingizga qaytarib olib kelib topshirmasam, umr bo‘yi sizning oldingizda aybdor bo‘lib qolay”, deb aytganman. 33 Iltimos qilaman, janobi oliylari, shu bolaning o‘rniga men sizga qul bo‘lib qolay, rad etmang. Bola akalari bilan birga qaytib ketaversin. 34 Agar bola men bilan birga ketmasa, otamning oldiga qaysi yuz bilan qaytib boraman?! Otamning boshiga tushadigan kulfatlarga qarab turishga bardosh berolmayman. Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling