Ibtido (tavrotning birinchi kitobi) Kirish


–BOB  Yusufning akalari don sotib olgani Misrga kelishadi


Download 0.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/97
Sana31.01.2024
Hajmi0.96 Mb.
#1830778
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   97
Bog'liq
Gen Part

42–BOB 
Yusufning akalari don sotib olgani Misrga kelishadi 

Yoqub: “Misrda don bor ekan”, deb eshitgach, o‘g‘illariga dedi: 
— Bir–birlaringizga termulib o‘tiraverasizlarmi? 

Misrda don bor ekan, deb 
eshitdim. Boringlar, o‘zimizga don sotib olib kelinglar, tag‘in ochlikdan o‘lib ketmaylik. 

Shunday qilib, Yusufning o‘nta akasi ham don sotib olgani Misrga ketishdi. 

Lekin 
Yoqub Yusufning ukasi Benyaminni o‘g‘illari bilan birga yubormadi. “Benyamin ham 
biror falokatga yo‘liqmasin”, deb qo‘rqardi. 

Shunday qilib, Yoqubning* o‘g‘illari don 
sotib olgani kelgan boshqa odamlar bilan birga Misrga kelishdi. Chunki Kan’on yurtida 
ham ocharchilik boshlangan edi. 

Yusuf bu paytda butun Misr ustidan hokim bo‘lgani uchun yurt xalqiga don sotar 
edi. Yusufning akalari kelib, boshlari yerga tekkuday bo‘lib, unga ta’zim qilishdi. 

Yusuf 
akalarini ko‘riboq, darrov tanidi. Lekin Yusuf ularga xuddi notanishlarday muomala 
qildi: 
— Qayerdan keldingiz? — deb dag‘allik bilan so‘radi Yusuf ulardan. 
— Kan’on yurtidan, don sotib olgani keldik, — deb javob berishdi ular. 

Yusuf akalarini tanigan bo‘lsa ham, akalari Yusufni tanimadilar. 

Yusuf akalari 
to‘g‘risida ancha yillar oldin ko‘rgan tushlarini esladi. Yusuf ularga: 
— Sizlar josussizlar! — dedi. — Sizlar bu yurtning zaif tomonlarini bilish uchun 
kelgansizlar. 


Ibtido
60 
10 
— Yo‘q, hazrati oliylari! Bu qullaringiz faqat don sotib olgani kelishgan! — deb 
javob berdilar akalari. 
11 
— Biz hammamiz bir odamning farzandlarimiz, to‘g‘ri 
odamlarmiz. Bu qullaringiz hech qachon josuslik qilishmagan! 
12 
— Yo‘q! Sizlar bu yurtning zaif tomonlarini bilish uchun kelgansizlar! — dedi 
Yusuf. 
13 
— Biz, qullaringiz, o‘n ikki aka–ukamiz, otamiz Kan’on yurtida, — deyishdi ular. — 
Eng kichik ukamiz u yerda otamiz bilan qoldi. Bitta ukamiz esa nobud bo‘lgan. 
14 
— Sizlar josussizlar dedimmi, josussizlar! — deya gapida turib oldi Yusuf. 
15 
— 
Endi aytganlaringizni tekshirib ko‘raman. Fir’avnning nomini o‘rtaga qo‘yib qasam 
ichamanki, agar eng kichik ukangiz bu yerga kelmasa, sizlar Misrdan ketmaysizlar. 
16 
Sizlardan bittangiz borib, ukangizni olib kelasiz, qolganlaringiz zindonda yotib 
turasizlar. Aytganlaringiz to‘g‘rimi, yo‘qmi, tekshiriladi. Agar to‘g‘ri bo‘lmasa, fir’avnning 
nomini o‘rtaga qo‘yib qasam ichamanki, sizlar, shubhasiz, josus bo‘lib chiqasizlar. 
17 
Yusuf ularning hammasini uch kun zindonga qamab qo‘ydi. 
18 
Uchinchi kuni Yusuf ularga dedi: 
— Men Xudodan qo‘rqadigan odamman. Agar mening aytganlarimni qilsangiz, tirik 
qolasizlar. 
19 
Agar to‘g‘ri odamlar bo‘lsangizlar, bittangiz zindonda qolasiz, 
qolganlaringiz esa och qolgan oilalaringiz uchun don olib, uylaringizga ketishlaringiz 
mumkin. 
20 
Kichik ukangizni mening oldimga olib kelasizlar. Shu yo‘l bilan sizlarning 
so‘zlaringizni tekshirib ko‘raman. Gaplaringiz to‘g‘ri bo‘lsa, sizlarga shafqat qilaman. 
Hammalari bu gapga rozi bo‘lishdi. 
21 
Ular bir–birlariga gapira boshladilar: “Mana, 
ukamizga nima qilgan bo‘lsak, endi jazosini tortyapmiz. U qanchalar azoblanganini 
ko‘zimiz bilan ko‘rib, yolvorishlarini eshitganimizda ham, quloq solmagan edik. Shu 
sababdan bu azoblar o‘zimizning boshimizga ham keldi.” 
22 
Shunda Ruben ularga dedi: 
— Bolaga zarar yetkazmanglar, deb aytmaganmidim?! Lekin sizlar gapimga quloq 
solmadingiz. Mana endi uning qoni bizni tutadi. 
23 
Yusuf shu yerda turgan edi. Akalari: “Gapimizni mana bu odam tushunadi” deb 
xayollariga ham keltirmasdilar. Chunki Yusuf akalari bilan tilmoch orqali gaplashardi. 
24 
Yusuf akalarining oldidan ketib, yig‘ladi. Bir oz o‘zini bosib olgach, qaytib kelib, ular 
bilan gaplashdi. So‘ng ularning orasidan Shimo‘nni ajratib oldi va ularning ko‘zi oldida 
bog‘latdi. 

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling