Ibtido (tavrotning birinchi kitobi) Kirish


–BOB  Yusuf fir’avnning tushini ta’bir qiladi


Download 0.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/97
Sana31.01.2024
Hajmi0.96 Mb.
#1830778
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   97
Bog'liq
Gen Part

41–BOB 
Yusuf fir’avnning tushini ta’bir qiladi 

Oradan ikki yil o‘tdi. Bir kuni Misr fir’avni tush ko‘rdi. Tushida u Nil daryosi bo‘yida 
turgan emish. 

Bir payt daryodan yettita boqilgan, semiz sigir chiqib, qirg‘oqdagi 
o‘tlarni yeya boshlabdi. 

So‘ngra daryodan yana yettita sigir chiqibdi. Bu sigirlar juda 
ham xunuk, oriq ekan. Bular semiz sigirlarning yoniga kelib turibdi. 

Bir vaqt oriq 
sigirlar semiz sigirlarni yeb qo‘yibdi! Shundan keyin fir’avn uyg‘onib ketdi. 

So‘ngra u 
yana uxlab qoldi va boshqa tush ko‘rdi. Tushida bitta bug‘doy poyasida yettita to‘liq, 
pishgan boshoq o‘sgan emish. 

Keyin o‘sha poyada yana yettita boshoq o‘sib chiqibdi. 
Bu boshoqlar sahro shamolida qovjirab, puchayib ketgan ekan. 

Birdan puchaygan 
boshoqlar yettita pishgan, to‘liq boshoqni yutib yuboribdi! 
Fir’avn yana uyg‘onib ketdi. Bu tushi ekan. 

Fir’avn saharda ko‘rgan tushini o‘ylab, ko‘ngli juda g‘ash bo‘ldi. “Tushim nimadan 
darak berar ekan”, deb juda xavotirlandi. Shu boisdan Misrdagi jamiki sehrgarlarni va 
donishmandlarni chaqirtirdi. Fir’avn ularga ko‘rgan tushini aytib berdi. Lekin ularning 
birontasi fir’avnning tushini ta’bir qilib bera olmadi. 

Shu orada fir’avnning soqiysi* so‘z oldi: 
— Bugun ayblarimni e’tirof etishimga to‘g‘ri keladi. 
10 
Janobi oliylari! Siz birmuncha 
vaqt oldin novvoy bilan mendan g‘azablanib, bizni qo‘riqchilar boshlig‘ining uyidagi 
zindonga tashlagan edingiz. 
11 
Novvoy bilan men bir kuni kechasi tush ko‘ribmiz. 
Tushlarimizning o‘ziga xos ma’nosi bor edi. 
12 
Biz bilan zindonda bir ibroniy yigit ham 
yotgan edi. U qo‘riqchilar boshlig‘ining xizmatkori edi. Biz o‘sha ibroniy yigitga 
tushimizni aytganimizda, har birimizning tushimizni ta’bir qilib berdi. 
13 
Hammasi o‘sha 
ibroniy yigit aytganday bo‘ldi. Men oldingi mansabimga qaytdim, novvoyni esa tik 
o‘rnatilgan xodaga qoqishdi. 
14 
Fir’avn Yusufga odam yubordi. Yusuf zudlik bilan zindondan chiqarildi. U soqolini 
olib, kiyimlarini o‘zgartirdi–da, fir’avnning huzuriga keldi. 
15 
— O‘tgan kechasi men tush ko‘rdim, — deb gap boshladi fir’avn Yusufga. — Lekin 
hech kim tushimni ta’bir qilib bera olmadi. Eshitishimcha, sen tushlarni ta’birlay olar 
ekansan. Shu sababdan seni chaqirtirgan edim. 
16 
— Janobi oliylari, men o‘zim tushingizni ta’birlay olmayman, — deb javob berdi 
Yusuf. — To‘g‘ri javobni sizga Xudo beradi. 
17 
Shundan keyin fir’avn Yusufga tushini aytdi: 


Ibtido
58 
— Tushimda Nil daryosi bo‘yida turgan emishman. 
18 
Bir payt daryodan yettita 
boqilgan, semiz sigir chiqib, qirg‘oqdagi o‘tlarni yeya boshlabdi. 
19 
So‘ngra daryodan 
yana yettita sigir chiqibdi. Bu sigirlar juda ham xunuk, oriq ekan. Bunaqangi xunuk 
sigirni butun Misr yurtida ko‘rmagan edim. 
20 
Bir vaqt oriq, xunuk sigirlar daryodan 
oldin chiqqan semiz sigirlarni yeb qo‘yibdi. 
21 
Xunuk sigirlar semiz sigirlarni yegandan 
keyin ham, ular hech narsa yemaganday xunukligicha qolaverdilar. Shundan keyin 
uyg‘onib ketibman. 
22 
So‘ngra yana uxlab qolib, boshqa tush ko‘ribman. Tushimda bitta 
bug‘doy poyasida yettita to‘liq, pishgan boshoq o‘sgan emish. 
23 
Keyin o‘sha poyada yana 
yettita boshoq o‘sib chiqibdi. Bu boshoqlar sahro shamolida so‘lib, qovjirab, puchayib 
ketgan ekan. 
24 
Birdan puchaygan boshoqlar yettita pishgan, to‘liq boshoqni yutib 
yuboribdi! Men tushimni sehrgarlarimga aytgan edim, lekin birontasi ham ma’nosini 
aytib bera olmadi. 
25 
— Fir’avn janobi oliylarining ikkala tushining ma’nosi ham birdir, — dedi Yusuf 
fir’avnga. — Xudo nima qilmoqchi ekanini fir’avnimizga ayon etibdi. 
26 
Yettita semiz 
sigir va yettita to‘liq boshoq yetti yil deganidir, bularning ma’nosi birdir. Shu yillari 
farovonlik bo‘ladi. 
27 
Yettita ozg‘in, xunuk sigir bilan yettita puchaygan boshoq ham yetti 
yil deganidir. Shu yillari qahatchilik bo‘ladi. 
28 
Fir’avn janoblari! Aytganimday, Xudo 
nima qilmoqchi ekanini sizga ko‘rsatibdi. 
29 
Butun Misr yurtida yetti yil davomida hosil 
nihoyatda mo‘l bo‘ladi. 
30 
Lekin shundan keyin yetti yil davomida shunday dahshatli 
qahatchilik bo‘ladiki, Misrda oldingi farovonlik yillari unutilib ketadi. Qahatchilik yurtni 
xarob qiladi. 
31 
Qahatchilik nihoyatda og‘ir bo‘lganidan, odamlar xotirasidan farovonlik 
davri tamomila o‘chib ketadi. 
32 
Fir’avn janoblari ikki marta tush ko‘rganlarining 
ma’nosi shuki, bu ish muqarrar yuz berishini Xudo ta’kidlayapti, Xudo buni yaqin orada 
amalga oshiradi. 
33 
Shuning uchun, fir’avn janoblari, siz aql–idrokli, dono bir odamni 
tanlab olib, Misr yurti ustidan tayinlang. 
34 
Yana yurt ustidan nazoratchilar tayin qiling. 
O‘sha nazoratchilar hosildor yetti yil davomida Misr yurtidagi butun hosilning beshdan 
bir qismini olsinlar. 
35 
Ularga farmon bering: farovonlik yillari davomida ular don 
g‘amlashsin, sizning nazoratingiz ostida shaharlarda don yig‘ib, qo‘riqlashsin. 
36 
Shu yo‘l 
bilan yetti yil qahatchilik davrida oziq–ovqat bo‘lishi uchun don g‘amlanib turadi. Aks 
holda, qahatchilik, shubhasiz, yurtni xarob qiladi, butun xalq halok bo‘ladi. 

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling