Ibtido (tavrotning birinchi kitobi) Kirish


–BOB  Yusuf bilan Po‘tifarning xotini


Download 0.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/97
Sana31.01.2024
Hajmi0.96 Mb.
#1830778
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   97
Bog'liq
Gen Part

39–BOB 
Yusuf bilan Po‘tifarning xotini 

Ismoiliy savdogarlari Yusufni Misrga olib kelishgach, uni Misrlik Po‘tifar degan bir 
odamga sotishdi. Po‘tifar fir’avnning a’yonlaridan biri bo‘lib, qo‘riqchilar boshlig‘i edi. 

Egamiz Yusuf bilan birga bo‘lib, unga ko‘p muvaffaqiyat keltirardi. Yusuf Misrlik 
xo‘jayinining xonadonida xizmat qilib yuraverdi. 

Po‘tifar ko‘rdiki, Egamiz Yusuf bilan 
birga bo‘lib, har bir qilgan ishida unga muvaffaqiyat keltiryapti. 

Shunday qilib, Yusuf 
xo‘jayinining iltifotiga sazovor bo‘ldi, xo‘jayinining mulozimi bo‘lib qoldi. Po‘tifar 
Yusufni o‘z xonadoni ustidan nazoratchi qilib, butun mol–mulkini unga ishonib 
topshirdi. 

Po‘tifar Yusufni nazoratchi qilib tayinlagan kundan boshlab, Egamiz Yusuf 
tufayli Po‘tifarning xonadoni ahliga, uning uyidagi va dalasidagi butun mol–mulkiga 
baraka beradigan bo‘ldi. 

Buni ko‘rgan Po‘tifar butun mol–mulkini Yusufning ixtiyoriga 
topshirdi. Po‘tifarning yeydigan ovqatidan boshqa hech narsa bilan ishi bo‘lmasdi. 
Yusuf juda chiroyli, kelishgan yigit edi. 

Oradan ma’lum vaqt o‘tgach, xo‘jayinining 
xotini Yusufga ko‘zlarini suzib: “Men bilan birga bo‘l”, deb taklif qildi. 

Lekin Yusuf rad 
qildi va xo‘jayinining xotiniga dedi: 
— O‘zingiz o‘ylab ko‘ring, men bu yerda bo‘lganim uchun, xo‘jayinim xonadonidagi 
hech bir narsa to‘g‘risida qayg‘urmaydi, hamma narsasini mening qo‘limga topshirib 
qo‘ydi. 

Bu xonadonda hech kim mendan katta emas. Sizdan boshqa biror narsani 
mendan ayamadi. Chunki siz uning xotinisiz. Qanday qilib men shu qadar qabihlik qilib, 
Xudoga qarshi gunoh qilaman?! 
10 
Po‘tifarning xotini har kuni Yusufga taklif qilsa ham, lekin Yusuf rad qilib, u bilan 
bo‘lmadi. 
11 
Bir kuni Yusuf o‘z ishlarini bajarish uchun uyga kirdi. Uyda xizmatkorlardan 
birontasi ham yo‘q edi. 
12 
Ayol Yusufning kiyimidan ushlab: “Men bilan bo‘l!” dedi. Lekin 
Yusuf tashqariga qochib chiqib ketdi. Yusufning kiyimi esa ayolning qo‘lida qoldi. 
13 
Ayol 
ko‘rdiki, Yusuf kiyimini uning qo‘lida qoldirib, tashqariga qochib chiqib ketdi. 
14 
Shunda 
ayol uydagi xizmatkorlarni chaqirdi. Ayol ho‘ngrab dedi: 
— Qaranglar! Erim manavi ibroniyni bizni tahqirlash uchun olib kelgan ekan! U men 
bilan yotgani kirgan ekan, ovozim boricha baqirdim. 
15 
Dodlaganimdan keyin, kiyimini 


Ibtido
56 
yonimda qoldirib, tashqariga qochib chiqib ketdi. 
16 
Xo‘jayin uyga kelguncha, ayol Yusufning kiyimini o‘zida saqlab turdi. 
17 
Ayol eriga 
ham o‘sha voqeani aytib berdi: “Siz uyimizga olib kelgan anavi ibroniy qulvachcha 
xonamga kirib, meni tahqirlamoqchi bo‘ldi. 
18 
Men dod solgan edim, u kiyimini yonimda 
qoldirib, tashqariga qochib chiqib ketdi.” 
19 
Po‘tifar buni eshitgach, g‘azablandi. 
20 
U Yusufni ushlab, shohning mahbuslari 
saqlanadigan zindonga tashladi. Shunday qilib, Yusuf zindonda qolaverdi. 
21 
Lekin 
Egamiz Yusuf bilan birga bo‘lib, unga marhamat ko‘rsatardi. Natijada zindonboshi 
Yusufga iltifot qilardi. 
22 
Zindonboshi zindondagi hamma mahbuslarga qarab turishni 
Yusufga yuklab qo‘ydi, zindonda bo‘ladigan hamma ishlarga Yusuf mas’ul edi. 
23 
Egamiz 
Yusuf bilan birga bo‘lib, uning hamma ishlarida muvaffaqiyat keltirardi. Shuning uchun 
Yusuf mas’ul bo‘lgan ishlarga zindonboshi aralashmasdi. 

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling