Ibtido (tavrotning birinchi kitobi) Kirish
–BOB Yusuf va uning akalari
Download 0.96 Mb. Pdf ko'rish
|
Gen Part
37–BOB
Yusuf va uning akalari 1 Is’hoq vafot etgandan keyin, Yoqub yana Kan’on yurtida — otasi yashagan yurtda o‘rnashdi. 2 Yoqubning xonadoni tarixi quyidagichadir: Ibtido 52 Yusuf o‘n yetti yoshga kirganda, ko‘pincha o‘gay akalari — Bilxax va Zilponing o‘g‘illari* bilan birga otasining qo‘y–echkilarini boqqani borar edi. Yusuf akalari qilayotgan ba’zi yomon ishlardan otasini xabardor qilib turar edi. 3 Yoqub* Yusufni qarigan chog‘ida ko‘rgani uchun boshqa o‘g‘illariga qaraganda ko‘proq yaxshi ko‘rar edi. Yoqub Yusufga beqasam chopon* olib berdi. 4 Akalari ko‘rdilarki, otalari Yusufni ulardan ortiq yaxshi ko‘rar ekan. Shuning uchun akalari Yusufni yomon ko‘rib qoldilar, unga yaxshi gapirmasdilar. 5 Kunlarning birida Yusuf tush ko‘rdi. U akalariga tushini aytib berganda, akalari Yusufni battar yomon ko‘rib qoldilar. 6 Yusuf akalariga shunday dedi: — Quloq solinglar, ko‘rgan tushimni sizlarga aytib beray. 7 Biz dalada bug‘doy bog‘layotgan ekanmiz. Birdan mening bog‘lamim ko‘tarilib, tik turdi. Sizlarning bog‘lamlaringiz mening bog‘lamimni o‘rab olib, ta’zim qilayotgan emish. 8 — Eh–ha, sen hali bizning ustimizdan shoh bo‘lmoqchimisan, sen–a?! — deb akalari kinoya bilan undan so‘rashdi. Ko‘rgan tushini aytib bergani uchun akalari uni yana ham yomon ko‘rib qolishgan edi. 9 Keyinroq Yusuf yana tush ko‘rdi va tushini akalariga aytib berdi: — Qaranglar, yana tush ko‘ribman. Tushimda quyosh, oy va o‘n bitta yulduz menga ta’zim qilib turgan emish. 10 Lekin Yusuf tushini otasi bilan akalariga aytib berganda, otasi unga tanbeh berdi: — Qanaqa tush ko‘rding o‘zi?! Men, onang, akalaring sening oldingga kelib, tiz cho‘kishimiz kerak ekan–da?! 11 Akalari Yusufga hasad qilishardi. Lekin otasi bu voqeani doimo esida tutdi. Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling