Ibtido (tavrotning birinchi kitobi) Kirish
Download 0.96 Mb. Pdf ko'rish
|
Gen Part
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yoqubning o‘g‘illari
- Is’hoq vafot etadi
- 36–BOB Esovning nasl–nasabi
Rohila vafot etadi
16 Yoqub bilan uning oilasi Baytildan chiqib, Efrat tomon yo‘l oldilar. Ular Efratga hali yetib bormasdan, Rohilaning ko‘zi yoriydigan payti keldi, uni qattiq to‘lg‘oq tutib qoldi. 17 Rohila to‘lg‘oqdan ko‘p azob chekkandan keyin, nihoyat, doyasi: “Qo‘rqma, yana o‘g‘il tug‘ding”, dedi. 18 Rohila jon berayotganda, oxirgi nafasda o‘g‘lining ismini Beno‘n deb qo‘ydi. Otasi esa unga Benyamin* deb ism qo‘ydi. 19 Shunday qilib, Rohila vafot etdi va Efrat yo‘lida dafn qilindi. (Efrat hozir Baytlahm* deb yuritiladi.) 20 Yoqub Rohilaning qabriga yodgorlik toshi o‘rnatdi. Bu tosh shu kungacha* bor. 21 Shundan keyin Yoqub* yana ko‘chib, Eder minorasi ortida chodirini tikdi. Yoqubning o‘g‘illari 22 Yoqub o‘sha yerda yashayotganda, Ruben otasining cho‘risi* Bilxaxning yoniga kirdi*. Yoqub buni eshitib qoldi. Yoqubning o‘n ikkita o‘g‘li bor edi: 23 Leax tuqqan o‘g‘illari — Ruben (Yoqubning to‘ng‘ich o‘g‘li), Shimo‘n, Levi, Yahudo, Issaxor va Zabulun. 24 Rohila tuqqan o‘g‘illari — Yusuf bilan Benyamin. 25 Rohilaning cho‘risi Bilxax tuqqan o‘g‘illari — Dan bilan Naftali. 26 Leaxning cho‘risi Zilpo tuqqan o‘g‘illari — Gad bilan Osher. Yoqubning Paddon–Oramda tug‘ilgan o‘g‘illari ana shular edi. Is’hoq vafot etadi 27 Yoqub Mamrega — Xirat–Arbaga otasining uyiga keldi. (Xirat–Arba hozir Xevron deb yuritiladi.) Ibrohim va Is’hoq Xevronda istiqomat qilgan edilar. 28 Is’hoq 180 yil umr ko‘rdi. 29 U keksayib, yoshini yashab olamdan o‘tdi. O‘g‘illari Esov bilan Yoqub uni dafn Ibtido 50 qilishdi. 36–BOB Esovning nasl–nasabi 1 Esovning nasl–nasabi tarixi quyidagichadir (u Edom ismi bilan taniqli): 2 Esov Kan’onlik qizlarga uylangan edi. Birinchi xotinining ismi Oida bo‘lib, Xet xalqidan Elo‘n deganning qizi edi. Ikkinchisiniki Oxolibom bo‘lib, Xiv xalqidan Anah deganning qizi edi. Bobosining ismi Zibo‘n edi. 3 Uchinchi xotinining ismi Bosimat bo‘lib, Ismoilning qizi edi. Qizning Navayot degan akasi bor edi. 4 Oida Esovga Elifazni, Bosimat Ruvelni, 5 Oxolibom esa Yoush, Yalom va Ko‘raxni tug‘ib berdi. Esovning Kan’on yurtida tug‘ilgan o‘g‘illari ana shulardir. 6 So‘ngra Esov xotinlarini, bolalarini, xonadonidagi hamma odamlarini, podasiyu suruvlarini, Kan’on yurtida topgan jamiki boyliklarini olib, ukasi Yoqubdan uzoqroq yerga ko‘chib ketdi. 7 Ikkovining podalari va suruvlari benihoya ko‘p bo‘lganidan, yer torlik qilib qolgan edi. 8 Shuning uchun Esov, ya’ni Edom, Seir tog‘lariga* borib o‘rnashdi. 9 Seir tog‘laridagi Edom xalqining ota–bobosi Esovning nasl–nasabi mana bulardir: 10 Esovning xotinlari Oida va Bosimat tuqqan o‘g‘illari quyidagilardir: Oida Elifazni tug‘di, Bosimat Ruvelni tug‘di. 11 Elifaz besh o‘g‘il ko‘rdi: Temon, O‘mar, Zafo‘, Gatam va Xanaz. 12 Elifazning cho‘risi* Timna ham unga o‘g‘il tug‘ib, ismini Omolek qo‘ydi. Esovning xotini Oidaning nabiralari ana shular edi. 13 Ruvel to‘rt o‘g‘il ko‘rdi: Naxat, Zerax, Shammox va Mizzo. Bular Esovning xotini Bosimatning nabiralari edi. 14 Esovning uchinchi xotini Anahning qizi Oxolibom unga uch o‘g‘il tug‘ib berdi. O‘g‘illarining ismi Yoush, Yalom va Ko‘rax edi. 15 Esovning o‘g‘illari va nabiralari quyidagi urug‘larning yo‘lboshchilari bo‘ldilar: Esovning to‘ng‘ich o‘g‘li Elifazning o‘g‘illari quyidagi urug‘larning yo‘lboshchilari bo‘ldilar: Temon, O‘mar, Zafo‘, Xanaz, 16 Ko‘rax, Gatam va Omolek urug‘lari. Edom yurtidagi bu urug‘lar Esovning xotini Oidadan kelib chiqqan edi. 17 Esov o‘g‘li Ruvelning o‘g‘illari quyidagi urug‘larning yo‘lboshchilari bo‘ldilar: Naxat, Zerax, Shammox va Mizzo urug‘lari. Edom yurtidagi bu urug‘lar Esovning xotini Bosimatdan paydo bo‘lgan edi. 18 Esovning xotini Oxolibomning o‘g‘illari quyidagi urug‘larning yo‘lboshchilari bo‘ldilar: Yoush, Yalom va Ko‘rax urug‘lari. Oxolibomning otasi Anah edi. 19 Esov, ya’ni Edomdan kelib chiqqan urug‘larning hammasi ana shulardir. Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling