Ibtido (tavrotning birinchi kitobi) Kirish


–BOB  Yoqub Esovni kutib olishga tayyorlanadi


Download 0.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/97
Sana31.01.2024
Hajmi0.96 Mb.
#1830778
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   97
Bog'liq
Gen Part

32–BOB 
Yoqub Esovni kutib olishga tayyorlanadi 

Yoqub oila a’zolarini boshlab yo‘lda ketayotgan edi, Xudoning farishtalari unga 
peshvoz chiqdilar. 

Yoqub ularni ko‘rib: “Bu Xudoning lashkargohi!” dedi. Shuning 
uchun bu joyga Moxanayim* deb nom berdi. 


Ibtido
45 

Yoqub borishidan oldin Seir, ya’ni Edom yurtida* istiqomat qilayotgan akasi Esovga 
xabarchilarni yubordi. 

Yoqub xabarchilarga shunday ko‘rsatma bergan edi: 
— Esov hazratlariga shunday deb aytinglar: “Qulingiz Yoqub aytmoqdaki, u shu 
paytgacha Lobonning xonadonida yashadi. 

Endi mollar, eshaklar, qo‘y–echkilar, qul va 
cho‘rilarga ega bo‘ldi. Kelayotganidan sizni xabardor qilish uchun bizni yubordi. Uning 
umidi shuki, siz unga mehr–muruvvat ko‘rsatsangiz.” 

Xabarchilar qaytib kelib, Yoqubga shunday dedilar: “Akangiz Esovning oldiga 
bordik. U sizni kutib olishga kelyapti, yonida to‘rt yuzta odami ham bor.” 

Yoqub bu 
xabarni eshitdi–yu, qo‘rqib, vahimaga tushdi. Xonadonidagi odamlarini, qo‘y–
echkilarini, mol podalarini, tuyalarini ikki qismga bo‘ldi. 

U: “Agar Esov kelib, bitta 
qismni qirib tashlasa, narigi qismi qutulib omon qoladi–ku”, deb o‘yladi. 

Keyin Yoqub ibodat qildi: 
— Ey bobom Ibrohimning, otam Is’hoqning Xudosi! Ey Egam! Menga: “O‘z yurtingga, 
qarindoshlaring oldiga qaytib bor, senga muvaffaqiyat keltiraman”, deb va’da bergan 
eding. 
10 
Ko‘rsatgan sadoqatingga, inoyatingga men, quling, loyiq emasman. Ilgari Iordan 
daryosini kechib o‘tganimda, tayog‘imdan boshqa hech narsam yo‘q edi. Endi oila 
a’zolarim ikki qo‘rg‘onni to‘ldiradigan bo‘ldi. 
11 
Iltijo qilaman, meni Esov akamning 
qo‘lidan qutqargin. U kelib, men bilan birga xotinlarimni, bolalarimni o‘ldiradi, deb 
qo‘rqaman. 
12 
Sen esa menga: “Senga muvaffaqiyat keltiraman, sening naslingni 
dengizdagi qumdek ko‘paytiraman, ko‘pligidan naslingni sanab bo‘lmaydi”, deb va’da 
bergan eding. Iltijo qilaman, va’dangni yodingda tut. 
13-15 
Yoqub tunni ibodat qilgan o‘sha joyda o‘tkazdi. Keyin suruvidan akasi Esovga 
ikki yuzta ona echki, yigirmata taka, ikki yuzta sovliq va yigirmata qo‘chqor, o‘ttizta 
sog‘in tuyani bo‘taloqlari bilan, qirqta sigir va o‘nta buqa, yigirmata mocha eshak va 
o‘nta erkak eshakni hadya qilish uchun tanlab oldi. 
16 
Yoqub bu hayvonlarni podalarga 
bo‘lib, xizmatkorlariga topshirar ekan, ularga shunday dedi: 
— Mendan oldin yuringlar, har bir podaning orasida bo‘sh masofa qoldiringlar. 
17 
Eng oldingi podani haydab borayotgan xizmatkoriga u shunday ko‘rsatma berdi: 
— Esov akam seni uchratib qolib: “Kimning xizmatkorisan? Qayerga ketyapsan? 
Oldingdagi poda kimniki?” deb so‘raganda, 
18 
sen: “Bu podalar qulingiz Yoqubniki, 
bularni siz, to‘ramga hadya qilib yubordilar, o‘zlari ham orqamizda kelyaptilar”, deb 
aytgin. 
19 
Yoqub podani haydab borayotgan ikkinchi, uchinchi, xullas, hamma 
xizmatkorlariga ham bir xil ko‘rsatma berib: 
— Esovni uchratib qolganingizda, o‘sha gaplarimni aytinglar, — dedi. 
20 
“Qulingiz 
Yoqub orqamizda kelyaptilar”, deb albatta aytinglar, — deb ta’kidladi. Chunki Yoqub: 
“O‘zimdan oldin yuborgan hadyalarim bilan Esov akamning ko‘nglini yumshataman, u 
bilan yuzma–yuz uchrashganimizda, meni kechirsa ajabmas”, deb umid qilayotgan edi. 
21 
Shunday qilib, Yoqub o‘zi borishidan oldin, hadyalarni jo‘natib yubordi va bu kechani 
chodir tikkan joyda o‘tkazdi. 

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling