Ibtido (tavrotning birinchi kitobi) Kirish


Yoqub Lobon bilan savdolashadi


Download 0.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/97
Sana31.01.2024
Hajmi0.96 Mb.
#1830778
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   97
Bog'liq
Gen Part

Yoqub Lobon bilan savdolashadi 
25 
Rohila Yusufni tuqqandan keyin ko‘p o‘tmay, Yoqub Lobonga dedi: 
— Ijozat bersangiz, men yurtimga qaytmoqchiman. 
26 
Xotinlarim bilan bolalarimni 
ham olib ketsam, degandim. O‘zingiz bilasiz, sizga ko‘p xizmatim singgan, peshana 
terimni to‘kib ularni topganman. Endi ketishga ijozat bersangiz. 
27 
Lobon esa unga shunday javob berdi: 
— Endi iltimos qilaman, mening gapimga quloq sol: fol ochtirib ko‘rgan edim, Egam 
menga sen tufayli baraka berganini bildim*. 
28 
Xizmat haqingni ayt, to‘lay. 
29 
— O‘zingiz bilasiz: uzoq yillar davomida sizga ko‘p xizmat qildim. Mol–qo‘ylaringiz 
mening mehnatim tufayli qanchalik ko‘payganini bilasiz. 
30 
Aslida men kelmasimdan 
oldin molingiz oz edi, endi esa boyligingiz haddan ziyod ko‘paydi. Men tufayli Egam 
sizga hamma narsada baraka berdi*. Endi oilamni o‘ylaydigan payt keldi. 
31 
— Xizmat haqingga nima istaysan? — deb yana so‘radi Lobon. 
— Menga hech qanday xizmat haqi kerak emas, — deb javob qildi Yoqub. — Agar 
rozi bo‘lsangiz, bir taklifim bor. Men qo‘y–echkilaringizni boqaveray. 
32 
Bugun 
suruvingizni oralab, olachipor va xol–xol qo‘ylaringizni, qora qo‘zilaringizni, 
echkilaringizdan ham xol–xolini va olachiporini* ajratib olay. Xizmat haqimga shularni 
bersangiz kifoya. 
33 
Agar men halol bo‘lmasam, siz keyin osonlikcha bilib olasiz. Mening 
xizmatimni tekshirgani kelganingizda, qo‘y–echkilarimning orasida birortasi ola–bula, 
xol–xol bo‘lmasa, yoki qo‘zilarimning orasida ham birortasi qora bo‘lmasa, meni o‘g‘ri 
deb hisoblashingiz mumkin. 
34 
— Yaxshi, sen aytganday bo‘la qolsin, — dedi Lobon. 
35 
Lobon o‘sha kuni oqi bor xol–xol va olachipor taka hamda urg‘ochi echkilarni 
suruvdan ajratib oldi, qora qo‘zilarni ham ayirib oldi. Hammasini o‘g‘illarining ixtiyoriga 
berdi. 
36 
Ular o‘sha qo‘y–echkilarni Yoqub turgan joydan uch kunda boradigan joyga olib 
ketdilar. Yoqub esa Lobonning qolgan qo‘y–echkilarini boqaverdi. 


Ibtido
42 
37 
Yoqub terak, bodom va chinor daraxtining novdalaridan olib, novdalarni yo‘l–yo‘l 
qilib po‘stlog‘ini shildi. 
38 
So‘ngra u po‘stlog‘i tozalangan novdalarni qo‘y–echkilarga 
ko‘rinadigan joyga — suv ichadigan oxurlar ichiga qo‘ydi*. Chunki Lobonning qo‘y–
echkilarini sug‘organi olib kelganda, hayvonlar shu yerda juftlashar edi. 
39 
Qo‘y–echkilar 
oq yo‘li bor novdalarni ko‘rib turganda juftlashib, yo‘l–yo‘l, olachipor va xol–xol nasl 
berardi. 
40 
Yoqub Lobonning boshqa qo‘y–echkilaridan sovliqlarini* ajratib oldi. Sovliq 
qo‘ylar juftlashayotganda, Yoqub qo‘ylarning yuzini Lobonning suruvidagi yo‘l–yo‘l va 
qop–qora hayvonlarga qaratib qo‘yardi. Shu tariqa Yoqub Lobonning qo‘y–echkilaridan 
o‘zining suruvini vujudga keltirdi* va Lobonnikidan alohida qilib qo‘ydi. 
41 
Suruvdagi 
sog‘lom urg‘ochi qo‘y yoki echkilar juftlashishga tayyor bo‘lganda, Yoqub po‘stlog‘i 
archilgan novdalarni hayvonlarning oxuriga tashlab qo‘yardi. Hayvonlar yo‘l–yo‘l 
novdalarni ko‘rib turganlarida juftlashardilar. 
42 
Lekin u nimjon hayvonlarga shunday 
qilmasdi. Oqibatda Lobon nimjon qo‘y–echkilarga, Yoqub esa sog‘lom qo‘y–echkilarga 
ega bo‘lib qoldi. 
43 
Shu yo‘l bilan Yoqubning qo‘y–echkilari tezlik bilan ko‘payib bordi, u 
juda ham boyib ketdi, ko‘plab qul va cho‘rilarga, tuya va eshaklarga ega bo‘ldi. 

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling