Ibtido (tavrotning birinchi kitobi) Kirish
Download 0.96 Mb. Pdf ko'rish
|
Gen Part
Lobon Yoqubni quvadi
22 Oradan uch kun o‘tgach, Lobonga: “Yoqub qochib ketibdi” degan xabar yetib bordi. 23 Lobon qarindosh–urug‘idan erkaklarni yoniga olib, Yoqubni quvib ketdi. Yoqubni yetti kun quvlagandan keyin, oxiri Gilad qirlarida unga yetib oldi. 24 Lekin o‘sha kuni kechasi Lobon tush ko‘rdi. Tushida Xudo zohir bo‘lib: “Ehtiyot bo‘l, Yoqubga yaxshi–yomon gap qilib yurma”, dedi. 25 Lobon Yoqubga yetib olganda, Yoqub Gilad qirlarida chodir tikkan edi. Lobon ham qarindosh–urug‘lari bilan Yoqubga yaqinroq joyga chodirini tikdi. 26 Lobon Yoqubga: — Bu nima qilganing? Meni aldab ketibsan–ku! — dedi. — Qizlarimni ham, xuddi urushdagi asiralarday, o‘g‘irlab ketibsan. 27 Nimaga meni aldab, hech narsa demasdan, yashirincha qochib qolding? Agar bir og‘iz aytganingda, childirma, lira chalib, o‘yin– kulgi qilib, xursandchilik bilan kuzatib qo‘ygan bo‘lardim. 28 Sen hatto nevaralarim bilan qizlarimni o‘pib, yaxshi boringlar, deb aytishimga ham imkon bermading. Qilgan ishing — g‘irt ahmoqlik. 29 Senga yomonlik qilishga kuchim yetadi. Lekin kecha tunda otangning Xudosi menga zohir bo‘lib: “Ehtiyot bo‘l, Yoqubga yaxshi–yomon gap qilib yurma”, deb aytdi. 30 Ahvolingni tushunaman, otangning uyini sog‘ingansan, shuning uchun ketgansan. Lekin nimaga xudolarimni o‘g‘irlading? 31 — Qizlaringizni mendan tortib olasiz, deb o‘ylab, qo‘rqqan edim, — dedi Yoqub. 32 — Lekin sizning xudolaringizga kelsak, ularni kim olgan bo‘lsa, o‘ldirilsin. Qarindoshlarimizning guvohligida narsalaringizni izlab ko‘ring. Agar sizning narsalaringiz bo‘lsa, olavering. Lobonning xudolarini Rohila o‘g‘irlaganini Yoqub bilmas edi. 33 Lobon xudolarini qidirib, avvalo Yoqubning chodiridan izladi. Keyin Leaxning chodiriga, undan keyin ikkala cho‘rining* chodiriga kirdi, lekin xudolarini topa olmadi. Oxirida Rohilaning chodiriga kirdi. 34 Rohila xudolarni tuya egarining ichiga yashirib, o‘zi egarga o‘tirib olgan edi. Lobon chodirning hamma yog‘ini axtarsa ham, xudolarini topa olmadi. 35 Rohila otasiga: — Sizning oldingizda o‘rnimdan turmaganim uchun mendan jahlingiz chiqmasin, otajon, — dedi. — Hozir ayollar kasaliga yo‘liqqan paytim. Lobon xudolarini qancha qidirmasin, topa olmadi. 36 Yoqub qattiq g‘azablanib, Lobonni urishib berdi: — Aybim nima ekan?! Qaysi gunohim uchun meni ta’qib qilyapsiz?! 37 Hamma narsalarimni titkilab chiqdingiz. Endi menga ko‘rsating–chi, biror narsangizni topdingizmi? Topgan bo‘lsangiz, qani, qarindosh–urug‘larimiz oldiga o‘sha narsalarni qo‘ying, ikkalamizdan qaysi birimiz haq ekanimizni ular hukm qilsin! 38 Yigirma yil men Ibtido 44 sizning eshigingizda bo‘ldim. Ana shu davrda bironta sovliq qo‘yingiz, echkingiz chala tug‘ib qo‘ymadi, suruvingizdan bironta qo‘chqorni yeb qo‘ymadim. 39 Yovvoyi hayvonlar bo‘g‘izlab tashlaganlarini sizga ko‘rsatmasdan, zararni o‘z bo‘ynimga olardim. Qo‘yingiz kunduzi yo‘qolganmi, yoki kechasi yo‘qolganmi, baribir, siz mendan talab qilardingiz. 40 Kunduzi jazirama issiqda, kechalari sovuqda, tunlarni uyqusiz o‘tkazib, sizga xizmat qildim. 41 Yigirma yil sizning xonadoningizda bo‘ldim: o‘n to‘rt yil — ikkala qizingiz uchun, olti yil — qo‘y–echkilarga ega bo‘lishim uchun xizmat qildim. Xizmat haqimni o‘n marta o‘zgartirdingiz. 42 Agar bobom Ibrohimning Xudosi, otam Is’hoq sajda qiladigan Xudo* men bilan bo‘lmaganda edi, shubhasiz, siz meni quppa–quruq qaytargan bo‘lardingiz. Lekin Xudo mening qiynalganimni, og‘ir mehnatimni ko‘rdi. Shu sababdan U o‘tgan kecha sizga zohir bo‘lib, nohaqligingizni aytgan. Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling