Ibtido (tavrotning birinchi kitobi) Kirish


Download 0.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/97
Sana31.01.2024
Hajmi0.96 Mb.
#1830778
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   97
Bog'liq
Gen Part

Yoqubning farzandlari 
31 
Yoqub Leaxga ko‘ngilsiz ekanini Egamiz ko‘rib turardi. Shuning uchun U Leaxni 
tug‘ishga qodir qildi, Rohila esa befarzand o‘taverdi. 
32 
Leax homilador bo‘lib, o‘g‘il 
tug‘di. U: “Egam mening baxtsizligimni ko‘rdi, endi erim menga albatta ko‘ngil qo‘yadi”, 
deb o‘g‘lining ismini Ruben* qo‘ydi. 
33 
Leax homilador bo‘lib, yana o‘g‘il tug‘di. “Erim 
menga ko‘ngilsizligini Egam eshitib, yana bir o‘g‘il berdi”, deb o‘g‘lining ismini Shimo‘n* 
qo‘ydi. 
34 
Leax yana homilador bo‘ldi va yana o‘g‘il tug‘di. U: “Erimga uchta o‘g‘il tug‘ib 
berdim, endi u albatta menga bog‘lanib qoladi”, deb o‘g‘lining ismini Levi* qo‘ydi. 
35 
Leax 
yana homilador bo‘lib, yana o‘g‘il tug‘di. U: “Endi Egamga hamdu sano aytaman”, deb 
o‘g‘lining ismini Yahudo* qo‘ydi. Shundan keyin u tug‘ishdan qoldi. 
30–BOB 

Rohila Yoqubga bola tug‘ib bera olmagach, endi opasiga hasad qila boshladi. 
— Menga farzand bering, bo‘lmasa o‘laman! — dedi u Yoqubga. 

Yoqub Rohiladan qattiq g‘azablandi. 
— Nima, men Xudomanmi?! Seni bepusht qilib yaratgan Xudo–ku! 

Shunda Rohila Yoqubga dedi: 
— Ana, cho‘rim Bilxaxning yoniga kiring. U menga bola tug‘ib bersin, toki cho‘rim 
orqali men ham bolali bo‘layin*. 

Shunday qilib, Rohila eriga Bilxaxni olib berdi. Yoqub Bilxaxning yoniga kirdi. 

Bilxax homilador bo‘lib, Yoqubga o‘g‘il tug‘ib berdi. 

Rohila: “Xudoyim meni oqladi, U 
mening iltijoimni eshitib, menga o‘g‘il ato etdi”, deb o‘g‘lining ismini Dan* qo‘ydi. 

Bilxax 
yana homilador bo‘lib, Yoqubga ikkinchi o‘g‘lini tug‘ib berdi. 

Rohila: “Opam bilan qattiq 
olishib, men yutib chiqdim”, deb o‘g‘lining ismini Naftali* qo‘ydi. 

Leax bola tug‘ishdan qolganini anglab yetdi. Shunda u ham o‘zining cho‘risi Zilponi 
Yoqubga olib berdi. 
10 
Zilpo Yoqubga o‘g‘il tug‘ib berdi. 
11 
Leax: “Menga omad kulib 
boqdi”, deb o‘g‘lining ismini Gad* qo‘ydi. 
12 
So‘ngra Zilpo Yoqubga ikkinchi o‘g‘lini tug‘ib 
berdi. 
13 
Leax: “Naqadar baxtliman–a! Endi ayollar meni juda baxtli ekan, deb aytishadi”, 
deya o‘g‘lining ismini Osher* qo‘ydi. 
14 
Bug‘doy o‘rimi payti edi. Bir kuni Ruben dalaga borganda, mehrigiyo o‘simligini* 
topib olib, onasi Leaxga keltirdi. Rohila: “O‘g‘lingning mehrigiyolaridan menga ham ber”, 
deb iltimos qildi. 
15 
Lekin Leax g‘azab bilan javob qildi: 


Ibtido
41 
— Erimni tortib olganing kamlik qildimi?! Endi o‘g‘limning mehrigiyolarini ham 
tortib olmoqchimisan?! 
— O‘g‘lingning mehrigiyolari evaziga bu kecha erim sening yoningga kiradi, unga 
ijozat beraman, — dedi Rohila. 
16 
Kechqurun Yoqub daladan kelganda, Leax unga peshvoz chiqdi. 
— Bu kecha mening yonimga kirishingiz kerak, — dedi u eriga. — O‘g‘lim daladan 
topib kelgan mehrigiyoga sizni almashtirdim. 
Shunday qilib, Yoqub Leaxning yoniga kirdi. 
17 
Xudo Leaxning iltijolariga javob berdi. 
U yana homilador bo‘lib, Yoqubga beshinchi o‘g‘lini tug‘ib berdi. 
18 
Leax: “Cho‘rimni 
erimga olib berganim uchun Xudoyim meni mukofotladi”, deb o‘g‘lining ismini Issaxor* 
qo‘ydi. 
19 
So‘ngra u yana homilador bo‘lib, Yoqubga oltinchi o‘g‘lini tug‘ib berdi. 
20 
Leax 
dedi: “Xudoyim menga yaxshi hadya berdi. Endi erim meni hurmat qiladigan bo‘ladi, 
chunki unga oltita o‘g‘il tug‘ib berdim.” Shunday deb, o‘g‘lining ismini Zabulun* qo‘ydi. 
21 
Keyin Leax qiz tug‘ib, ismini Dina qo‘ydi. 
22 
Nihoyat, Xudo Rohilaga ham marhamat qildi va uning iltijolariga javob berib, bola 
tug‘ishga qodir qildi. 
23 
Rohila homilador bo‘lib, o‘g‘il tug‘di. “Xudo menga o‘g‘il ato etib, 
sharmandaligimni olib tashladi”, dedi. 
24 
“Egam menga yana o‘g‘il bersin”, deb o‘g‘lining 
ismini Yusuf* qo‘ydi. 

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling