Ibtido (tavrotning birinchi kitobi) Kirish
Is’hoq Yoqubni Lobonning huzuriga jo‘natadi
Download 0.96 Mb. Pdf ko'rish
|
Gen Part
- Bu sahifa navigatsiya:
- Esov boshqa xotinga uylanadi
- Yoqub Baytilda tush ko‘radi
Is’hoq Yoqubni Lobonning huzuriga jo‘natadi
46 Shundan keyin Rivqo Is’hoqqa dedi: — Esovning anavi Xet* xotinlari dastidan jonimdan to‘ydim. Agar Yoqub ham o‘shalarga o‘xshagan birorta Xet qiziga uylansa, unda hayotim nima kechadi? 28–BOB 1 Shunday qilib, Is’hoq Yoqubni chaqirtirib, uni duo qildi va shunday maslahat berdi: — Kan’onlik qizlarga uylanma. 2 Hoziroq Paddon–Oramga* — bobong Batuvalning xonadoniga jo‘na. U yerda tog‘ang Lobonning qizlaridan birortasiga uylan. 3 Qodir Xudo baraka berib, seni ko‘paytirsin. Sening naslingdan ko‘p xalqlar kelib chiqsin. 4 Xudo Ibrohimga va’da qilgan barakasini senga va sening naslingga ato qilsin. Biz hozir Ibtido 38 musofir bo‘lib yashayotgan, Xudo Ibrohimga bergan shu yurt sening mulking bo‘lsin. 5 Shunday qilib, Is’hoq Yoqubni jo‘natdi. Yoqub Paddon–Oramga — Oramlik* Batuvalning o‘g‘li, tog‘asi Lobonnikiga ketdi. Esov boshqa xotinga uylanadi 6-7 Esov eshitdiki, otasi Yoqubni duo qilib, uni Paddon–Oramga jo‘natibdi. Yoqub ota– onasining gaplariga itoat etib, Paddon–Oramga ketibdi. Otasi Yoqubga: “O‘sha yerdan uylangin”, debdi, “Kan’onlik qizlarga uylanma”, deb ogohlantiribdi. 8 Kan’onlik xotinlari otasiga yoqmasligini Esov tushunib yetdi. 9 Esov amakisi Ismoilning xonadoniga bordi va xotinlari ustiga, Ibrohim o‘g‘li Ismoilning qizlaridan biriga uylandi. Yangi xotinining ismi Maxalat edi. Maxalatning Navayot* degan akasi ham bor edi. Yoqub Baytilda tush ko‘radi 10 Yoqub Bersheba shahridan chiqib, Xoron* tomonga qarab ketdi. 11 U bir joyga yetib kelganda, kun botgan edi. Shuning uchun o‘sha yerda tunashga to‘xtadi. U bir tosh topdi–da, toshni boshining ostiga qo‘yib uxlagani yotdi. 12 Bir payt u tushida bir zinapoyani* ko‘rdi. Zinapoyaning pasti yerga, tepasi esa osmonga tegib turganmish. Xudoning farishtalari zinapoyadan chiqib, tushayotgan emishlar. 13 Zinapoyaning yonida* Egamiz turgan emish. Egamiz Yoqubga shunday debdi: — Men bobong Ibrohimning, otang Is’hoqning Xudosi — Egangman. Hozir sen yotgan yer o‘zingniki bo‘ladi. Bu yerni senga va sening naslingga beraman. 14 Sening nasling yerning qumi singari son–sanoqsiz bo‘ladi. Ular g‘arbu sharqqa, shimolu janubga qarab yer yuziga yoyilib ketadilar. Yer yuzidagi hamma xalqlar sen va sening nasling orqali baraka topadi. 15 Shuni bilginki, Men sen bilan birgaman, qayerga bormagin, Men seni saqlayman. Shu yurtga seni yana qaytarib olib kelaman. Men seni hech qachon tark etmayman, bergan va’dalarimni oxirigacha bajaraman. 16 Yoqub uyg‘onib ketdi va: “Haqiqatan ham Egamiz shu yerda ekan, men esa buni bilmabman”, dedi. 17 U qo‘rqib ketdi: “Bu joy Xudoning uyi ekan, samoga ochiladigan darvozaning o‘zi! Naqadar qo‘rqinchli–ya bu joy!” dedi. 18 Yoqub saharda turdi. Boshining ostiga qo‘ygan toshni olib, yodgorlik qilib o‘rnatdi. Keyin yodgorlik toshining ustidan Xudoga atab zaytun moyi quydi. 19 Ilgari bu joyning nomi Luz edi. Yoqub esa bu joyga Baytil* deb nom berdi. 20 So‘ng Yoqub quyidagicha qasam ichdi: “Agar Xudo men bilan birga bo‘lsa, boradigan shu yo‘limda meni asrasa, menga rizq–ro‘zimni va kiyim bersa, 21 otamning xonadoniga eson–omon qaytarib olib kelsa, Egam mening Xudoyim bo‘ladi. 22 Men yodgorlik qilib o‘rnatgan shu tosh Xudoga sajda qiladigan joy bo‘ladi. Xudo menga bergan hamma narsaning o‘ndan birini ushr qilib albatta beraman.” Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling