Ibtido (tavrotning birinchi kitobi) Kirish
Filistlar Is’hoq bilan quduq uchun tortishadi
Download 0.96 Mb. Pdf ko'rish
|
Gen Part
Filistlar Is’hoq bilan quduq uchun tortishadi
11 Shunday qilib, Abumalek: “Kimki bu odamga yoki uning xotiniga ozor yetkazsa, o‘sha odamning jazosi o‘limdir”, deb farmon berib, hammani ogohlantirdi. 12 Is’hoq u yerda dalasiga urug‘ sepdi. Egamiz unga marhamat ko‘rsatgani uchun ekkan urug‘iga nisbatan yuz barobar ko‘p hosil oldi. 13 Is’hoq boyib ketdi, boyligi tobora ko‘payib boraverdi. 14 Uning qo‘y–echki suruvlari, mol podalari, xizmatkorlari ko‘p edi. Shu sababdan Filistlar Is’hoqqa hasad qilishardi. 15 Ular Is’hoqning hamma quduqlarini tuproqqa to‘ldirib tashlashdi. Ibrohim hayotligida bu quduqlarni o‘zining xizmatkorlariga qazdirgan edi. 16 Abumalek Is’hoqqa: “Bizning yerimizdan ket, sen bizdan ko‘ra, juda kuchayib ketding”, dedi. 17 Is’hoq bu yerdan ketib, Garor soyligida* chodir tikib, o‘sha yerda o‘rnashib oldi. 18 Ibrohim bu yerda quduqlar qazdirgan, lekin uning vafotidan keyin Filistlar bu quduqlarni ko‘mib yuborgan edilar. Is’hoq o‘sha quduqlarni qaytadan qazdirdi. Is’hoq quduqlarga otasi qo‘ygan nomlarni berdi. 19 Uning xizmatkorlari suv topish uchun Garor soyligida yerni qaziyotganlarida, buloq otilib chiqdi. 20 Lekin Garorlik cho‘ponlar kelishib: “Bu buloq bizniki”, deb buloqni talab qildilar. Shunday qilib, ular Is’hoqning cho‘ponlari bilan quduq ustida janjallashib qoldilar. Shuning uchun Is’hoq quduqqa Janjal* deb nom berdi. 21 So‘ngra Is’hoqning odamlari boshqa quduq qazidilar. Lekin bu quduq ustida ham kelishmovchilik yuz berdi. Shuning uchun Is’hoq bu quduqqa Ziddiyat* deb nom berdi. 22 Is’hoq bu yerdan ham ko‘chib, boshqa quduq qazdirdi. Yerli aholi oxiri ularni o‘z holiga qo‘ydi. Is’hoq: “Nihoyat, Egam bu yurtda yashashimiz uchun bizga keng joy berdi, endi biz bu yerda yayrab–yashnab ketamiz”, deya quduqqa Kenglik* deb nom berdi. 23 Is’hoq bu yerdan ham Bershebaga ko‘chib ketdi. 24 O‘sha kuni kechasi Egamiz Is’hoqqa zohir bo‘lib, dedi: — Men otang Ibrohimning Xudosiman. Qo‘rqma, Men sen bilan birgaman. O‘z qulim Ibrohimning haqi–hurmati uchun senga baraka beraman, senga son–sanoqsiz nasl ato qilaman. 25 Is’hoq u yerda qurbongoh qurib, Egamizga sajda qildi, o‘sha yerda chodirini tikdi. Is’hoqning xizmatkorlari u yerda quduq qazidilar. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling