Ibtido (tavrotning birinchi kitobi) Kirish
Is’hoq bilan Abumalek o‘rtasidagi ahdlashuv
Download 0.96 Mb. Pdf ko'rish
|
Gen Part
- Bu sahifa navigatsiya:
- Esovning ajnabiy xotinlari
- 27–BOB Is’hoq Yoqubni duo qiladi
Is’hoq bilan Abumalek o‘rtasidagi ahdlashuv
26 Abumalek maslahatchisi Oxizat va lashkarboshisi Pixol bilan birga Garordan Is’hoqning oldiga bordi. 27 Is’hoq ularga dedi: — Nimaga mening oldimga keldingiz? Menga adovat bilan qarab, yeringizdan chiqarib yuborgan edingiz–ku! 28 — Bizga endi ayon bo‘ldi: Egang sen bilan birga ekan. Shuning uchun sen bilan biz ont ichib, ahd qilaylik, dedik. 29 Biz senga hech qanday yomonlik qilmagan edik, aksincha, olijanoblik qilib, eson–omon jo‘natib yuborgan edik. Sen ham: “Sizlarga yomonlik qilmayman”, deb qasam ich. Sen Xudoning yorlaqagani ekansan. 30 Is’hoq ularga ziyofat tayyorladi. Ular yeb–ichdilar. 31 Ertasi kuni ular erta tongda turib, bir–birlariga qasamyod qildilar. So‘ngra Is’hoq ularni uylariga eson–omon jo‘natib yubordi. 32 O‘sha kuni Is’hoqning xizmatkorlari kelib: “Biz suv topdik”, deb unga o‘zlari qazigan quduq to‘g‘risida aytdilar. 33 Is’hoq bu quduqqa Qasamyod* deb nom qo‘ydi. Shuning uchun shaharning nomi bugungacha Bershebadir*. Esovning ajnabiy xotinlari 34 Esov qirq yoshida Xet xalqidan ikkita qizga — Beri degan kishining Yahudit ismli qiziga va Elo‘n degan kishining Bosimat ismli qiziga uylandi. 35 Esovning bu xotinlari Is’hoq bilan Rivqoning boshiga ko‘p qora kunlarni soldilar. 27–BOB Is’hoq Yoqubni duo qiladi 1 Is’hoq qaridi, ko‘zlari xiralashib ko‘rmay qoldi. Bir kuni u o‘g‘li Esovni chaqirdi: — O‘g‘lim! — Labbay, otajon! — deb javob berdi Esov. 2 — Ko‘rib turibsan, men qarib qoldim. To‘satdan o‘lib qolishim mumkin. 3 Endi yoyingni, o‘qlaringni olib, dalaga chiq, menga bironta hayvonni ovlab kel. 4 Keyin men yaxshi ko‘radigan bironta mazali taom tayyorlab keltir. Men taomni yeb, o‘limimdan oldin seni duo qilayin. 5 Is’hoq o‘g‘li Esovga gapirayotganda, Rivqo eshitib turgan edi. Esov dalaga ovga ketganda, 6 Rivqo o‘g‘li Yoqubga dedi: — Akang Esovga otangning aytgan gaplarini eshitib qoldim. 7 Otang unga: “Menga bironta hayvon ovlab kel, men yaxshi ko‘radigan bironta mazali taom tayyorlagin, taomni yeb, o‘limimdan oldin Egam oldida seni duo qilayin”, dedi. 8 Endi mening gaplarimni yaxshilab eshit, aytganimni qil, o‘g‘lim. 9 Suruvga borib, menga ikkita uloqchani tanlab olib kel. Uloqchalardan otang yaxshi ko‘radigan mazali taom tayyorlab beray. 10 Sen taomni otangning oldiga olib kirib, unga yegizgin, toki otang o‘limidan oldin seni duo qilsin. 11 — Onajon, o‘zingiz bilasiz–ku, akam Esov serjun, mening terim esa silliq, — dedi Yoqub Rivqoga. 12 — Mabodo, otam meni paypaslab ushlab ko‘rsa, nima bo‘ladi? Aldayotganimni otam bilib qoladi. Otam meni duo qilish o‘rniga la’natlaydi. 13 — O‘sha la’nat menga kelsin, bolaginam, — dedi Rivqo. — Endi aytganimni qil, bor, uloqchalarni olib kel. 14 Yoqub onasining buyrug‘iga itoat etib, ikkita uloqchani olib keldi. Rivqo uloqchalardan Is’hoq yaxshi ko‘rgan mazali taom tayyorladi. 15 So‘ng u Esovning uydagi Ibtido 36 yaxshi kiyimlarini oldi–da, Yoqubga kiygizdi. 16 Uloqchalarning terisini Yoqubning qo‘llariga va bo‘ynining tuksiz joylariga o‘radi. 17 O‘zi tayyorlagan mazali taom bilan nonni o‘g‘li Yoqubning qo‘liga berdi. 18 Shunday qilib, Yoqub taom to‘la laganni otasining oldiga olib kirdi. — Assalomu alaykum, otajon! — Va alaykum assalom! Qaysi biringsan, o‘g‘lim, Esovmisan, Yoqubmisan? 19 — To‘ng‘ichingiz Esovman, — dedi Yoqub otasiga. — Aytganingizni qildim, mana, ovimdan siz yaxshi ko‘rgan taom tayyorladim. Turing, yeb, meni duo qiling. 20 Is’hoq o‘g‘liga: — Darrov topib keldingmi, o‘g‘lim? — dedi. — Egangiz Xudo yo‘limni o‘ngladi, — deb javob berdi Yoqub. 21 Shundan keyin Is’hoq Yoqubga dedi: — Yaqinroq kel–chi, o‘g‘lim, ushlab ko‘ray–chi, haqiqatan ham o‘g‘lim Esovmisan yoki yo‘qmi, bilayin. 22 Yoqub otasiga yaqinroq bordi. Is’hoq uni paypaslab: — Ovoz — Yoqubning ovozi, qo‘llar esa Esovning qo‘llari, — dedi. 23 Yoqubning qo‘llari Esovning qo‘llariga o‘xshab serjun tuyulgani uchun Is’hoq uni tanimadi. Shuning uchun Is’hoq Yoqubni duo qilishga chog‘landi–yu, lekin yana so‘radi: 24 — Sen haqiqatan o‘g‘lim Esovmisan? — Ha, Esovman, — deb javob berdi u. 25 Shundan keyin Is’hoq: — Endi taomni keltir, — dedi. — Taomingdan yeb, seni duo qilayin. Yoqub taomni otasiga keltirib berdi. Is’hoq taomni yeb bo‘lgach, Yoqub unga sharob keltirdi. Is’hoq sharobni ham ichdi. 26 So‘ngra Is’hoq unga: — Yaqinroq kelib, meni o‘p, o‘g‘lim, — dedi. 27 Yoqub yaqinlashib, otasini o‘pdi. Is’hoq uning kiyimlarini hidlab, shunday duo qildi: “O, o‘g‘limning yoqimli hidi Egam marhamat qilgan Dalaning hidiga o‘xshar. 28 Xudoyim yog‘dirsin senga Osmon shabnamini, Bersin yerning unumdor tuprog‘ini, Mo‘l–ko‘l don va sharobni. 29 Xizmat qilsin senga xalqlar, Ta’zim qilsin senga el–uluslar. Hukmron bo‘lgin qarindoshlaring ustidan, Ta’zim qilsin onangning nasli senga. Seni la’natlagan la’nati bo‘lsin, Seni duo qilgan baraka topsin.” Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling