Ibtido
34
orqali yer yuzidagi hamma xalqlar baraka topadilar.
5
Ibrohim
Mening talablarimga,
amrlarimga, farmonlarimga, qonunlarimga itoat etgani uchun senga baraka beraman.
6
Shunday qilib, Is’hoq Garor shahrida o‘rnashib qoldi.
7
Bu yerdagi odamlar
Is’hoqdan Rivqo to‘g‘risida so‘raganlarida, “U mening singlim”, deb javob berardi. “U
mening xotinim”, deb aytishdan qo‘rqar edi. Rivqo juda chiroyli bo‘lgani sababli:
“Odamlar uni tortib olish uchun meni o‘ldiradilar”, deb o‘ylardi.
8
Oradan ancha vaqt o‘tdi. Bir kuni Is’hoq Rivqoni erkalatayotganda, Filistlar shohi
Abumalek derazadan ko‘rib qoldi.
9
Abumalek Is’hoqni chaqirtirdi.
— U sening xotining ekan–ku!
Nimaga uni, singlim, deb aytding? — deb so‘radi.
— Agar xotinim deb aytsam, birortasi uni tortib olish uchun meni o‘ldiradi, deb
qo‘rqdim, — dedi Is’hoq.
10
— Bu nima qilganing–a?! Axir, odamlarimdan biri xotining bilan osonlikcha
birga
bo‘lishi mumkin edi–ku! Unday holda bizni gunohkor qilib qo‘ygan bo‘larding!
Do'stlaringiz bilan baham: