Ibtido (tavrotning birinchi kitobi) Kirish


Esov Is’hoqdan duo so‘rab iltijo qiladi


Download 0.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/97
Sana31.01.2024
Hajmi0.96 Mb.
#1830778
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   97
Bog'liq
Gen Part

Esov Is’hoqdan duo so‘rab iltijo qiladi 
30 
Is’hoq Yoqubni duo qilib bo‘lishi bilanoq, Yoqub otasi huzuridan endi chiqqan ham 
ediki, akasi Esov ovdan qaytib kelib qoldi. 
31 
U ham mazali taom tayyorlab, otasi oldiga 
olib kirdi. 
— Otajon, turing, sizga olib kelgan ovimning go‘shtidan yeb, meni duo qiling. 
32 
— Sen kimsan? — so‘radi Is’hoq undan. 


Ibtido
37 
— To‘ng‘ich o‘g‘lingiz Esovman, — deb javob berdi u. 
33 
Is’hoq hayajondan titrab ketib dedi: 
— Ovidan taom tayyorlab, menga olib kelgan kim edi? Sen kelmasingdan oldin, men 
go‘shtni endigina yeb bo‘lgan edim! Men uni duo qildim, endi duo olgan udir! 
34 
Esov otasining so‘zlarini eshitgach, haddan tashqari qattiq, achchiq nola qildi. 
— Meni ham duo qiling, otajon! — deb yolvordi u otasiga. 
35 
Lekin Is’hoq: 
— Ukang oldimga kiribdi, u meni aldabdi, — dedi. — Senga atalgan duoni ukang oldi. 
36 
— Unga Yoqub deb ism qo‘yilgani bekorga emas ekan–da, — dedi Esov. — U meni 
ikki marta aldadi–ya!* Birinchi marta to‘ng‘ichlik huquqimni olgan edi*, endi esa menga 
atalgan duoni o‘g‘irlabdi. Menga bironta ham duo saqlab qo‘ymadingizmi? — deb yana 
so‘radi u. 
37 
— Men Yoqubni sening ustingdan hukmron qildim, — dedi Is’hoq Esovga. — 
Uning hamma qarindosh–urug‘larini ham o‘ziga xizmatkor qilib berdim. Don bilan 
sharobni ham unga berib bo‘ldim. Senga beradigan hech narsa qolmadi–ku, o‘g‘lim! 
38 
— Nahotki menga bironta ham duo qoldirmagan bo‘lsangiz?! — deb o‘tindi Esov. 
— Meni ham duo qiling, otajon! — deb dod solib yig‘lay boshladi. 
39 
Is’hoq o‘g‘liga shunday javob berdi: 
“Sening manziling yerning unumdor tuprog‘idan nari bo‘lsin, 
Osmonning shabnamidan mahrum bo‘lsin. 
40 
Sen qilichning damida yashagaysan
Ukangga xizmat qilib o‘tgaysan. 
Isyon ko‘targaningda esa 
U solgan bo‘yinturuqni uloqtirib tashlagaysan.” 
41 
Yoqub Esovning duosini o‘g‘irlagani uchun, Esov uni juda yomon ko‘rib qoldi. Esov 
o‘ziga o‘zi: “Otamning kuni bitib qoldi, azasi o‘tgandan keyin Yoqubni o‘ldiraman”, dedi. 
42 
Lekin kimdir Esovning niyatini Rivqoga yetkazdi. Rivqo Yoqubni chaqirib, unga: 
— Esov seni o‘ldirmoqchi bo‘lib, o‘ziga taskin berib yuribdi ekan, — dedi. 
43 
— Endi 
gapimga quloq sol. Hoziroq Xoronga* — Lobon akamning oldiga jo‘na. 
44 
Akang 
g‘azabidan tushguncha, Lobon akamning yonida yur. 
45 
Esov sening qilmishlaringni 
unutib, g‘azabidan tushgandan keyin, orqangdan birortasini jo‘nataman, seni qaytarib 
olib keladi. Bo‘lmasa, bir kunda akangdan ham, sendan ham ayrilib qolaman*. 

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling