Ibtido (tavrotning birinchi kitobi) Kirish


Yoqub Lobonga Rohila va Leax uchun xizmat qiladi


Download 0.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/97
Sana31.01.2024
Hajmi0.96 Mb.
#1830778
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   97
Bog'liq
Gen Part

Yoqub Lobonga Rohila va Leax uchun xizmat qiladi 
Yoqub Lobonnikida bir oy turgandan keyin
15 
Lobon unga dedi: 
— Sen mening qarindoshim bo‘lsang ham, tekinga ishlamasliging kerak. Ayt–chi, 
xizmat haqingga nima istaysan? 
16 
Lobonning ikki qizi bo‘lib, kattasining ismi — Leax, kichiginiki — Rohila edi. 
17 
Leaxning ko‘zlari chiroyli*, Rohila esa har jihatdan go‘zal — yuzi chiroyli, qaddi–
qomati kelishgan edi. 
18 
Yoqub Rohilani sevardi, shuning uchun: “Men sizga kichik 
qizingiz Rohila uchun yetti yil xizmat qilib beraman”, dedi. 
19 
Shunda Lobon unga dedi: 
— Mayli, roziman, qizimni begonaga berganimdan ko‘ra, senga berganim yaxshi–ku. 
Menikida qolaver. 
20 
Shunday qilib, Yoqub Rohilaga qalin uchun yetti yil xizmat qildi. Lekin Yoqubning 
Rohilaga bo‘lgan sevgisi shunchalik kuchli ediki, yetti yil bir necha kunday tuyuldi. 
21 
Nihoyat, Yoqub Rohilaga uylanadigan payt ham keldi. 
— Men shartni bajardim, — dedi Yoqub Lobonga. — Endi qizingizga uylanishimga 
ijozat bering. 
22 
Lobon butun yurt aholisini to‘plab, ziyofat berdi. 
23-24 
Lekin o‘sha kuni kechasi 
Lobon Rohilaning o‘rniga, to‘ng‘ich qizi Leaxni Yoqubga berdi. Leaxga xizmat qilsin deb, 


Ibtido
40 
Lobon o‘zining Zilpo degan cho‘risini Leaxga berdi. Yoqub Leaxning yoniga kirdi. 
25 
Yoqub ertalab turib qarasa, yonida Leax yotibdi! 
— Bu nima qilganingiz?! — dedi Yoqub g‘azablanib Lobonga. — Men sizga yetti yil 
Rohila uchun xizmat qildim–ku! Nimaga meni aldadingiz? 
26 
— Bizning yurtdagi odat bo‘yicha, katta qizdan oldin kichigi turmushga 
berilmaydi, — deb javob berdi Lobon. 
27 
— Bir haftada bu qizimning to‘yi tantanasi 
tugaydi, kutib tur. Agar menga yana yetti yil xizmat qilib beradigan bo‘lsang, xizmating 
evaziga kichkinasini ham senga beraman. 
28 
Yoqub rozi bo‘ldi. Bir haftadan keyin Yoqub bilan Leaxning to‘yi tantanasi tugadi. 
Lobon Rohilani ham Yoqubga berdi. 
29 
Lobon o‘zining Bilxax degan cho‘risini qizi 
Rohilaga bergan edi. 
30 
Shunday qilib, Yoqub Rohilaning yoniga kirdi. U Leaxdan ko‘ra, 
Rohilani ko‘proq yaxshi ko‘rardi. Yoqub Lobonga yana yetti yil xizmat qilib berdi. 

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling