Ibtido (tavrotning birinchi kitobi) Kirish
–BOB Yoqub Lobonnikidan qochib ketadi
Download 0.96 Mb. Pdf ko'rish
|
Gen Part
31–BOB
Yoqub Lobonnikidan qochib ketadi 1 Lobonning o‘g‘illari ming‘ir–ming‘ir qila boshladilar: “Yoqub otamizni xonavayron qildi. U butun boyligini otamizning boyligidan olgan.” Yoqub bu gaplarni eshitib qoldi. 2 Yoqub sezdiki, Lobon unga anchagina sovuq munosabatda bo‘lyapti. 3 Egamiz ham Yoqubga: — Ota–bobolaringning yurtiga, qarindosh–urug‘laringning oldiga qayt, Men sen bilan birga bo‘laman, — dedi. 4 Yoqub yaylovda qo‘y–echkilarini boqayotganda, Rohila bilan Leaxni shu yerga chaqirtirdi. 5 Ular kelgach, dedi: — Ko‘rib turibman, otalaringizning menga munosabati oldingiday emas. Lekin otamning Xudosi men bilan birga. 6 O‘zlaringiz bilasizlar, men sizlarning otangizga kuchim boricha xizmat qildim. 7 U meni aldab, xizmat haqimni o‘n marta o‘zgartirdi. Lekin u menga zarar yetkazishiga Xudo yo‘l qo‘ymadi. 8 Agar otangiz: “Suruvdagi olachipor qo‘y–echkilar sening xizmat haqing bo‘ladi”, deb aytgan bo‘lsa, butun suruv olachipor bola beraverdi. “Yo‘l–yo‘li sening xizmat haqing bo‘ladi”, deb aytgan bo‘lsa, butun suruv yo‘l–yo‘l bola beraverdi. 9 Xudo shu yo‘l bilan otangizning qo‘y–echkilarini tortib olib, menga berdi. 10 Juftlashish mavsumi paytida bir kuni tush ko‘rdim. Qarasam, suruvdagi juftlashgan takalar yo‘l–yo‘l, xol–xol va olachipor ekan. 11 Tushimda Xudoning farishtasi: “Yoqub!” deb chaqirdi. “Labbay!” deb javob berdim men. 12 Farishta menga aytdi: “Qara, juftlashgan takalarning hammasi yo‘l–yo‘l, xol–xol va olachipor. Bularning hammasini Men qilyapman. Chunki Lobonning senga munosabatini ko‘rganman. 13 Men Baytilda senga zohir bo‘lgan Xudoman*. U yerda sen tosh ustunga zaytun moyi surtib, Menga xizmat qilish uchun qasam ichgan eding. Endi hoziroq bu yurtdan ket, o‘zingning ona yurtingga qayt.” 14 Shunda Rohila bilan Leax Yoqubga: — Endi otamizdan bizga hech qanday meros tegmas ekan–da, — deyishdi. 15 — Biz otamizga xuddi begonalarday bo‘lib qoldik. U bizni sotdi, bizning evazimizga nima olgan Ibtido 43 bo‘lsa, hammasini sarf qilib bo‘ldi*. 16 Xudo otamizdan sizga olib bergan hamma boyliklar bizniki va bolalarimizniki. Endi esa Xudo sizga nima aytgan bo‘lsa, shuni qiling. 17-18 Shunday qilib, Yoqub Kan’on yurtiga — otasining oldiga qaytib ketishga tayyorlandi. Xotinlarini va bolalarini tuyalarga mindirdi. Qo‘y–echkilarini oldiga solib haydadi, Paddon–Oramda* topgan hamma mol–mulkini oldi. 19 Lobon qo‘ylarining junini qirqqani ketdi. U yo‘q paytida Rohila otasining xonaki xudolarini* o‘g‘irlab oldi. 20 Buning ustiga, Yoqub ham, biz ketyapmiz, deb Lobonga* aytmasdan, uni aldab jo‘nab qoldi. 21 Yoqub hamma mol–mulkini olib, Furot daryosini kechib o‘tdi va Gilad qirlariga* yo‘l oldi. Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling