Ibtido (tavrotning birinchi kitobi) Kirish
Download 0.96 Mb. Pdf ko'rish
|
Gen Part
- Bu sahifa navigatsiya:
- Edom shohlari
Edomning tub aholisi
20-21 Edom yurtining tub aholisi qabilalarga bo‘lingan edi. Bu qabilalarning ota– bobosi Seir degan odam bo‘lib, u Xorim xalqidan edi. Seirning quyidagi nasllari urug‘larga asos soldi: Ibtido 51 Lo‘ton, Sho‘val, Zibo‘n, Anah, Dishon, Ezer va Dishan. 22 Lo‘tonning o‘g‘illari ismi Xo‘ri va Xo‘mam* edi. Lo‘tonning Timna degan singlisi ham bor edi. 23 Sho‘valning o‘g‘illari ismi Eliyon*, Monaxat, Ebal, Shafo va O‘nam edi. 24 Zibo‘nning o‘g‘illari ismi Oyo va Anah edi. Anah otasi Zibo‘nning eshaklarini boqib yurganda, sahroda issiq buloqlar* topgan edi. 25 Anahning Dishon degan o‘g‘li va Oxolibom degan qizi bor edi. 26 Dishonning o‘g‘illari ismi Xamdon, Eshbon, Yitron va Xeron edi. 27 Ezerning o‘g‘illari ismi Bilxan, Zavon va Oqon edi. 28 Dishanning o‘g‘illari ismi Uz va Oron edi. 29 Shunday qilib, quyidagilar Xorim xalqi urug‘larining yo‘lboshchilari bo‘ldi: Lo‘ton, Sho‘val, Zibo‘n, Anah, 30 Dishon, Ezer va Dishan. Xorim xalqining urug‘lari Seir yurtida yashagan urug‘ yo‘lboshchilari nomi bilan yuritilgan. Edom shohlari 31 Hali Isroilda shohlar bo‘lmasdan oldin ham, Edomda shohlar hukmronlik qilgan edi. Bu shohlar quyidagilardir: 32 Bavo‘r o‘g‘li Belax, u Dinxaba shahridan edi. 33 Belax vafot etgach, uning o‘rniga Zerax o‘g‘li Yo‘vov shoh bo‘ldi. U Bozrax shahridan edi. 34 Yo‘vov vafot etgandan keyin, uning o‘rniga Xushom shoh bo‘ldi. U Temon yurtidan edi. 35 Xushom vafot etgach, uning o‘rniga Badad o‘g‘li Hadad shoh bo‘ldi. U Obit shahridan edi. Hadad Mo‘ab yurtida Midiyon lashkarini qirib tashlagan edi. 36 Hadad vafot etgandan keyin, uning o‘rniga Samlo shoh bo‘ldi. U Masrixo shahridan edi. 37 Samlo vafot etgandan keyin, uning o‘rniga Shovul shoh bo‘ldi. U Furot daryosi* bo‘yidagi Rexobo‘t shahridan edi. 38 Shovul vafot etgandan keyin, uning o‘rniga Axbor o‘g‘li Baalxanon shoh bo‘ldi. 39 Baalxanon vafot etgandan keyin, uning o‘rniga Hadad* shoh bo‘ldi. U Pog‘u shahridan edi. Hadadning xotini Maxitaval edi, Maxitavalning otasi — Matrid, bobosi Mezaxab edi. 40 Esov urug‘larining yo‘lboshchilari nomlari quyidagichadir: Timno, Elvo, Yetet, 41 Oxolibom, Elox, Pinon, 42 Xanaz, Temon, Mivzar, 43 Maxdiyol va Irom. Edom xalqining ota–bobosi Esov urug‘larining nomlari ana shulardir. Har bir urug‘ o‘zi egallagan hududga o‘zining nomini bergan. Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling