Ibtido (tavrotning birinchi kitobi) Kirish
Download 0.96 Mb. Pdf ko'rish
|
Gen Part
38–BOB
Yahudo va Tamara 1 Shu orada Yahudo aka–ukalaridan ajralib, alohida bo‘ldi va Adullam shahriga* ko‘chib keldi. U Xirax degan odamga yaqin joyga o‘rnashdi. Xirax o‘sha yerlik edi. 2 Yahudo bu yerda Kan’on xalqidan bo‘lgan bir qizni uchratib qoldi. Bu qiz Shuvo degan odamning qizi edi. Yahudo o‘sha qizga uylandi. 3 O‘sha ayol homilador bo‘lib, o‘g‘il tug‘di. Yahudo o‘g‘liga G‘ur deb ism qo‘ydi. 4 Yahudoning xotini yana homilador bo‘lib, ikkinchi o‘g‘lini tug‘di. Bu o‘g‘liga O‘nan deb ism qo‘ydi. 5 Yahudoning xotini uchinchi o‘g‘lini tug‘di va unga Shelo deb ism qo‘ydi. Bu o‘g‘li tug‘ilganda, Yahudo Xazib shahrida edi. Ibtido 54 6 To‘ng‘ich o‘g‘li G‘ur ulg‘aygach, Yahudo uni Tamara degan qizga uylantirdi. 7 Lekin G‘ur Egamizning oldida qabihlik qilardi. Oxiri, Egamiz uning jonini oldi. 8 Shundan keyin Yahudo O‘nanga aytdi: — Sen akangning xotiniga uylanib, qaynag‘alik burchingni bajar, toki akangga zurriyot qolsin*. 9 Lekin O‘nan bilardiki, tug‘iladigan bola o‘ziniki hisoblanmasdi. Shu sababdan O‘nan har safar Tamaraning yoniga kirganda, akamga zurriyot qolmasin* deb, urug‘ini yerga to‘kardi. 10 O‘nan bu qilmishi bilan Egamizning oldida qabihlik qilayotgan edi. Shuning uchun Egamiz O‘nanning ham jonini oldi. 11 Shundan keyin Yahudo kelini Tamaraga: — Otangning uyiga borib turmushga chiqmay, o‘tira tur–chi, o‘g‘lim Shelo ulg‘ayib qolar, — dedi. Chunki Yahudo: “Shelo ham akalariga o‘xshab o‘lib qolmasin”, deb qo‘rqqan edi. Shunday qilib, Tamara otasining uyiga qaytib ketdi. 12 Oradan birmuncha vaqt o‘tgach, Yahudoning xotini vafot etdi. Yahudo aza muddatini tugatgandan keyin, Adullamlik do‘sti Xirax bilan birga qo‘ylarining junini qirqayotganlardan xabar olgani Timnax shahriga ketdi. 13 Kimdir Tamaraga: “Qaynatang qo‘ylarining junini qirqayotganlardan xabar olgani Timnaxga ketyapti”, deb aytib qoldi. 14 Tamara egnidagi azadorlik liboslarini o‘zgartirdi. Yuzini ro‘mol bilan berkitib oldi–da, Enayim shahri darvozasi yonida* o‘tirdi. Bu shahar Timnaxga boradigan yo‘lda edi. Yahudoning kichik o‘g‘li Shelo voyaga yetganini Tamara bilardi. Lekin haligacha Tamarani Sheloga olib bermagan edilar. 15 Yahudo Tamarani ko‘rib qoldi. Tamara yuzini berkitib olgani uchun, Yahudo: “Bu ayol fohisha bo‘lsa kerak”, deb o‘yladi. 16 Yahudo yo‘l bo‘yida o‘tirgan Tamaraning oldiga keldi. Bu ayol o‘zining kelini ekanini Yahudo bilmagani uchun unga: “Men bilan birga bo‘lgin”, deb taklif qildi. — Siz bilan bo‘lsam, evaziga nima berasiz? — deb so‘radi Tamara. 17 — Suruvimdan bir uloqcha yuboraman, — dedi Yahudo. — Uloqchani yuborguningizcha, menga garovga biron narsa qoldirib ketsangiz, — dedi Tamara. 18 — Bo‘pti, garovga nima beray? — deb so‘radi Yahudo. — Bo‘yningizdagi muhringizni bog‘ichi bilan, yana qo‘lingizdagi tayog‘ingizni*, — dedi Tamara. Shunday qilib, Yahudo o‘sha narsalarni Tamaraga berdi. Keyin u bilan bo‘ldi. Tamara Yahudodan homilador bo‘lib qoldi. 19 Tamara uyiga bordi. Yuzidagi yopinchig‘ini olib, azadorlik liboslarini yana kiyib oldi. 20 Yahudo do‘sti Xiraxdan: “Mana bu uloqchani olib borib o‘sha ayolga ber, men unga bergan garovni qaytarib ol”, deb iltimos qildi. Lekin Xirax u ayolni topa olmadi. 21 Xirax shu yerlik odamlardan: — Mana shu shaharning darvozasi yonida — yo‘l chetida bir fohisha o‘tirar edi, o‘sha fohisha qayerda? — deb so‘radi. — Bu yerda hech qanday fohisha* yo‘q, — deb javob berishdi o‘sha odamlar. 22 Xirax Yahudoning oldiga qaytib kelib: — U ayolni topa olmadim, — dedi, — shahar odamlari ham, bu yerda hech qanday fohisha yo‘q, deb aytishdi. 23 — Mayli, o‘sha narsalarim u ayolga qolaversin, — dedi. — Men unga uloqcha jo‘natgandim, sen topa olmading. Aks holda, masxara bo‘lardik. 24 Taxminan uch oydan keyin Yahudo: “Kelining Tamara fohisha ekan, homilador Ibtido 55 bo‘lib qolibdi” degan gapni eshitdi. — Uni shahardan tashqariga olib chiqib yoqib yuboringlar! — deb buyurdi Yahudo. 25 Tamarani olib chiqqanlarida, u qaynatasiga shu xabarni yubordi: “Men mana bu bog‘ichi bor muhr va tayoqning egasidan homilador bo‘lganman, iltimos, bu narsalarning egasini aniqlasangiz.” 26 Yahudo bu narsalarni tanib, dedi: “Men zimmamdagi majburiyatimni bajarmadim — Tamarani o‘g‘lim Sheloga olib bermadim, Tamara esa to‘g‘ri ish qildi.” Shundan keyin Yahudo Tamara bilan boshqa bo‘lmadi. 27 Tamaraning ko‘zi yoriydigan payt yaqinlashganda, uning qornida egizaklar borligi ma’lum bo‘ldi. 28 Tamara tug‘ayotganda, egizaklardan biri qo‘lini tashqariga chiqardi. Doya: “Bunisi birinchi bo‘lib tug‘ildi”, deb chaqaloqning qo‘liga qizil ip bog‘lab qo‘ydi. 29 Lekin chaqaloq qo‘lini ichkariga tortib olishi bilanoq ikkinchisi tug‘ildi. Doya: “Sen yo‘lingni o‘zing yorib chiqding!” dedi. Shu sababdan unga Paraz* deb ism qo‘yildi. 30 So‘ngra qo‘liga qizil ip bog‘langan chaqaloq tug‘ildi. Unga Zerax* deb ism qo‘yildi. Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling