Ibtido (tavrotning birinchi kitobi) Kirish


Download 0.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/97
Sana31.01.2024
Hajmi0.96 Mb.
#1830778
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   97
Bog'liq
Gen Part

44–BOB 
Yo‘qolgan qadah 

Aka–ukalar ketishga tayyorlanishdi. Yusuf qulboshisiga shunday ko‘rsatma berdi: 
“Bu odamlarning qoplarini ko‘tara oladigan qilib donga to‘ldir. Har birining qopiga 
kumushlarini qaytarib solib qo‘y. 

Kenjasining qopi ichiga esa kumushlari bilan birga 
mening kumush qadahimni ham solib qo‘y.” Qulboshi hammasini Yusuf aytganday qildi. 

Ertasiga tong yorishishi bilanoq, aka–ukalarni yuk ortilgan eshaklari bilan jo‘natib 
yuborishdi. 

Ular hali shahardan uncha uzoqlashmagan ham edilarki, Yusuf 
qulboshisiga buyurdi: 
— Bor, anavi odamlarning izidan tush. Ularga yetib olganingdan keyin shunday deb 
ayt: “Nimaga yaxshilikka yomonlik qildingiz? 

Xo‘jayinimning kumush qadahini 
o‘g‘irlaganingiz nimasi?* Xo‘jayinim undan ichimlik ichish uchun, fol ochish uchun 
foydalanardi*, axir! Qanday yomon ish qilib qo‘yibsizlar–a!” 

Qulboshi aka–ukalarga yetib olib, o‘rgatilgan gaplarni aytdi. 

— Nimaga bunday gaplarni gapiryapsiz?! — deb javob qaytarishdi ular. — Xudo 
saqlasin! Bu qullaringiz unaqa ish qilmaydi! 

O‘zingiz o‘ylang, qoplarimizdan topib 
olgan kumushlarni Kan’ondan sizga qaytarib olib keldik–ku. Shunday ekan, biz 
xo‘jayiningizning uyidan kumush yoki oltin o‘g‘irlarmidik?! 

Agar o‘sha narsa biz, 
qullaringizdan topilsa, mayli, o‘sha odam o‘ldirilsin. Qolganlarimiz hazrati oliylariga qul 
bo‘laylik. 
10 
— Mayli, men roziman, sizlar aytgancha bo‘la qolsin, — dedi qulboshi. — Kumush 
qadah kimdan topilsa, u menga qul bo‘ladi. Qolganlaringiz esa ozod bo‘lasizlar. 
11 
So‘ngra har biri tezda eshaklari ustidan qoplarini olib, ochdilar. 
12 
Yusufning 
qulboshisi to‘ng‘ichining qopidan boshlab kenjasining qopigacha titib chiqdi. Qadah 
Benyaminning qopidan chiqib qolsa bo‘ladimi! 
13 
Ular umidsizlikka tushib, qayg‘udan 
kiyimlarini yirtdilar. Eshaklariga yana yuklarini ortib, orqaga — shaharga qaytib 
keldilar. 
14 
Yahudo va aka–ukalar Yusufning uyiga kelishdi. Yusuf hali uyida ekan. Aka–ukalar 
Yusufning oldida o‘zlarini yerga otdilar. 
15 
— Bu qilganingiz nimasi? — deb so‘roqqa tutdi Yusuf ularni. — Menday bir odam 
fol ochib bilib olishimni bilmasmidingiz?! 
16 
— Janobi oliylariga nima ham derdik? Xudo bu qullaringizning qilgan jinoyatlarini 
fosh qildi. Endi o‘zimizni qanday himoya qila olardik?! Qanday qilib o‘zimizni oqlardik?! 
Janobi oliylari! Sizning qadahingiz ukamizning qopidan topilgan ekan, endi ukamiz bilan 


Ibtido
64 
birga biz, hammamiz, sizga qul bo‘lishga tayyormiz. 
17 
— Yo‘q, Xudo saqlasin! Hecham bunday qilmayman! — dedi Yusuf. — Faqat 
qadahni o‘g‘irlagan odamgina menga qul bo‘ladi. Qolganlaringiz esa eson–omon 
otangizning oldiga qaytinglar. 

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling