Ibtido (tavrotning birinchi kitobi) Kirish


Yusuf Misr hokimi bo‘ladi


Download 0.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/97
Sana31.01.2024
Hajmi0.96 Mb.
#1830778
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   97
Bog'liq
Gen Part

Yusuf Misr hokimi bo‘ladi 
37 
Yusufning maslahati fir’avnga ham, uning barcha a’yonlariga ham juda ma’qul 
keldi. 
38 
Fir’avn a’yonlariga: “Biz Yusufdan boshqa Xudoning Ruhi boshqaradigan birorta 
odamni topa olarmidik”, deb aytdi. 
39 
Shu boisdan Yusufga: 
— Xudo bularning hammasini senga ayon qilgan ekan, bu yurtda eng aql–idrokli, 
dono odam sensan, — dedi. 
40 
— Men seni o‘zimga vazir qilib tayinlayman, butun xalqim 
sening buyrug‘ingga itoat etadi. Men sendan faqat taxtim bilan ustunman, xolos. 
41 
Fir’avn yana Yusufga: 
— Mana, seni butun Misr yurti ustidan hokim qilib tayinladim, — dedi. 
42 
So‘ng 
fir’avn o‘zining muhr uzugini barmog‘idan chiqarib, Yusufning barmog‘iga taqib qo‘ydi. 
U Yusufga shohona liboslar kiydirib, bo‘yniga oltin zanjir taqib qo‘ydi. 
43 
Fir’avn Yusufga 
o‘ng qo‘l vazir sifatida izvoshini ham taqdim qildi. Yusuf qayerga bormasin, odamlarga: 
“Tiz cho‘kinglar!” degan buyruq berilardi. Shunday qilib, fir’avn Yusufni butun Misr yurti 
ustidan hokim qildi. 
44 
Fir’avn Yusufga yana shunday dedi: 


Ibtido
59 
— Fir’avn men bo‘lsam ham, butun Misr yurtida biron kimsa sening ijozatingsiz 
hatto miq etolmaydi. 
45 
Fir’avn Yusufga Zofnat–Paniyox deb ism qo‘ydi va On shahri* ruhoniysi 
Po‘tiferoning qizi Osanatni olib berdi. Shunday qilib, Yusuf butun Misr yurtida hokim 
bo‘lib qoldi. 
46 
Yusuf Misr fir’avni xizmatiga kirgan paytda, o‘ttiz yoshda edi. Yusuf fir’avn 
saroyidan chiqib, butun Misr yurtini kezib chiqardi. 
47 
Yetti yil farovonlik davrida yer 
mo‘l–ko‘l hosil berdi. 
48 
Shu yillar davomida Yusuf Misrda yetishtirilgan hosildan bir 
qismini olib, shaharlarda don g‘amladi. Xususan, har bir shahar atrofidagi dalalardan 
o‘sha shaharga don yig‘ilardi. 
49 
Yusuf shunchalik ko‘p don g‘amladiki, dengizdagi 
qumdek ko‘p edi. Shuning uchun donni o‘lchamay qo‘ydi. Don behisob darajada ko‘p edi. 
50 
Qahatchilik yillari boshlanishidan oldin, Yusufga xotini Osanat ikki o‘g‘il tug‘ib 
berdi. 
51 
Yusuf: “Qayg‘ularimni va otam xonadonini Xudo esimdan chiqardi”, deb 
to‘ng‘ich o‘g‘lining ismini Manashe* qo‘ydi. 
52 
Ikkinchi o‘g‘lining ismini Efrayim* qo‘ydi. 
“Chunki, — dedi Yusuf, — men azob–uqubat tortgan yurtda Xudo meni barakali qildi.” 
53 
Nihoyat, hosildor yetti yil ham tugadi. 
54 
Yusuf ta’bir qilganday, yetti yillik 
qahatchilik boshlandi. Atrofdagi hamma yurtlarda don tanqis bo‘lib, Misr yurtidagina 
non bor edi. 
55 
Oxiri, Misr yurtida ham ocharchilik boshlandi. Misr xalqi non so‘rab 
fir’avnga yolvordi. Fir’avn esa xalqqa: “Yusufga boringlar, u nima desa, shuni qilinglar”, 
dedi. 
56 
Qahatchilik kuchayib, butun yurtga yoyilgach, Yusuf hamma omborxonalarning 
eshiklarini ochib, Misrliklarga don sota boshladi. 
57 
Butun dunyo bo‘ylab qahatchilik 
kuchayib borar, shuning uchun atrofdagi yurtlarning xalqlari Yusufdan don sotib olgani 
Misrga kelishardi. 

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling